Samarqand shahri Xo‘ja Ahror Valiy MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Termiz ko‘chasi 8 uy
Telefon raqami: 991155690
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 3302
Ayollar soni: 1680 (50,88%)
Erkaklar soni: 1622 (49,12%)
Xonadon soni: 522
Oila soni: 772
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2524 (76,44%)
tojik765 (23,17%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus2 (0,06%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman1 (0,03%)
tatar5 (0,15%)
koreys0 (0,00%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa5 (0,15%)
 
MFY qisqacha tarixi

“XO‘JA AHRORI VALI” mahalla fuqarolar yig‘ini

TARIXI

 

      MFY nomi: Samarqand shahar “Xo‘ja Ahrori Vali” MFY

      Aholisi:  3302 nafar

      Milliy tarkibi: O‘zbek, rus, koreys, qozoq, tatar, armyan va tojik

      Tashkil topgan yili:  2001 yil

     Mahalla ziyolilari va faollari:  Orif Gulxaniy (yozuvchi, shoir), Rahimjon Sa'dullayev (Davlat xavfsizlik xizmati, xodimi, polkovnik), Raupov Axmadjon (Davlat xavfsizlik xizmati xodimi, polkovnik), Voseev Nosir (ichki ishlar xodimi, mayor)  To‘rayev Odil (mahalla faoli), Mavlonov Oblokul (mahalla faoli), Yarmuxamedov Yori (mahalla faoli), To‘rayev Toliblar (mahalla faoli) yashagan.

     Chegaradoshligi: “Chaqar” MFY, “Namozgoh” MFY, “Chashma” MFY “Kushchinor” MFY, “Bog‘i Mirzo” MFY

     Mahalla ko‘chalarining soni va nomlari: Mahallada 8 ta - Urgench, Muqumiy, X.A.Vali, Samariya, Xondamir, N.D.Begi, Namozgoh va Orif Gulxaniy ko‘chalardan tashkil topadi.

     Ijtimoiy soha obe'ktlari: Mahalla hududida SamDU,  “So‘zangaron tibbiyot kolleji”, “Parazitologiya instituti”, “Nogironlarni reabilitatsiya  markazi”, shulardan tashqari 15 ta savdo do‘koni, 5 ta dorixona, 3- maishiy xizmat ko‘rsatish shaxobchasi, 5- ta oshxona va “Sebzor qabristoni” joylashgan.

     MFY raislari: 2001-2007 yillarda Yarmuxamedov Yori, 2007-2013 yillarda  Urunov Najmiddin, 2013-2016 yillarda  Tadjiyev Badri,                  2016 - 2020 yillarda Axrorov Ahmad, 2021-2022 yilgacha Raxmanov Firdavslar raislik qilgan.

 2022 yil may oyidan boshlab (mahalla raisi (oqsoqoli) saylash saylovida, takroran saylandilar) A.A.Axrorov mahalla raisi bo‘lib, ish faoliyat yuritib kelmoqda.                 

   Mahalla nomining tavsifi va tarixi: Jahonning eng mo‘tabar shaharlaridan biri bo‘lmish Samarqand, “Samarqand sayqali ro‘i zamin” deya, dunyo e'tirof etib kelayotgan zaminda, azal-azaldan o‘zining san'ati va madaniyati bilan dovrug‘ qozonib kelgan. Ilmi, ma'rifati, zakiyligi bilan o‘zlaridan o‘lmas meros qoldirib ketgan ajdodlarimizning har birini bugun faxr bilan eslasak arziydi. Bu tabarruk tuproqda qo‘nim topgan ana shunday insonlardan biri buyuk bobokalonimiz, yozuvchi, xalqsevar inson Xo‘ja Ahrori Vali nomiga bag‘ishlab qo‘yilgan.

   Hazrat Xo‘ja Ubaydulloh Ahror — Markaziy Osiyo xalqlarining XV asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy va tafakkur rivojida muhim o‘rin tutgan. Naqshbandiya tariqatining nazariy, amaliy jihatlarini boyitib, bu ta'limotning mashhur bo‘lishiga hissa qo‘shgan tarixiy shaxsdir. U hijriy 806 yil ramazon oyida (1404 yil, mart) Shosh — Toshkent viloyati muzofotlaridan Bog‘istonda dunyoga kelgan. Xo‘ja Ahror boshlang‘ich ma'lumotni Toshkent madrasalarida olib, yoshlik chog‘laridanoq muqaddas joylarni ziyorat qilishga moyillik ko‘rsatadi va 23—24 yoshlarda tog‘asi, zamonasining bilimdon kishilaridan bo‘lgan Xoja Ibrohim uni Samarqandda o‘qitishni maqsad qilib qo‘yadi. Xo‘ja Ahror ko‘proq tasavvuf ilmiga qiziqadi. Shu maqsadda Hirotga kelib, 1428—1431 yillar orasida Shayx Bahovuddin Umar, Shayx Zayniddin Xavofiy kabi taniqli mutasavvuf bilimdonlari suhbatida bo‘ladi. 1431—1432 yillar orasida Xoja Ahror Toshkentga qaytib, Naqshbandiya tariqatining yirik arbobi Bahovuddin Naqshband ta'limotining davomchisi sifatida tanilib, ayni vaqtda dehqonchilik va tijorat ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladi Xo‘ja Ahror yerlari Toshkent viloyatidan to Amudaryo sohillarigacha bo‘lgan hududda 1300 dan ortiq ekinzorlarni tashkil etganini eslatadi. Xo‘ja Ahrorning shahzodalar orasidagi nizolarni sulh bilan yakunlab, mamlakatda osoyishtalik o‘rnatishga qaratilgan siyosiy faoliyati umr bo‘yi davom etadi. Uning 1458 yili Shohruxiyada o‘zaro qonli to‘qnashuvga tayyor uch huqmdor: Sulton Abu Sa'id (1451—1469)ning o‘g‘illari Sulton Ahmad Mirzo, Umarshayx Mirzo va Yunusxon (1462—1487)ning o‘g‘li Sulton Mahmudlar orasidagi nizoni sulh bilan bartaraf qilganligi manbalarda ko‘p talqin etilgan. Biz yosh avlodga Xo‘ja Ahror qalamiga mansub uch risola bizgacha yetib kelgan. Ulardan biri — «Faqarot ul-orifin» («Oriflar so‘zlaridan parchalar») nomi bilan mashhur bo‘lib, unda Xo‘ja Ahrorning va ba'zi boshqa tasavvuf namoyandalarining tariqatga oid fikrlaridan namunalar keltirilgan.Xo‘ja Ahror Valiy 1490 yilda vafot etgan va Samarqandda dafn etilgan.