Samarqand shahri Obi Rahmat MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Obiraxmat ko‘chasi 5/ 17uy
Telefon raqami: 91 526 55 27
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 1784
Ayollar soni: 980 (54,93%)
Erkaklar soni: 804 (45,07%)
Xonadon soni: 220
Oila soni: 505
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek833 (46,69%)
tojik934 (52,35%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz1 (0,06%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys1 (0,06%)
eroniy6 (0,34%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on1 (0,06%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa8 (0,45%)
 
MFY qisqacha tarixi

«Obi-Raxmat» MFY tarixi

«Obi-Raxmat» maxallasi (Obiraxmat kucha 5yulak 17uy telefon 66 232 30 89)

«Obi-Raxmat» maxallasi ilgari Samarkand tumanidagi Fotima Kosimova kolxoziga karashli bulgan. 1978yilda aloxida maxalla sifatida ajralib chikib Samarkand shaxri tarkibiga kirgan. U paytlarda 150 – 160 nafar xonadon istikomat kilgan. Birinchi oksokoli Chilstum maxallasidan Toxir aka bulgan. U kishi faoliyatini 1954-1964 yillarda olib borgan. Keyinchalik Abduxamid aka davom ettirgan, raislik vazifasida 1964-1966yillarda ishlagan. Shundan sung:

Marupov Toxir 1966-1999y

Saidov Erkin 1999-2001y

Toxirov Tolib 2001-2006y

Xaitov Nemat 2006-2008y

Xakkulov Olim 2008-2016y

Xaitov Nemat 2016-2019

Xozirda 2019yil may oyidan bugungi kungacha Xakkulov Zafar rais vazifasida ishlamokda.

  Xududda «Xujapirmaydon» kabristoni va ziyoratgoxi mavjud. U xakida kuyida bir rivoyat bor:

Aytishlaricha, Iskandar Zulkarnayn uzining dunyoni bosib olish maksadida kilgan yurishlarida Sugdning asosiy kal'alaridan bulmish Afrosiyobni xiyla bilan kulga kiritmokchi bulgan. Lekin juda kup ziddiyatu mashakkatlarga uchragan. Shunda navkarlaridan «Afrosiyob kal'asida turli mushkulotlarni yechadigan, balolarni daf etishga kodir bir avliyo yashaydi. Uni butun shark taniydi. Ul zot Avliyo Pir Maydondur!» degan gapni eshitadi.  Iskandar

Iskandar Avliyo bilan suxbat kurishni istab darxol xuzuriga chakiradi. Avliyo Pir MAydonni olib kelishadi. Zoxiran  u shunaka badbashara va xunuk odam ediki, kurgan odim chuchib tushardi. Iskandar Avliyo Pir Maydonni kurib uzini tutib tura olmay «Kanday xunuk va badbashara kiyofa» deydi. Iskandarning gapidan ogringan Avliyo kulib, «Ey, fazilat va insofdan bebaxra odam!  Tan gilof bulsa, jon kilichdir, ishni gilof emas, kilich kiladi.» deydi.

Avliyo bir talay okil gaplarni aytadi. Iskandarning utmishi, kelajagi va buguni xakida rad etib bulmas bashoratlar kiladi. Xullus, Iskandar shashtidan tushadi, Avliyoning suzlaridan lol kolib, uzining buyuk bir buzrukvor oldida turganligiga amin buladi.

Iskandar Avliyoga yaxshilik kilish maksadida ancha uylanib koldi va unga kichik bir kishlok xadya kildi. Bir kancha odamlarini uning xizmatiga yolladi. Oltinu javoxirlaridan berdi, mulki daxlsizligini ta'minladi. Ushandan buyon kishlok Bogi maydon deb nomlanarkan. Avliyoning kabri xam shu yerda bulib, Xuja Pirmaydon azizgoxi deb nomlanadi. Bu yerda ziyoratchilarning kadami uzilmaydi.

Bu bir afsona bulishi mumkin, lekin Xuja Pirmaydon nomi donoligi va aklu zakovati tufayli xamon yashab kelmokda.

