Samarqand shahri Urguti MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: G‘.Abdullo ko‘chasi 1-uy
Telefon raqami: 66-235-10-80
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2307
Ayollar soni: 1256 (54,44%)
Erkaklar soni: 1051 (45,56%)
Xonadon soni: 333
Oila soni: 676
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1273 (55,18%)
tojik1030 (44,65%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy1 (0,04%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa3 (0,13%)
 
MFY qisqacha tarixi

Tashkil topgan yil : 18 asrlarda  tashkil topgan.

Maxalla nomining tavsifi va tarixi : Mahalla XVIII asrda Samarqand shahrida yuz bergan tabiiy ofat, ya'ni qurg‘oqchilik tufayli bo‘shab qolganda boshqa viloyat va qishloqlardan  ko‘chib keltirilgan aholi hisobidan to‘ldirish natijasida barpo bo‘lgan. Bu mintaqaga  asosan viloyatning Urgut tumanidan fuqarolar ko‘chib kelishgan.Aholi non va non mahsulotlari,  to‘qimachilik, poyafzal to‘qish va savdo-tijorat bilan shug‘ullangan. Urguti karvon saroy xamda Panjakent karvon saroylarda ulgurji narxlarda savdo faoliyati olib borilgan. Mo‘kido‘z Abdusalom bobo, Abdurahmon bobo, zargar Sharof bobo,   sandiqsoz Sayfiddin bobo, xalq termasi ustasi  K.Sharipov,  S.Sharofiddinov avlod-ajdodi bilan ota kasbini  ardoqlab keladilar.Mahalla hududida madrasa, ikkita masjid, ikkita hovuz, tahoratxona, xujralar, karvonsaroy  va  baqqollik do‘konlari faoliyat ko‘rsatgan.

 “Urguti” aslida bu Urgut tumanining aholisini sobiq rejali iqtisodiyot davrida mazkur mahallaga olib kelinib mahalliylashishidan kelib chiqib, manbalarda- Urgutlikalar guzari deb atalgan .

Maxalla ziyolilari va faollari : professor H. Berdiyev , S.Yusupova, mexnat faxriysi podpolkovnik Yamid Muxamadiyev Xamidovich  va podpolkovnik Sh.Saloxiddinovlar yashab kelmoqda.

Chegaradoshligi : “Zominiy”, ”Ibroimxo‘ja”, “Eski Qalandarxona”, “Dari Zanjir”va  “Yominiy” maxalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

Maxalla ko‘chalarining soni va nomlari : maxallada 8 ta ko‘cha Panjakent, Qudratova, Yakkabog‘, Konimex, Vobkent, G‘ani Abdullo va Panjakent yo‘lak ko‘chalari mavjud.           

Ijtimoiy soha obyektlari : Maxallamiz drayveri savdo va mayishiy xizmat ko‘rsatish bo‘lganligi sababli maxalla xududida  50 dan ziyod savdo dukoni, 6 ta go‘zallik salonlari va 7 ta ovqatlanish maskanlari faoliyat olib borilmoqda.

MFY raislari : 11.02.2014 – 01.05.2016 yilgacha Zakirov Ergash Zakirovich , 2003-2014 yillargacha Muxammadiyeva Moxira maxalla fuqarolar yig‘iniga raisi lavozimida faoliyat olib borishgan. 2014-2022 yillarda Muxamadiyev Abduxamid Xamidovich, 2022 yildan yana saylovda yuqori natijalar ko‘rsatib Muxamadiyev Abduxalim Xamidovich yana maxalla raisi sifatida faoliyat davom ettirmoqda.