Samarqand shahri Bunyodkor MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Guloyuod ko‘chasi 120
Telefon raqami: 991155681
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 1997
Ayollar soni: 920 (46,07%)
Erkaklar soni: 1077 (53,93%)
Xonadon soni: 292
Oila soni: 595
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1315 (65,85%)
tojik675 (33,80%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus2 (0,10%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys1 (0,05%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa4 (0,20%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shaxar “Bunyodkor” maxalla fuqarolar yig‘inining tarixi

to‘g‘risida

MA'LUMOT

MFY nomi : “Bunyodkor” maxalla fuqarolar yigini.

Axolisi : 1997 nafar

Milliy tarkibi : Maxallamiz asosan uzbek va tojik millatli fuqarolar yashaydi.

Tashkil topgan yil: 1957 yil oktyabr oyida tashkil topgan.

Maxalla nomining tavsifi va tarixi: “Bunyodkor” MFY xurmatga sazovor Usmon Yusupov nomlariga bag‘ishlab qo‘yilgan. Usmon Yusupovni tilga olishimizdan maqsad maxallamizning avvalgi nomi ushbu siymo nomi bilan nomlangan. Ushbu inson Usmon Yusupov kamtarin va oliyanob inson, millatparvar, xalqsevar va fidoyi inson bo‘lgan. 1953-1955 yillarda esa O‘zbekiston Minstrlar Sovetining raisi lavozimlarida xalq manfaati, yurt ravnaqi yo‘lida samarali va ibratli faoliyat ko‘rsatgan siymolardan biri edi.

Maxalla ziyolilari va faollari: Maxallamizdan ulug‘ insonlar o‘tgan. Shu insonlardan IIV O.Muxammadiyev, Sirdaryo viloyati IIBB general Urunov, palkovnik Xidir Daurov, adliya vazirligi general S.Mirsafayev, IIB palkovnik Sadullayev, Samarqand shaxar sudyasi Sodiqov, Respublika davlat klinikasi bosh vrachi I.Zokirov, Samarqand shaxarmarkaziy shifoxona bosh vrachi Xolkarim Rasulov, Samarkand viloyati teleradio bosh karmasi raisi R.Akramov, Samarkand tuman raispalkom raisi Basir Sameev, Samarkand tumani partiya bo‘lim boshlig‘i Sh.Muxitdinov, Raykom sekretari Sherbakov va maxalla kurilishida o‘z xissasini qo‘shgan Sharipov Komil bobo maxallamizda yeng yoshlari ulug‘ 104 yoshga kirib vafot etganlar.

Chegaradoshligi: “Devori Ko‘ndalang”, “Masjidi Ko‘ng‘iroqdor”, “Axmad Yassaviy”, “Dukchiyon”, “Maroqand” va Samarqand tumanidagi “Mirzo Ulug‘bek” maxalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

Maxalla ko‘chalarining soni va nomlari: Maxallamizda 13 ta ko‘cha mavjud. Gulobod asosiy ko‘cha, Gulobod 1-yo‘lak, Gulobod 2-yo‘lak, Gulobod 3-yo‘lak, Gulobod 4-yo‘lak, Gulobod 5-yo‘lak, Navro‘zi asosiy ko‘cha, Navro‘zi 1-yo‘lak, Navro‘zi 2-yo‘lak, Navro‘zi 3-yo‘lak, Navro‘zi 4-yo‘lak, Nora yakubova 2-yulak va Umarkul Radjabov ko‘chalaridan iborat.

Ijtimoiy soha obe'ktlari: Maxallamizda Abdullo ibn Abbos nomli masjidi va 120-MTT muassasasi mavjud.

MFY raislari: 1-rais maxallada Raxmatjon Akramov, Sh.Muxitdinov, U.Radjabov va boshqalar rivojlanishida o‘z xissalarini qo‘shib kelganlar. Xozirgi kunda 2019-yil may oyidan 10-maxalla raisi etib O.R.Burxonov etib saylandilar. Xozirgi kunga qadar maxallaning obodonchiligi yo‘lida ko‘plab ishlar olib bordilar.