  Samarkand shaxri va atrofidagi ziyoratgoxlar tugrisida XIXasrning birinchi yarmida yozilgan «Samariya» (muallifi Abu Toxirxuja) asarining 1991yilgi Toshkent chopasi (45betda) ushbu ziyoratgox tugrisida shunday deyilgan: «Xazrat Xoja Pir maydon mazori. Bogimaydon kshlogida, Afrosiyob kurgonining yakinida, shimol tomonidan Obi-Raxmat arigi bilan Siyaob arigining urtasidadir. Ushbu mazor egasining oti xoja Rashid Valiy erur, uzi xudoparastlardan ekan. Va yana u kishining mazori shaxardan tashkarida, shaxarning shimoliy tarafida bulib, goyatda serbarokat va nurlar manbaidir, u kishiga raxmat bulsin. Azizlarning ostonalariga yolvoruvchi men u zotning mazoriga kup borar edim».

   U yozuvlardan Xoja Piri maydon, ya'ni polvon va maydon piri ma'nisi kelib chikmokda.

   Ammo, «Samariya»ning bizdagi kadimiy kulyozma nusxasida esa ushbu ulug zotni Xojai Piri Maydoniy deb nomlagan. Ya'ni, vatani bogi Bogi maydonga nisbatan shunday atalgan xamda usha mavzening piru murshidi tasavvuf tarikati arbobi ekanligi anglanilmokda. Allomaning nomi Rashidi Vali ekanligi uning uz zamonasi tarikatining karomatli avliyolaridan ekanligi anglatadi.

   Xozircha, fakatgina «Samariya»asaridan bu zot tugrisida yukoridagi ma'lumotlarni topish mumkin xolos. Shunga karamay, «Samariya»dek mashxur asar muallifi Abu Toxirxuja ushbu ziyoratgoxga kata bob ajratganining uzi, bu ziyoratgoxning axamiyatini bildirib turibdi.

  Ishonchimiz komilkim, kelgusida vakfnoma va irshodnoma kabi manbalardan ushbu tabarruk ziyoratgox tugrisida ma'lumotlar topiladi.

Maxallaning Obi-Raxmat nomi bilan atalishi esa shu nomli arigning okib utishi bilan boglik. 1985yilda maxallaga ichimlik suvi trubasi tortilgan shu vaktga kadar maxalliy axolii Obiraxmat arigidan suv ichishgan. Bu suv foydali va darmondori xxisoblangan.

«Samariya»ning 21betida shunday yozilgan: «Siyaxob (Korasuv) arigi- boshlab bir talay buloklardan tashkil topib, Konigilgacha okib keladi. Unda ikkiga bulinib, birinchi bulagi Kuxak daryosiga okib ketadi. Ikkinchi bulagi ikki shaxobchaga ajralib, birinchi bulogikim, Obi raxmat ataladi. Samarkand shaxrining shimolifdagi boglarga :Muturid, Bogibaland va Bogimaydoga sarf buladi. Derlarkim Obt raxmat arigini Amir Muxojir Kuxak toginig janubiy etagida kazib okizganlar. Kutayba Samarkandni olgandan sung manna shu Amir Muxojirni unga xokim belgilagan eei. Derlarkim, Amir Muxojir ushbu arigni koziyotgan chogda Xazrati Xizr uchrashib, Nima istaysan (motirudu?) deb suragan. Amir Muxojir unga Suv istayman (Mouridu)deb javob bergan. Shuning uchun birinchi sira shu suv bilan sugorilgan, va obod kilgan urniga «Moturidu» deb ot kuyilgan. Ba'zilar ushbu naklni Shayx Abu Mansur Motirudiy va Xazrati xoja Xizrga nisbat beradilar. Samarkind elining eskidan kolgan bir kiliklar bordirkim, ajam yilining sungi dushanba okshomida ushbu arig yokasiga yigilishib, chumiladilar va taxorat kiladilar. Tabarruk yuzasidan ushbu suvni oladilar.»

