Samarqand shahri Rasadxona MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: O‘zbektrakt ko‘chasi 10- uy
Telefon raqami: 991155837
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2710
Ayollar soni: 1277 (47,12%)
Erkaklar soni: 1433 (52,88%)
Xonadon soni: 382
Oila soni: 595
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2274 (83,91%)
tojik432 (15,94%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy2 (0,07%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa2 (0,07%)
 
MFY qisqacha tarixi

“Rasadxona”  mahalla fuqarolar yig‘ini  tarixi

 

Samarqand  shahar “Rasadxona”  mahalla fuqarolar yig‘ini

( O‘zbek trakt  ko‘cha 10 “A”  uy, telefon:  +99855  701-37-39 )

Mahalla  Xo‘ja Doniyor,  Qir, Gala Osiyo, Shirin, Zarafshon  mahallalari  bilan  chegaradosh.

“Rasadxona”  mahallasi   ikkita  mahalla  “O‘rmon xo‘jaligi”, “Konigil”,  bilan      birlashib  “Yuqori Bog‘i maydon”  yani xozirgi “Rasadxona” mahallasi  deb nomlangan.

             2016 yil  29 yanvardagi 01/3-64 sonli yig‘ilish bayoni Xalq deputatlar shaxar kengashi  Samarqand shahar  Hokimining 2016 yil 19 mart  02-9 sonli  qarori  bilan  “Yuqori Bog‘i maydon”  mahalla  fuqarolar  yig‘ini  “Rasadxona” MFY ni bo‘lgan.   

Xonadonlar soni – 370

Oilalar soni -551

Aholi soni – 2950 nafar

Erkaklar – 1410 nafar

Ayollar  -1540 

 

Safarov Zokir Djurayevich –                  MFY raisi: - (90) 602-94-39

    Raimova Shaxnoza To‘ychiyevna –             Xotin-qizlar faoli: -(91) 544-37-39

   Usmonov Muhammad-ali Karim o‘g‘li –  Hokim yordamchisi: - (99) 056-37-37

Hasanov Hayotbek Shuxratovich-             Yoshlar yetakchisi-  (99) 755-31-34

 

MAHALLANI  TARIXI:

Samarqand faqat tarixiy obidalari bilan emas shaxar atrofidagi ulug‘ bobokolonimiz Amir Temur qurdirgan bog‘lar bilan xam mashxur bulgan. Ushbu bog‘lar xaqida qisqacha ma'lumot. Bog‘i Bixisht 1378 yil shaxarning garb tomonidan barpo etilgan. Bog‘i Baland,  Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Maydon, Bog‘i Zogon, Bog‘i Chinor, Bog‘i Naqshi Jaxon va boshqa bog‘lar xam bulgan. Bog‘lar baland paxsa yo guvala devorlar bilan uralib unga naqshinkor darvozalardan kirilgan.  Bog‘larda mevali daraxtlarni xar xilidan ekilgan bo‘lib, yana bir o‘ziga xos xususiyatti bu yerda mevali daraxtlardan tashkari juda kup manzarali daraxtlar ekilgan. Ushbu bog‘lar xukumdorlar, saroy ayonlari va mexmonlar dam oladigan maskan bo‘lgan.

Bog‘larda Navruz bayrami, qovun sayli, kurash musobaqasi , kamondan uq uzish musobaqasi, shoirlar chikishlari kabi tadbirlar utkazilgan.

     Shaxzoda va malikalar tuylari xam kupincha shu bog‘larda utkazilgan.Chet ellik mexmon va elchilar xam shu bog‘larda kabul qilingan.

     1985 yilda Bog‘i Maydon maxallasi tashkil qilingan bo‘lib 2014-yilda “Yuqori Bog‘i Maydon” maxallasi deb nomlangan. Xozirgi kunda “Rasadxona” maxalla fuqarolar yig‘ini deb nomlanadi.

Tariximizdan ma'lumki  “Rasadxona” Mirzo Ulug‘bek tomonidan 1929 yili Samarqand yaqinidagi ko‘xak tepaligida qurilgan. Mirzo Ulug‘bek Amir Temurning kenja o‘g‘li Shoxrux Mirzo xonadonida 1394-yilning 22- martida dunyoga kelgan 1405-yili Amir Temurning vafotidan keyin temuriy shaxzodalar orasidagi mojarolarda qo‘li baland kelgan Shoxrux Mirzo saltanat taxtini egallaydi va u 1409-yilda 15-yoshli tung‘ich o‘g‘li Mirzo Ulug‘bekni Movarounaxr poytaxti Samarqand taxtiga utkazadi. Mirzo Ulug‘bek shaxarning yanada obodonlashtirish Movarounaxrning ilmiy va ma'daniy markazi bulib qolishini ta'minlanadi.

