Samarqand shahri Qushbaqqoli MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: T.Zexniy 19 uy
Telefon raqami: 66-236-20-39
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 1850
Ayollar soni: 985 (53,24%)
Erkaklar soni: 865 (46,76%)
Xonadon soni: 224
Oila soni: 530
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek856 (46,27%)
tojik987 (53,35%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy2 (0,11%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa5 (0,27%)
 
MFY qisqacha tarixi

«QO‘SHBAQQOLI» MAXALLA  FUKAROLAR  YIGINI                                                (T.Zexniy  kuchasi 19 uy; telefon 236-20-39 )

 

MAHALLANI  TARIXI:

 

«QO‘SHBAQQOLI» MAXALLASI   )  «Sarbon» «Ibn Sino»,  «Shaxriobod» va «Shark tongi»   maxallalari  bilan  chegaradosh. 20-asr  oltmishinchi  yillarida   Shoxi  Zinda  majmuasining  kunchikar  tomonida  joylashgan  «Qo‘shbaqqoli»  maxallasi  utgan  asrning  oltmishinchi  yillaridan  boshlab  mavze  sifatida  shakillana  boshlagan. Salkam  asr  yuzini kurayotgan  tabarruk  otaxon va  momolarning  aytishicha,  ilgari bu yerda  ikkita  bokkollik  dukoni  bulib,  ularning  maxsuloti  Magrib-u  Mashrikkacha  mashxur  bulgan. Obi-Mashad arigining ung tarafi nisbatan kiyalikdan iborat bu maskanning bir tarafi Konigil kishlogi, sharkiy tomoni esa Chuponota tepaligi,ya'ni Galaosiye kishlogi bilan tutashib ketgan. Maxalla  axolisi asosan xunarmanchilik va dexkonchilik bilan shugullanib,turmush kechirishgan. Shu  bois  Xunarmandlar  sharafiga «Qo‘shbaqqoli « deb  atalib  kelingan. Ilgari  shu  xudud  Samarkand  tumani  yerlari  bulgan.  Oltmishinchi  yillardan  maxalla  sifatida  shakllana  boshlagan. Yetmishinchi  yillarda  shaxar  ixtiyoriga  utkazilib, «Parij  kommunasi»  maxallasi  deb  yuritilgan. Maxalla  1960  yilda  tashkil  topgan  va  unga  birinchi  bulib  Rafik  bobo  Azizov  raislik  kilgan.  Shu  davrda   maxalla  uchun  xashar  yuli  bilan  otalar  choyxonasi,  maxallla  idorasi  kurilgan. Rafik  bobodan  keyin  pedagog-ukituvchi  Ibroxim  Barnoyev, 1976 yildan  1999 yilgacha  Sharof  Umarov  maxallaga  bosh  bulib  obodonchilik  ishlarini  yulga  kuydilar.                   1999-2010yilgacha mahallani hurmatga sazovor ,jonkuyar,mexnatsevar fidoiy insonlaridan Sayfiyev Voxidjon 1999-2000y,Jumayev Shodi 2000-2003y, Qurbonov Aminjon 2003-2003y, Aminov Nishatillo 2003-2006y , Kamolov Olim 2006-2010y,Karimova Taklifa 2010-2018y.  Asta-sekin bu gusha shaxardagi  ilgor  maxallalardan  biriga  aylandi.  Kuchalar, xiyobonlar,  xonadonlar  obodonlashtirildi. Shu davrda «Qo‘shbaqqoli» maxallasi ijtimoiy  xayotida  muxim vokea ruy bergan.  Kadirli  birinchi   Prezidentimiz  I.A.Karimov  Samarkand  shaxriga tashrif  buyurgan  vaktlarida,  shu  maxallaning  oksokollari  bilan  xamsuxbat  bulib, maxallani  obod  kilishga yordam  berajaklarini  aytgan  ekanlar,  shu uchrashuvdan  sung  maxalla choyxonasi yonida  Azamat  Ganiyev loyixasiga  kura  olti  oy  ichida  maxalla  va atrofdagi  sakkizta  maxallalar  axli  uchun  yangi  masjid  kad  rosladi. Bugungi  kunda  « Qo‘shbaqqoli»  maxallasida  unlab  millat  vakillaridan  iborat  224 ta  xonadon,  530  oilada  1850  ta  nafar  axoli  istikomat  kiladi asosan  uzbeklar.   Maxalla  xududida  23- maktab, 110- MTM ,20-MTM   joylashgan .         «Qo‘shbaqqoli»  maxallasida    bir  kator  ziyoli  el  xurmatiga  sazovor  bulgan  insonlar  yashab  utgan  va  yashamokda.  Shular  jumlasidan  Amina  Tojiyevna  Mirmuxammedova.  A.M.Mirmuxummedova  butun  umrini  xalkimiz  ma'rifati  yulida  sarflagan,  inson  kadri ,  ayol  shanini  uluglashda  fidokorona  mexnat  kilgan.  Amina  aya  Mirmuxammedova  mexnat  faoliyatini  1943  yil  urta  maktab  ukituvchiligidan  boshlab,  Samarkand  viloyat   partiya  kumitasi  bulim  mudiri, 1956  yildan  1963yilga  kadar  kasaba  uyushmalari  vailoyat  Kengashini  raisi, 1963 yildan  1981 yilgacha  nafakaga  chikkuniga  kadar  viloyat  ijtimoiy  ta'minot  bulimi  mudiri  vazifasida  mexnat  kilgan. A.Mirmuxammedova  kup  yillir  davomida  viloyat  partiya  kumitasi va  byurosi  a'zoligiga  ikki  chakirik  davomida  Uzbekiston  Oliy  Soveti   deputatligiga  saylangan.  Mexnat  faoliyati   davrida  bir  necha  orden  va medallar  bilan  takdirlangan  Uzbekistonda  xizmat  kursatgan  madaniyat  xodimi  bulgan.  Bugungi kunda maxallamizda  filologiya fanlari doktori, Samarkand  Davlat Universitetida xizmat kursatgan professor, Uzbekiston yozuvchilar uyushmasining a'zosi  Xotam Umurov  yashab uz mexnat faoliyatlarini davom etmokdalar . Maxalla  uzining  shunday fidoyi  insonlari bilan xamisha faxrlanadi.