Maxallada yana 3-soni oilaviy poliklnikaning xududiy filiali faoliyat yuritadi. Kabriston va Ziyoratgox obodonlashtirish ishlari olib borilyapti. Xududdagi bush yerni kayta kurib, uni bolalar sport maydonchasiga aylantirish kuzda tutilgan.

   Maxallada 2jaxon urushi ishtirokchilari va faxriylari kuyidagilar:Maxmudov Maruf (1896-1980) Xolmuxammedov Dustmuxammad (1898-1979) Ziyodilloyev Lutfillo (1895-1943) Bekmuxammedov Jamol (1914-1975) Sharipov Ostonakul (1899-1975) Rofiyev mirbobo (1860-1988) Ibragimov Olim (1892-1967) Rajabo Xabib (1920-2014) Lutfiyev Ismatxon (1924-1998) Tursunov Mirasad (1922-1992) Maxmudov Abdugani (1907-1979) Rofeev Abdullo (1908-1990) Axmedov Rofe (1910-1979) Kuliyev Said (1924-2003) Komilov Muin ( 1916-1943) Komilov Naim (1918-1942) Komilov Xusen (1921-1975) Komilov Kobil (1962-1981) Sharipov Amon (1908-1943) Usmonov Baxron (1913-1998) Bekmuxammedov Tuxtamurod ( 1924-1992) Najmidinov Raxmon (1902-1974) Yarashev Otabek (1913-1998) Narzikulov Rabbim (1924-1943) Xusenov Mamatkul (1919-1981) Axmedov Bolta (1924-1995).

Frontorti faxriylar:

Djurakulov Umar (1929-2015) Kamolov Muxidin (1927y) Yunusov Rasul (1931) Nasimova Zurafo (1925-2001) Dustmuxammedov Raxmon (1927-2012)Rajabov Xoji (1930-2006) Gaybulloyev Ubay (1919-2002) Nagimova Masrura (1910-1999) Tuxtayeva Oysha (1919-2014) Yakubova Mukaddam (1927-2015) Turakulova Mastura (1931-2016)

Afgon urushi ishtirokchisi Xomidov Murtazo Mamatkulovich 1969yilda tugilgan 2gurux nogironi, Obiraxmat 86uyda yashaydi.

Chernobil AES fojeasi ishtirokchisi Mirboboyev Komil Murodkulovich 1967yilda tugilgan 2gurux nogironi, Obiraxmat 5/4t 19uyda yashaydi.

Muxiddinov Nasim (1885-1967) militsiyaya xodimi, siyob xududi va kukon shaxri boshligi vazifasida ishlagan. Keyinchalik selsovet raisi vazifasida xam ishlagan.

Nasimov Muxammadamin-1921yilda tugilgan. 1941-1980yillarda mexnat faoliyatini yuritgan. Tarix fakultetini bitirgan. Sobik sovet davlati davrida KGB ning birinchi muovini vazifasida faoiyat yuritgan. Xarbiy, general mayor.

  Xojiurbon Xamidzoda va Kamolov Jamol sovet davrida jurnalist bulib ishlagan.

  Xozirda maxallada chet el bilan xamkorlikda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar Xamdamov Sodik, Xamroyev Sharofiddin, Xakkulov Zoxidjon, Egamberdiyev Raxmatjon va boshkalar bor.

 Milliy xunarmandchilik ya'ni kulolchilik faoliyati bilan shugullanuvchi usta Bobomurodov Ilxom xozirda «Xazrati Xuja Doniyor» ziyoratgoxida uz faoliyatini yuritmokda.

Usta duradgorlar Aliyev Muzaffar, Soleev Baxron, Asliyev Ixtiyor, zargarlar Nabiyev Bobur, Shukurov Ravshan, oshpazlardan aka –uka Axmedov Ilxom va Orif, Raupov Siroj, aka-uka Xomidov Baxodur va Jaxongir, Lutfiyev San'at , Xamidov Botur, nonvoylardan Raximberdiyev Damir, Mirboboyev kobil, Usmoonov Rustam va boshkalar milliy xunarmandchilik bilan shugullanib, shu bilan birgalikda uz shogirdlariga xam sir asrorlari xam bilim belib kelishmokda.