Samarqand shahri Bo‘ston MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Alizoda ko‘chasi 14 uy
Telefon raqami: 237-20-08
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2350
Ayollar soni: 1045 (44,47%)
Erkaklar soni: 1305 (55,53%)
Xonadon soni: 350
Oila soni: 655
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1584 (67,40%)
tojik0 (0,00%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy765 (32,55%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa1 (0,04%)
 
MFY qisqacha tarixi

Bo‘ston mahalla fuqarolar yig‘ini tarixi

Bo‘ston mahallasining tarkib topishi Samarqand tumani 2 chi Katta Qo‘rg‘on silsavitiga qarashli bo‘lib 1975- yilda Samarqand shahar Bog‘ishamol tumaniga o‘tib Bo‘ston mahallasi nomi bilan nomlanib ushbu mahallani poydevorini yaratishda jonbozlik ko‘rsatgan fuqarolar Mamadaliyev Sobir, Mamadaliyev Alibek, G‘ulomov Xusen, Mo‘minov Rauf, Mo‘minov Xasan, mahalla fuqarolari bilan birgalikda Bo‘ston MFY binosi barpo etilgan ushbu ishlarda bosh qosh bo‘lgan Mamadaliyev Nurmuhammad. 1975-yildan 1983-yilgacha G‘ulomov Xusen mahalla raisi bo‘lib faoliyat olib borgan. 1983-yildan 2000- yilgacha Salimov Shermuhammad mahalla raisi bo‘lib shu vaqt mobaynida mahallaga ichimlik suvi olib kelingan.2000-yildan 2003-yilgacha mahalla raisi Raxmatov Yoqub faoliyat yuritgan ushbu vaqt davomida Mahallada Madaniyat va Ma'rifat uyi qurilib aholiga xizmat ko‘rsatish uchun topshirildi.2003-yildan 2008-yilgacha Salimov Shermamat mahalla raisi bo‘lib faoliyat olib borgan.2008-yildan boshlab tohozirgi kungacha mahalla raisi Raxmatov Axtam faoliyat olib bormoqda. Ushbu yillar mobaynida mahalla idorasi qayta rekonstruksiyayi qilindi va xonalar soni ko‘paytirildi. Mahalla fuqarolar tomonidan 100 % suv oqova tizimiga ulandi. Mahallada gaz bosimi pasligi sababli 2011-yilda gaz yuqori tizimiga ulandi. Mahalla ko‘chalariga 100 tupdan ziyot manzarali daraxtlar o‘tkazildi. 2012 yil Samarqand tumanidan 140 ta yer uchastkalari Bo‘ston mahallasi tarkibiga o‘tkazildi. Hozirgi kunda ushbu uchastkalar to‘liq gaz suv elektir energiyasi bilan taminlandi. Ushbu xonadonlar ko‘chasi to‘liq ariq va ko‘chalar asphalt yotqizilgan. 2019-yil Bo‘ston mahallasi suv qo‘virlari 80 % almashtirildi. 2018-yilda qurilishi boshlangan Bolalar va O‘smirlar yopiq turdagi sport maydoni 200 kv m to‘liq jixozlanib 2019-yilda foydalanishga topshirildi, 2016-yildan 2019-yilgacha 3 dona transformator almashtirildi. 2018- yilda mahalla hududida proflaktika inspektori uchun xizmat uyi qurilib foydalanishga topshirildi. 2021-yilda Bo‘ston mahallasi idorasida yana 1 dona 30 m kv xona to‘liq jixozlanib foydalanishga topshirildi. Hozirgi kunda kelib mahallada Hokim yordamchisi, Yoshlar yetakchisi, Xotin qizlar faoli, Proflaktika inspektori, har biriga alohida xonalar bilan taminlangan.