Samarqand shahri Namozgoh MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: X.A.Vali 58uy
Telefon raqami: 991155833
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2005
Ayollar soni: 1090 (54,36%)
Erkaklar soni: 915 (45,64%)
Xonadon soni: 324
Oila soni: 544
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1235 (61,60%)
tojik765 (38,15%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy2 (0,10%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa3 (0,15%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shahar “Namozgoh” MFY tarixi

     Mazkur mahalla 1630-yilda bunyod etilgan Namozgoh masjidi nomi bilan ataladi. Bu masjidni O‘zbekning orlot qavmidan bo‘lgan Nodir devonbegi shu mahalla uchun jomye masjidi sifatida tiklandi va atrofi shaharning manzarali hududi bo‘lib, aholi saylgohiga aylangan edi. Sho‘ro hokimiyati davrida xushhavo maskanda suyak sili kasalliklari shifoxonasi tashkil bo‘ldi. Majlis binosidan avtomobil garaji sifatida foydalanildi.

     Mahalla “Ikkinchi toli regak”, ya'ni “Qizil qumli tepalik”, keyinchalik “Leninobod” degan nom bilan atalib, hududi Toshoxurdan Muqumiy (avvalgi Qo‘qon) ko‘chasi, Xo‘ja Axror Vali (avvalgi aviatsonnaya) ko‘chasining Charmgarigacha bo‘lgan qismi va ikkala qo‘cha orasida joylashgan hovlilar mazkur mahallaga qarashli bo‘lgan.

     Mustaqillik tufayli Namozgoh jom'e masjidi qayta ta'minlandi va mahalla avvalgi tarixiy nomiga ega bo‘lganligi shaxrimiz aholisini cheksiz quvontirdi.

     Keyinchalik yangi qurilish hisobidan aholi soni ko‘payganligi sababli mahalladan “Birdamlik”, “Do‘stlik” va “Shifokor” mahallalariga ajralib chiqdi.

     Mahallada ilgaridan Xo‘ja Axror Vali avlodlaridan bir qismi istiqomat qilgan va hozir ham yashamoqda. Ularning biri Usmonxon Abdusamatov (1900-1982) ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Rafiqasi Muxtaram aya (1905-1991) axroriylar sulolasiga mansub Naqibxon To‘g‘rolning akasi To‘raxon eshonning qizi bo‘lib, G‘allaorol tumanida tavallud topganlar. Ularning farzandi Axrorxon Usmonov SamDUda 40yil malakali matematiklar tayyorlashda fidokorlik ko‘rsatdilar.

     Namozgohda ulug‘ insonlar yashab o‘tganlar. Masalan tojik va o‘zbek xalqining buyuk yozuvchisi Sadriddin Ayniyning Namozgohda mevazor bo‘lib, 1956-yilgacha bahor, yoz va kuz kezlari shu manzilda ijod qilganligini mahalla axli bot-bot yodga oladi. Viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va ma'daniy rivojlanishiga ulkan hissa ko‘shganlardan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, dotsent Olim Azimov, urush ishtirokchilaridan O‘zbekistonda xizmat qo‘rsatgan qishloq xo‘jalik xodimi Maxmud Luqmonov, xisob-kitob xodimi Jonxo‘roz Parmonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist Qodirqul Axmedjonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq maorifi xodimi Vaxob Egamov, professorlardan Nurboy Aberqulov, Abdukarim Dushanov, xalq maorifi a'lochisi keksa pedagoglardan Xamro Ma'rufov, Abdullo Isoqov kabi mehnat faxriylari ham shu mahallada istiqomat qilgan.

     Mahalla axli urush ishtirokchilari Mirziyobobo, Xotam Axtamjonov va G‘affor Muxtorovning mahallani boshqargan insonlar qatorida xotirlaydi. Xalq maorif tizimida 60 yildan buyon faoliyat ko‘rsatayotgan Ziyodullo Davronov, 30 yil davomida mahalla oqsoqoli bo‘lgan, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Bolta Isroilov, shuningdek muallim Faxriddin Baxriyev, huquqshunos Amon Mamatqulov, professorlardan dotsent Jo‘raboy Yaxshilikov, mehnat faxriysi Zulfiya Abdullayeva, Erkin Ibroximov, Davron Mamatqulov, Abduraxmon Xaydarov, Asror Mamatqulov, Naim Xaydarov, A.Qodiriy tadbirkorlar Farxod Axmadjonov, Xabibullo Ziyaboyev, Olim Jalilov, Tolibjon Usmonov va Yuriy Shirinov singarilar ko‘pdan shu yerni maskan tutishgan.

     “Namozgoh” mahalla hududida 2005 fuqaro istiqomat qilishadi. Mahalla “X.A.Vali”, “Furqat” va “Birdamlik” kabi mahallalar bilan chegaradosh. Mahalla hududida ma'naviy-ma'rifiy markazi tashkil etildi.