1417- yilda Mirzo Ulug‘bek falakiyot shinoslarning chorlab astronomik jadval tuzish va Rasadxona qurish xakidagi rejalarini muxokama qiladi.

U matematika, astronomiya faning eng ilg‘or olimlarining Samarqandga chorladi, Rasadxona qurishga farmon berdi 1424-1428 yillar mobaynida Samarqandning Shimolida Obi-Raxmat arig‘i buyidagi kuxak tepaligi bag‘rida jaxonga mashxur “Rasadxona” qurildi. Bungacha falakiyotning kuzatuv  ilmiy ishlari 1417-1420 yillarda qurilgan ( xozirgi Registon Maydonidagi) Ulug‘bek madrasasida olib borilgan.

Barcha planetalarning quyosh atrofida aylanishi kuzatiladi.Bu davrda kelib “ Ziji” asari  xam yozib tugatiladi. Rasadxonada ba'zi kuzatuvlarni oddiy kuz bilan, xam ya'ni asboblarsiz utkazish imkoni bulgan. Qurulishga uz davrining mashxur olimlari-astronom, matematik, me'morlar jumladan, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshed va Ali Qushchilar jalb qilingan. 

Mirzo Ulug‘bek Movarounaxrga 40 yil davomida xukumdorlik qildi, bobosi Amir Temur saltanatini mustaxkamlash va mamlakat xududidni obodonlashtirish bo‘yicha talaygini ishlarni amalga oshirdi.Prezidentimiz Islom Karimov Mirzo Ulug‘bek yaratgan ilmiy maktabning dunyo miqyosida bu qadar keng shuxrat qozonishiga uning bobosi soxibqiron Amir Temurning roli nixoyatda katta bo‘lganligini bir necha bor ta'kidlab o‘tgan.

Xaqiqatdan xam Mirzo Ulug‘bek yaratgan ilmiy maktab faqat Amir Temur barpo etgan qudratli davlat vujudga kelgan. Mirzo Ulug‘bek vafotidan sung Rasadxona Muxammad Ali Qushchi va Miram Chalabiy raxbarligida yana bir necha o‘n yillar faoliyat olib borgan.

Ko‘pchilik olimlarning fikriga ko‘ra “Rasadxona” diametri 48metr balandligi 30metr tashkil etgan selindir shaklida bo‘lgan. Ushbu binoning o‘rtasiga shimol, janub yo‘nalishida qo‘sh yoyli kvadrant joylashtirilgan.

1994 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning farmoniga binoan Mirzo Ulugbek tavalludining 600 yilligi munosibati bilan Respublikamizda “Mirzo Ulug‘bek” yili deb e'lon qilindi. Binoning seysmik talablarga javob bermasligi xisobga olinib Prezidentimiz tashabbusi va raxbarligida 2010 yil muzey binosi yangi ko‘rinishida qad kutardi.

Mirzo Ulug‘bek Rasadxonasi tarixiy obida bo‘lib chet el davlatlaridan ziyorat qilishga mexmonlar tashrif buyuradilar. Samarqand shaxrining eng ko‘zga ko‘rinadigan joylardan biri xisoblanadi.

1985 yilda Bog‘i Maydon maxalla binosi T.Oripov boshchiligida xashar yuli bilan maxalla markazi ko‘rib bitkazilgan. Maxalla markazini barpo bo‘lishiga maxallamiz fuqarolari va faollaridan Usto Ibroxim, usto Rabbim, Islomov Quvondiq, Aminov Naim, Murtazoyev Tuxta va Safarov Abdullolar o‘z xissasini ko‘shganlar.

 “Rasadxona” maxalla faxriylari va faollari  Xalilov Xalil Kamolovich Samarqand viloyat prokratura bo‘lim katta prokurori. Sultonov Ishnazar Samarqand viloyat prokuraturasiga prokuror lavozimiga ishlab xozirgi kunda nafaqada. Samarqand shaxar xokimyatiga raxbarlik lavozimiga Islomov Kuvondiq ishlagan. Aminov Sunnat Samarqand shaxar IIB ga bo‘lim boshlig‘i vazifasiga ishlagan.

