Samarqand shahri Xo‘ja Abdu Darun MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: M.Rajabov ko‘chasi 5 uy
Telefon raqami: 66-236-09-34
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2133
Ayollar soni: 1022 (47,91%)
Erkaklar soni: 1111 (52,09%)
Xonadon soni: 333
Oila soni: 568
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1162 (54,48%)
tojik954 (44,73%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar12 (0,56%)
koreys0 (0,00%)
eroniy3 (0,14%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa2 (0,09%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand  shahar «Xo‘ja Abdu Darun»  mahalla fuqarolar yig‘ini

T A R I X I

Samarqand  shahar «Xo‘ja Abdu Darun»  mahalla fuqarolar yig‘ini

MFY nomi: «Xo‘ja Abdu Darun»  mahalla fuqarolar yig‘ini

( Mirsayfi Rajabov  ko‘cha 5  uy, telefon:  +99866  236-09-34 )

           Axolisi: 2133 nafar

           Milliy tarkibi: O‘zbek va tojiklardan iborat.

           Tashkil topgan yili:1996 yiltashkil topgan.

          Maxalla  nomining  tavsifi va tariixi:

       Shaxar qoshida, janubiy-sharqiy tomonda, Mo‘liyon maxallasida, bugungi chog‘larda  “Fato fatx” deb ataladigan o‘rinda, Iskandar qal'asining ichidadir.Bu mazor bilan Iskandar qo‘rg‘oni devorining orasi 1300 odim chamasi bor. Xo‘ja Abdu Darunning asl ismi Mu'izuddin bo‘lib, xoja Muxammad Ya'kubning o‘g‘li, u esa Xoja Abdu Bin xazrat Usmonning o‘g‘lidir.Uning (Xo‘ja Muxammad Ya'kubning) lakabi Xo‘ja Ganji Ravon bo‘lib, Xo‘ja Abdu Berunning o‘g‘li ekan. Xol bilan  qol bilimlarini to‘plagan ekan. Naql bordurkim, u (Xo‘ja Abdu Darun) Samarqandda qozi edi, uning adolat va to‘g‘riligi shu darajada yuqori edikim, o‘zining otasi bir voqea to‘g‘risida guvoxlik bo‘lmoqchi bo‘lganda rad qildi va “Siz bizning kichiklik chog‘imizda podshoxlik solig‘i berilmagan choqdan mexmon uchun uzum uzib chiqargan edingiz, shuning uchun sizning to‘g‘riligingizga shubxamiz bor”, dedi. Xo‘ja Abdu Darun tiriklik chog‘ida qurbaqani yomon ko‘rar emish, Shuning uchun xam uning mazori xovuzi ichiga qurbaqa kirmaydi va boshqa xovuzlarga xam uning suvidan qo‘ysalar qurbaqalari chiqib ketadi. Unnig xovuzining loyi bolalarda bo‘ladigan chakkalarni yo‘qotadi. Isitib bolaning chaqqasiga surkaydilar yoxud istar chaqqalik bolaning otiga atab uning mazori devoriga yopishtiradilar. Aytdilarkim, Xo‘ja Abdu Darunning mazori  uzra Sulton Sanjar Moziy tomonidan qurilgan imorat va kubbalari bor edi. U buzilganidan keyin temuriy sultonlaridan birovi uni qaytadan bino qildi, xonakox va xujralar soldirdi. Ushbu xozirdagi koshinlik imorati Ulug‘bek Mirzo zamonasida solingandir.

        Naql bordirkim, Samarqandning tashqarisida kunchiqar tomonidagi maydonda KUTURON(Katvon)dalasida Sulton Sanjar Moziy bilan koraxitoy kofirlari orasida katta urush bo‘ldi. Unda ko‘p musulmon shaxidlandi. Sulton Sanjar davlatining inqirozi Samarqandda shu urushdan boshlandi. “ Gori oshiqon” xam usha o‘rinda.(Undan avval aytib o‘tilan) Kusamiya madrasasi xam Sulton Sanjar Moziydandir.

              Xo‘ja Abdu Darun mazorining shimolda bo‘lib, xalq tomonidan “Ishratxona”deb ataladigan yuksak daxma ulug xaram masturasi Davlat beka daxmasidir.Uning onasi Amir Jaloliddinning qizi Xabiba sulton begim ushbu gumbazni bino  qildirib, turmoq uchun bir necha xujra soldirgandir. Mavlono Muxammad Sodiqning (unga tangrining raxmati bo‘lsin) qabri   “Xo‘ja Abdu Darun” qabristonidadir. Mavlono Abdullo Baxodirxon saltanati chog‘ida Samarqandda qozilik mansabida edi.U 1006(1598) yilda o‘ldi.”Faxriddin “ so‘zi o‘limning tarixidir.

   Maxalla ko‘chalarining soni va nomlari: Maxallada 11 ko‘cha Sh.Akramov, X.Dexlaviy, Tamxid, Tug‘rol, Tamxid 1 yo‘lak, Tamxid 2 yo‘lak, X.Dexlaviy 1 yo‘lak, X.Dexlaviy 2 yo‘lak,M.Rajabov,A.To‘qay,A.To‘qay 1 yo‘lak ko‘chalari mavjud.

Chegaradoshligi: Mahalla  «Xalifa Ibroxim»,  «Charmgari», «Kaftarxona», «Sadriddin Ayniy»,  «Mo‘lyon»  mahallasi  bilan  chegaradosh.

Ijtimoiy soxa obyektlari:Maxallada 3 ta savdo do‘koni, 1 ta qabriston, 1 ta go‘zallik saloni, 1 ta sport maydonchasi joylashgan