Samarqand shahri Sarbon MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Cho‘pon-ota ko‘chasi 1 uy
Telefon raqami: 991155698
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2095
Ayollar soni: 1021 (48,74%)
Erkaklar soni: 1074 (51,26%)
Xonadon soni: 270
Oila soni: 550
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek136 (6,49%)
tojik1956 (93,37%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa3 (0,14%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shahar “Sarbon” mahalla

fuqarolar yig‘inining

 

TARIXI

Samarqand shahar “Sarbon” maxalla fuqarolar yig‘inining tarixi.

“Kushbakollik” , “Ibn Sino” , “Imom Vose” maxallalari, shuningdek tarixiy obidalar Xija Xizr makbarasi, birinchi Prezidentimiz Islom Abduganiyevich Karimovning kabrlari xamda Shixi zinda ziyoratgoxi bilan chegaradosh.

     “Sarbon” maxallasi 1957 yilda tashkil topgan, jamoatchilik asosida Samatov Mardon ota oksokol etib saylangan. Maxalla xududida “Xudjum” pillakashlik fabrikasi,  Teri ishlab chikarish zavodi joylashgan bulib aksariyat axolisi usha ikki yirik korxonalarda ishlab kelgan.

 

1978-1980- yillarda maxallaning fukarosi Rasul Saidov kechayu kunduz pillakashlik fabrikasining ilgor ishchisi bulib SSSRning Mexnat Kaxramoni unvoni bilan takdirlangan va shu kishining nomi  bilan “Rasul Saidov” deb atalgan.

  Rasul Saidov tashabbusi bilan maxalla faollari kumagida xashar yuli bilan maxalla markazi kurilgan xamda oksokoli etib saylangan. Yillar davomida kuyida nomlari kursatilgan oksokollar Kosimov Xaydar bobo, Ibragimov Mannon bobo, Xodjamberdiyev Amon bobo, Kamalov Abdusalom Karimjonov Maxmud, Umarov Shamsiddin aka maxallaga raxbarlik kilib kelishgan.

 

 

 

 

 

 

 

        1998-yilda Kaxramon “Rasul Saidov” maxallasi Samarkand shaxrida maxallalar aro “Mening maxallam”, “Oila mukaddas dargox” kurik tanlovlarida   ishtirok etib 3-urinni egallagan.

        Sobik Rasul Saidov maxallasi 2010 yilda “Sarbon” maxallasi deb nomlandi. Xozirgi davrda maxalla fukarolar yiginida 2031 ta axoli shundan 268 ta xonadon 536 oila istikomat kiladi.

Samarkand shaxar “Sarbon” maxalla fukarolar yiginiga karashli“Xudjum” fabrikasi tarixi

           Xudjum fabrikasi 1927yilda tashkil topgan. Revolyutsiya davrida uzbek ayollari tomonidan xujum kilinib, yuzini yopgan faranji tashlash yuli bilan ozodlikka chikkan ayollar sharafiga fabrikaga “Xudjum” deb nom berilgan. 

          Uning fidoyi va birinchilardan deb sanalagn Slivkin Ivan Grigoriyevich, Rozenfel'd Moisey Isakovich, Djalilov Xarokul kabi ishchilar xashar yuli bilan fabrikani kurishni boshlaganlar.

 

 

 

   Yillar davomida birin-ketin sexlar barpo etildi va mashakatli mexnat orkali pilladan shoyi ipi ishlab chikarilishi yulga kuyildi. Uch smenada ishlagan   fabrikaga minglab  ishchilar ishga kabul kiligan.

          Sobik Sovet davrining barcha shaxarlaridan malakali mutaxassislar jalb kilinib malakasiz axolini ishni urgata oshlagan.  Ayollar xam chetda turmadi, ish bilan birgalikda kechki ukuv kurslariga jalb etildi.

          Mariya Kostyuxina, Vladimir Belen'kov, Larisa Suleymanova, Oykaram Umarova, Xolchuchuk Yuldasheva, Axmedov Raxmat, Xasanov Kuzi, Yuldashev Raxmatillo, Kevernov Anton, Samatov Mardon, Yarmuxammedov Xodja, Xamrayev Tursun, Gal'ber Riva, Abduxalikov Abdulla Kakandbayevich, Badalov Zaxar va minglab ilgor ishchilar uz jonini fido etganlar.

            “Sarbon” maxallasining yana bir faxri- bu 1956 yilda barpo etilgan Terini kayta ishlab chikarish zavodi. Yangi ochilgan korxona Moskva, Leningrad, Saratov, Kuybishev va boshka shaxarlardan malakali mutaxassislar bilan jalb etilgan bulib, yuzlab axolimizga ishlash va ukish imkonini bergan.

 

Samarkand shaxar “Sarbon” maxalla fukarolar yiginida ikkinchi jaxon urushi katnashchilari.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Xursandov Said 1925-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan 1941-1945-yillar 2-jahon urishidan qatnashchisi 1-lar qatorida Berlin shahriga kirib borib g‘alaba bayrog‘ini o‘rnatishgan. 2 marotaba “Za otvagu” ordeni, va qator ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan 1995-yil vafot etgan  

Xamidov  Xabib Xamidovich 1921-yil 21 martda Samarqand shahrida tug‘ilgan 1941-1945-yillar 2-jahon urishidan qatnashchisi keyin  1956-yildan boshlab   Ichki ishlar militsiya viloyat boshqarmalari militsiya bo‘limi  boshlig‘i hamda qidiruv bo‘lim  boshlig‘i bo‘lib ishlagan 1973-yilga qadar 2 marotaba “Za otvagu” ordeni, va qator ko‘krak nishonlari bilan taqdirlangan 1987-yilda vafot etgan