Samarqand shahri Ogaxiy MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Zebiniso ko‘chasi 1/1 uy
Telefon raqami: 991155836
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2190
Ayollar soni: 1012 (46,21%)
Erkaklar soni: 1178 (53,79%)
Xonadon soni: 292
Oila soni: 603
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1730 (79,00%)
tojik453 (20,68%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy2 (0,09%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa5 (0,23%)
 
MFY qisqacha tarixi

 

Samarkand viloyati, Samarkand shaxar «Ogaxiy» mahalla fukarolar yigini (MFY).

 

MFY nomi:  «Ogaxiy» mahalla fukarolar yig‘ini.

 

Axolisi:  2200 (Ikki ming ikki yuz) millat tartibdan iborat

 

Milliy tarkibi: Mahallamizda kup millatli bulganligi sababli o‘zbek, tojik, totar va boshqa millatlardan iborat.

Tashkil topgan yil: Maxalla XX-asrning 1984 yilda tashkil etilgan, mahalla nomining tavsifi va tarixi Muhammad Rizo Ogaxiy nomi bilan nomlangan.

Mahalla nomining tavsifi va tarixi: Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li — Ogahiy XIX asr Xorazm adabiy muhitining yirik siymolaridan biri bo‘lib, Navoiydan keyin eng «ko‘p va xo‘b» she'r aytgan shoirlardandir.

 XIX asrda Xiva xonligi tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk insonlardan biri – Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy edi. 1809 yil 17 dekabrda Xiva shahri yaqinidagi Qiyot qishlog‘ida mirob oilasida tavallud topgan adib: “Biz Xivada yashovchi yuz toifasidan bo‘lgan Amir Eshimbiyning avlodidandirmiz”, – deb yozgandi. U madrasada o‘qib yurgan paytlaridayoq «Bayozi mutafarriqai forsiy» nomli bayoz tuzdi. Bu bayozga Jomiy, Navoiy, Hofiz, Sheroziy, Bedil, Fuzuliy g‘azallarini kiritish bilan bir qatorda ularga ergashib yozgan o‘zining o‘n besh g‘azali va ikki muxammasini qo‘shdi. Ogahiy ustozi Munis boshlab qo‘ygan, ammo, tamomlay olmagan tarixiy «Firdavs ul-iqbol» asarini yozib tugatdi. Bundan tashqari Xiva xonligi tarixiga oid «Riyoz ud-davla», «Jome' ul-voqeoti Sultoniy», «Zubdat ut-tavorix», «Gulshani davlat», «Shohidi iqbol» nomli tarixiy asarlar yozdi. Ogahiy jahon madaniyatini nodir durdonalari hisoblangan Sa'diy Sheroziyning «Guliston», Nizomiyning «Haft paykar», Hiloliyning «Shoh va gado», Kaykovusning «Qobusnoma», Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy», Jomiyning «Yusuf va Zulayho» kabi badiiy, tarixiy, axloqiy, falsafiy, didaktik asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qildi. Ogahiy 1872 yilda parokanda bo‘lgan badiiy merosini jamlab «Ta'viz ul-oshiqin» («Oshiqlar tumori») nomli devon tuzib qoldirdi. Madaniyatimizning durdonasi bo‘lgan bu devon o‘zbek mumtoz she'riyatining 22 janrini o‘z ichiga qamrab olgan.

  Ogaxiyning tarixiy asarlari daliliy manbalarning boyligi va ishonchli bo‘lishi bilan ajralib turadi. Ogahiyning tarixiy asarlari qo‘shni qardosh xalqlarning tarixini o‘rganishda birinchi manba hisoblanadi. Uning tarjima asarlari Xorazm ijodkorlarini arab, fors-tojik adabiyotining noyob durdonalari bilan tanishtirdi, xalqning ma'naviy saviyasini bir pog‘ona balandga ko‘tardi, o‘zbek adabiyoti xazinasini yangi asarlar bilan boyitdi, xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy aloqalarni mustahkamladi. Muhammadrizo Erniyozbek o‘g‘li — Ogahiy. “Ahloqi Muhsiniy” XV asrda Hirotda yashab ijod qilgan allomalardan biri, Alisher Navoiyning do‘sti Kamoliddin Husayn Voiz Koshifiyning ma'rifiy asari. Bu asarda ta'lim-tarbiya, bola tarbiyasida ota-ona, muallimning o‘rni kabi masalalar keng yoritiladi. Asar 1873-1874 yillarda, ya'ni shoir umrining oxirgi yillarida tarjima qilingan.

  Maxalla ziyolilari va faollari:  professor Mirmuxamedov Rasul     Xalimovich, fanlar nomzodi Tuxtayev Sobir, fanlar nomzodi Fayziyeva Gulsaralar yashab o‘tgan.

  Chegaradoshligi:  “Toshkent”, ”Ibn Sino”, ”Xalkabot”, “Davlatshox Samarkandiy” va Kaftarxona, mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

  Mahalla ko‘chalarining soni va nomlari:  mahallada 8 ta kuchalar,  Zebiniso, Ogaxiy, Mirtemir, Nasim Shirin, Zexniy, Xaitova, Kavarzor, Shabad va Minsk ko‘chalari mavjud.

  Ijtimoiy soha obe'ktlari:  “Ogaxiy”MFYsida  4 ta magazin, 3 ta sartaroshxona, 1 ta restoran, 2 ta oshxona, 2 ta tikuv sexi, 1 ta moshin yuvish shaxobchasi, 1ta  avto zapchast,  1 ta metalni qayta ishlash sexi, 3 ta nonvoy xonalar bor. 

Xududda 2 ta mahalla binosi, 55 sotok yer maydonida 48 sotkda bog, 3ta futbol stodioni va yangi minsk istirohat bog‘i qurilmaqda.