           Mahallada  Nonvoylar, kulollar,  quruvchilar,  tikuvchilar avlodi yashagan. Bu maskanda    ularning  avlodlarini barcha ehtirom qiladi.

Turli  davrlardagi  o‘zgarishlar  mahalladoshlarning  turmush  tarzi, oilaviy  hayoti o‘zgarishiga sabab  bo‘ldi.  Bunda  odamlar  o‘z kasbu  kori  bilan  shug‘ullanib, jamiyat  manfaatini  ko‘zlab  faoliyat  ko‘rsatishgan. 

       Naqqoshlik  har  bir  andozasi  boshqa  solingan  nusxasidan  farq  qilgan. So‘zana, zardevori, kashta  kabi  milliy  kashdado‘zlik  san'atida  unutilmas  iz  qoldirdi.

       Qo‘li  gul  duradgor  ustalar  usto Rabbim va usto Ibroxim  yasagan eshik  va  derazalar, qo‘sh  binolar  va  ayvonlar  hozirgacha  mahalla  hovlilariga  chiroy  bag‘ishlaydi.

          Islomov Quvondiq   yoshligidan  jamiyatga  xizmat  qilishga  bel bog‘lagan  edi.  U   O‘zbekistonning  ko‘plab  shahar  va  viloyatlarida  rahbarlik  lavozimida  ishlab  o‘zidan munosib  nom  qoldirgan.

          Avlodlar  bugun  ham  kechagidek  ota-bobolarning  ishini  davom  ettirmoqdalar.      

       Urush  frontlarida  R.Otabekov, A.Voxidov, T.Voxidov, O.Ulugov N.Sharopova,  kabi   jangchilar  Vatanga  qaytib, fuqarolik  burchini  ado  etib  olamdan  o‘tdilar.

          Avg‘on urushiga qatnashganlar: S.Aminov, I.Xolmuxammedov va I.Isroilovlar.    Lazzatli  osh  pishirish  ustasi  Xolboy  boboning  nomi    boshqa maxallalar orasida xam mashxur bulgan.  Bobodan  o‘rnak  olgan  Sodiq, Alisher  bobolar  ham  oshpazlikda  durustgina  obro‘  topdilar. Oila    va  xonadonlar  qassob  va  ko‘nchilar,  mo‘zado‘z  va  sallohlar  uchun  kerakli  har  xil  oshpichiqlar  ularning  kundalik  ehtiyojlari  edi.  Ketmon, o‘roq, bolg‘a, tesha  kabi  asboblar  dehqonu  ustalarga, xonadon  sohiblariyu,  oddiy  kimshilarga  doimiy  kerakli  anjom  ekanligini  bobo  yaxshi  anglagan.

           Birinchilardan  bo‘lib  mehnatkashlar  farzandiga  savod  o‘rgatishga  qo‘l urgan  o‘qituvchilar  Sharopova, F.Axmedova, Z.Baxriyevalar.  Mahallada  yashab  unga  vijdonan  rahnamonlik qilgan  oqsoqollarning  nomini  hech kim  unutmaydi. Turli  davr  va  zamonda  turmush  mashaqqatlariga  chidab  fuqarolarga  g‘amxo‘rlik  qilgan  shaxslarni  doimo  eslaydilar. S. Abdullayev, T.Oripov, N.Aminov, A. Safarov,  2002-2016  yillarda    oqsoqollik  vazifasini  sharaf bilan bajargan. 2016 yildan  Zokir Safarov   MFY raisi bo‘lib ishlab kelmoqda. Mustaqillik davrida mahallamizni ko‘rinishi o‘zgardi. Mahalla eng obod mahallaga aylandi. Maxallamiz zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan. Har bir xodimga alohida xona, kompyuter  texnikasi bilan ta'minlangan, Ma'naviyat xonasi zamon talabiga javob beradi. Mahalla markazida hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda tadbirlar, uchrashuvlar, davra so‘hbatlar o‘tkazilmoqda. Yosh avlodni barkamol etib tarbiyadlashda mahalla nuroniylarini hayot tajribalaridan, tegishli mutaxassislar bilan so‘hbatlar olib borilmoqd