Paxtachi tumani Nayman MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Oriyat ko‘chasi 7uy
Telefon raqami: 99-115-95-27
Geografik joylashuvi: Tuman markazidan 30 km.gacha uzoqlikda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 3428
Ayollar soni: 1646 (48,02%)
Erkaklar soni: 1782 (51,98%)
Xonadon soni: 625
Oila soni: 1075
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek3428 (100,00%)
tojik0 (0,00%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa0 (0,00%)
 
MFY qisqacha tarixi

Tashkil topgan yili: 1997 yilda tashkil topgan.

Mahalla nomining tavsifi va tarixi: “Nayman” nomi manbalarda “Po‘latchi, Eshonqora, Qarluq” shaklida yozilgan. Po‘latchi hududida asosan quyidagi ypyg‘ vakilla­ri yashagan: nayman, boltali, boyovli, urg‘uch, biya, ukrach, jastovon, momoy, uramas,  po‘latchi, qarluq, bek­tup, chuvilloq, burunsov, cho‘michli, polvon, tumor.

Qorovultepa Ro‘ziqul Maxmonov nomidagi uyushma hududidagi Eshonqora qishlog‘ining va temiryo‘l izlarining janubiy tomonida joylashgan bo‘lib, V—asrlarga oid qadimiy yodgorlik hisoblanadi. Yodgorlik chuqur o‘rganilmagan. Qorovultepa Nar­pay kanalini, vohani qiya tog‘lar va dasht tomondan kuzatib qo‘riqlash uchun xizmat qilgan qal'aning qoldiqlaridir. Qal'a buzilib xarobaga aylangan. Qorovultepadan shimolda Narpay kanalining o‘ng qirg‘og‘idagi qishloq Eshonqora deb yuritiladi. Bu hududda ruhoniylar tabaqasiga kiruvchi eshonlar va ularning avlodlari hamda nayman qabilasi tarkibidagi ypyg‘ vakillari istiqomat qilishgan. Mahalliy aholi o‘zini oddiy kishilar — qoralar deb bilgan, eshonlarni esa e'zozlab ularga hurmat bilan qaragan. Hududda eshonlar va qoralar yashaganligi uchun Eshonqora (eshonlar va qoralar) qishlog‘i deb atalgan,

Katta po‘latchi qishlog‘ining sharqiy tomonida qoranaymanlar yashagan va qishloq shu urug‘ nomi bilan Qoranayman deb atalgan. Zarafshon daryo­sining chap qirg‘og‘ida qarluqlar yashagan. Qishloq shu urug‘ning nomi bilan Qarluq deb yuritilgan. Navbahor dexqon (fermer)lar uyushmasi hududidagi Narpay kanalining o‘ng tomonida janubdan shimolga tomon ketgan yo‘l bo‘ylab aholi yashagan. Qishloqda asosan qirq urug‘iga mansub kishilar yashagan.

Mahalla ziyolilari va faollari: Muxammadiyev.F,A.Tursunov,B.Karimov, T.Narzullayeva, M.Xushvaktov, U. Jabborov, I.Arzikulov, U.Axnazarov, E.Tursunov, Z.Eshkuvvatov, K.Jurayeva.

Chegaradoshligi: Shimoldan “Zarafshon daryosi ” , Sharqdan “Boltali”, G‘arbdan “Dobussiya”, Janubdan “Urgich” mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

Mahalla ko‘chalarining soni va nomlari: Mahallada 3 ta kucha, Oriyat, Ziyo, Shirin kuchalari mavjud.

Ijtimoiy soha obe'ktlari: Mahalla hududida 38-sonli umumta'lim maktab, 36-maktabgacha ta'lim tashkiloti, 3-oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti, 17 ta savdo do‘koni, 1 ta tikuvchilik xonasi, shlakoblok, travertin, temirpanjara, akfa eshik-romlari ishlab chiqarish korxonasi, 1ta tuylar maskani, 1 ta nonvoyxona, oshxona, dorixona, avtomobillarni yuvish shoxobchasi,1 ta qabriston joylashgan.

MFY raislari: 1997-2006 yillarda U. Jabborov, 2006-2007 yillarda Sh. Pardayev, 2007-2008 yillarda Yu. Xolmurodov, 2008-2009- yillarda O. Toshpulatova, 2010-2013 yillarda O. Allayorov, 2013-2014 Sh.Abdullayev2015-2016 yillarda F.Muxammadiyev  , 2017-2018 yillarda B. Nosirov, 2019-2020 yillarda U. Dusmatov,2020 10-sentyabrdan boshlab xozirgi kunga kadar X. Narzullayev, MFY raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.