Paxtachi tumani Dabusqal'a MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Nurli zamin ko‘chasi 15 uy
Telefon raqami: 99-115-95-21
Geografik joylashuvi: Tuman markazidan 30 km.gacha uzoqlikda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2382
Ayollar soni: 1188 (49,87%)
Erkaklar soni: 1194 (50,13%)
Xonadon soni: 510
Oila soni: 681
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2378 (99,83%)
tojik0 (0,00%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa0 (0,00%)
 
MFY qisqacha tarixi

Tashkil topgan yili:  1997 yilda tashkil topgan.

Mahalla nomining tavsifi va tarixi: “Dabusqal'a” nomi manbaalarda “Dabusiy” shaklida yozilgan. Dabus—temir qo‘rg‘on ma'nosini bildiradi, shahar mustahkam qurilganligi uchun shu nom bilan atalgan. Dabusiy qal'asi keng hududni qamrab olgan, rabot qariyb 70 gektarni, shahriston esa 22—23 gektarni tashkil etgan. Buyuk ipak yulidagi qadimiy shahar Zarafshon daryosidan 30 metr balandlikda joylashgan. Tabariyning yozishicha, Dabusiyada 10 ming arab sarbozi turgan. Bu raqam VIII asrdagi shahar to‘g‘risidagi tasavvurni ancha kengaytiradi. Arablar istilosiga qadar Dabusiy qal'asi Fay (Pan) saltanatining poytaxti bo‘lgan. Tarixiy manbalardagi ma'lumotlarga ko‘ra Dabusiy VI asrda O‘rta Osiyodagi mustaqil hukumatlardan biri hisoblangan. Miyonkoldagi bu feodal hukumatning poytaxti Dabusiy qal'asi bo‘lgan, hukmdorni dabusshoh deb ataganlar. Dabusiy qal'asi bir necha asrlar davomida viloyat markazi bo‘lib xizmat qilgan. Shaharda oltin, kumush, mis tangalar zarb qilingan. Yillar davomida qal'a vayron bo‘lib, xarobaga aylangan. Qadimda butun olamga mashhur bo‘lgan shahardan yolg‘iz yodgorlik — Imom Bahra ota maqbarasi qolgan. Qurilish jihatidan o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadigan maqbara binosi XVI asrning oxirida bunyod etilgan. Dabusiy shahrida bir necha masjidlar bo‘lgan. O‘tmishda ko‘plab fozil kishilar shu shahardan yetishib chiqib, olamga tanilgan.

Mahalla ziyolilari va faollari: Abu Zayd Ubaydulloh ibn Umar ibn Iso ad Dabusiy 975 yil, Abul Qosim Ali ibn Abu Yala al-Husaniy ad-Dabusiy, Abu Nasr Mansur bin Ja'far ad-Dabusiy, Temirov Muhammadi -1948 yilda tug‘ilgan. Tarix o‘qituvchisi, Norqobilov Bo‘riboy matematika o‘qituvchisi

Chegaradoshligi: Shimoldan Xatirchi tumani, Sharqdan “Nayman”, G‘arbdan “Qaynarbuloq”, Janubdan “Jona” mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

Mahalla ko‘chalarining soni va nomlari: Mahallada 5 ta Karvon, Nurli zamin, Iste'dod, Xalqlar do‘stligi, Ahil ko‘chalari mavjud.

Ijtimoiy soha obe'ktlari: Mahalla hududida 35-sonli umumta'lim maktab, 15- maktabgacha ta'lim tashkiloti, 5 ta savdo do‘koni, 1 ta qabriston joylashgan.

MFY raislari: 1997-2013 yillarda T.Elmurodov, 2013-2016 yillarda N. Sharipov, 2016 yildan buyon Sharipov Alisher Sadriddinovich MFY raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.