Samarqand shahri Muliyoni poyon MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Termiz ko‘chasi 330-uy
Telefon raqami: 66-236-01-07
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 4944
Ayollar soni: 822 (16,63%)
Erkaklar soni: 4122 (83,37%)
Xonadon soni: 520
Oila soni: 887
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2751 (55,64%)
tojik2189 (44,28%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy1 (0,02%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy1 (0,02%)
boshqa2 (0,04%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarkand shaxar MULIYONI POYON” mahalla fukarolar  yig‘ini

T a r i x i

Samarkand shaxar “MULIYONI POYON” mahalla fukarolar  yig‘ini

MFY nomi : “Muliyoni poyon” mahalla fuqarolar yig‘ini

(Termiziy kuchasi 320 uy)

Axolisi   4944 nafar

Milliy tarkibi: tojiklardan iborat..

Tashkil topgan yili: 2015 yil “Muliyoni poyon” nomi berildi.

Maxalla nomining tavsifi  va tarixi:

-«Bogi  Mirzo» va «Kavola» maxallalari , shuningdek Samarkand  tumaninig Kumzor  maxallasi bilan  chegaradosh. Maxallada yashaydigan  oksokollarning ma'lumot berishicha, bu maxallani  ta'rixi uzokga , miloddan avvalgi  II-asrga borib takaladi.

Xammaga  ma'lumki, Iskandar  Makedonskiy yer yuzining kariyb yarimidan kupini bosib olgan. Jumladan  Samarkandni  xam. Iskandar Samarkandning eng tepa joyini  topishni buyurgan. Uning sobik  lashkarboshilari  unga  «Muliyon» va «Pistamazor»ni  kursatgan.

Somoniylar  davrida  xam  bu joylar  e'tiborda  chetga kolmagan. Somoniylar  uz davrida  juda  xam   katta yurishlar   kilgan  va usta xunarmand, olimlar , ukimishli ulamolarni  Samarkandga   tuplashgan. Shu vaktga «Muliyon»  maxallasiga ukimishli  mullolar, korilar, shoirlaru allomalar  tuplashgan va bu  maxallani «Mavloviyon», ya'ne akobiru  mavlonilar  yashaydigan joy  nomi bilan atashgan. Zamon uzgarishi bilan  shurolar davrida (rus alfavitiga ) ba'zi xarflar  tushib «Muliyon» bulgan,  bizning  Muliyon maxallamizning  ta'rixi bilan  shu bilan boglik.

         U davrda maxallada  bor-yugi 30-40 xonadon  yashagan. Bu joylar  aksariyat  shaxardagi «Guri Mir» maxallasi  avvalgi  «Ruxobod» guzarining  bog xovlisi  xisoblangan.

        2-jaxon urushi  arafasida  shaxar xovlilarga kuchib borishlar kamayib , bog xovliga  mukim  yashab  kolish  odatga aylangan . Shu tarzda  «Muliyoni  poyon»  maxallasining  axolisi  kupayib  yerlarni  taxlab  boglar yaratgan  6-chi brigada  bulgan. Maxalla   avval «Parij Kamuna» keyinchalik «23fevral»,  «Kuybishev», «Samarkand» nomli  bulgan  kolxozga  karalgan.

Kolxozda  Aminjonov Rajab, Gafurov Kayum(ollox raxmatiga  olgan bulsin ), Sodikova Mastura   (1925yil tugilgan, xozirgi vaktda  2019 yil 94 yoshni  karshi olayaptilar)  va Raxmatov Axmadjonlar  brigada boshligi bulib   va  maxallani boshkargan.  Maxalla axolisi  asosan  dexkonchilik va pillachilik  bilan shugulangan. Majidova Mukambal, Sattorova Kudratoy, pillachi, Faxriyev Baxri, Muxtorov Raxim,Djalolov Karim,Bozorov Xolmat, Xotamov Ortik, Faxriyev Jalol, Jalolov Karim, Faxriyev Aslilar dexkonchilikni  mexnat faxriysi  edilar.  Sodikova Mastura front ortida  xam mexnat   kilib 5  marotiba  Shurolar davrida  munosib  deputatligiga saylangan, xozirgi vakiga 94 yoshni karshilab  nabirayu aberalar  kurshovida  yashab  kelmokda. Ollox raxmatiga  olgan bulsin   Raxmatov Axmadjon va Majidova Mukambal  xam bir necha marotiba  Shurolar  davrida  kishlok  va  tuman  deputatligiga saylangan. Maxallamizdan 2 chi jaxon  urushiga  Narzikulov Xurrambobo, Odilov  Rustambobo va boshkalar  katnashgan. Maxallaga  jamoatchilik  asosida  Begiyev Boki, Sultonov Mumin,Xotamov Axtam,Gafurov Kayumlar  faollik kursatib  maxallaga  gaz, suv, elektro-energiya  keltirishga  yordamlashgan  maxallani obodonlatirishga bosh-kosh bulgan.

Maxallamizda  urushdan keyin  fakat  bita  42-sonli sakkiz yillik  maktab,  kichkina  non dukoni  va pamidor  kabul kiladigan  sex  bor edi.

Xozirgi vaktda  maxalamizda  76-sonli  umumta'lim  maktab ,sartaroshxona , eski maktab urniga  dorixona , tikuvchilik sexi , samsaxona,  akva chikoradigan sex, 500 kishiga muljalangan «Koxinur» bazmgoxi , yokuvli sotadigan  shoxobchasi,  xozirgi talabga  javob beradigan «Baraka market»ozik ovkat dukoni, avtomashina tuzaydigan  ustoxona, kompyutor  tuzaydigan ustoxonasi mavjud.

Maxallada joylashgan 76 maktabda 420  nafar ugil kizlarimizga  yosh tajribali  direktorimiz Raxmatjon Usmonov  boshchiligida  malakali  ustozlar   ta'lim tarbiya olmokda ,ular orasida  sportni  bir necha  turi buyicha  Uzbekiston  chempionida  1,2,3, viloyat  buyicha 1,2,3, urinni egalangan yoshlarimiz bor.

Maxallamizda  yosh iste'dodli  shoirlarimiz  Nizomiddin Sadridinov uzini  Vatan, Uzbekiston, ota-onaga mexr muxabbat xakida yozgan  she'rlari bilan  uzini  tenkulari  oldida   aloxida  xurmatga  sazovor. Uning «Mega yokadi», «Bemor kungillar», «Okibat»  sheriy tuplamlari  nashrdan chikorilgan. 76 maktab  11 sinf   bitiruvchisi Abduxamidova Aziza  kizimizni «Baxtliman»  ilk  she'riy tuplami    nashrdan chikdi.

Maxallada Sultonov Muminbobo   kup yillar  maxala  oksokolik vazifasida  ishlangan.(ollox raxmatiga olgan bulsin).

2009 yildan  xozirgacha  maxallada  Ortikov Xamrokul   oksokollik vazifasiga ishlab kelmokda. Xotin –kizlar bilan ishlash  va oilalarda  ma'naviy- axlokiy  kadriyatlarni mustaxkamlash  buyicha  mutaxassis Djalolova Moxira   xotin – kizlarni xukuklari  va konuniy  manfiatlarini  ximoya kilish , ularni  muammolarini uz vaktida  aniklash,  yordamga muxtoj  bulgan  va ogir  ijtimoiy  axvolga tushib kolgan    xotin –kizlarga   uz vaktida   tushintirish ishlari olib borilmokda.

Maxalla markazida  Ortikov Xamrokul  boshchiligida  xashar yuli bilan  2009yil  otalar choyxonasi   va bir xonalik uy maxalla binosi  kurildi. Maxallada   kuplab  madaniy-marifiy  marosimlar,tadbirlar  utkazish  keng rasm  buldi.   

Maxallada 2015 yilda «Muliyoni poyon» nomi berildi.  Xozirgi vaktda (2019yil iyul xolatiga)maxallada   533  ta xonadonda 4944 kishi yashaydi,asosan tojik –uzbeklar.

Maxalla xududida   joylashgan   tadbirkor  Barotov Sobir uzini  « Oblokulmantu »oshxonasi  bilan mashxur.