Samarqand shahri Qo‘sh Xovuz MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Namuna ko‘chasi 25-uy
Telefon raqami: 915315005
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 1743
Ayollar soni: 890 (51,06%)
Erkaklar soni: 853 (48,94%)
Xonadon soni: 258
Oila soni: 512
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek749 (42,97%)
tojik982 (56,34%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq1 (0,06%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy3 (0,17%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa8 (0,46%)
 
MFY qisqacha tarixi

Tashkil topgan yili: 2002-yil 28-mayda №310-BK qarori bilan tashkil topgan.

Mahalla nomining tavsifi va tarixi:

            “Qo‘sh-Hovuz” mahalla nomi tarixda shunday tafsiflangan. Qo‘sh-Hovuz degani ikki qavatli hovuz bo‘lib, hovuzning birida suv loyqadan tozalanib ikkinchi hovuzga quyilgan va shundan so‘ngina  ushbu suvni iste’mol qilish mumkin bo‘lgan. Shundan so‘ng mahalla nomi “Qo‘sh-Hovuz” deb aytila boshlagan.

            “Qo‘sh-Hovuz” mahallasining tarixi professorlar Abramov, Samibayev va Kochetovlarning  “Samariya” nomli kitobida keltirilishicha XIV asr, temuriylar davridan avvalroq, ya’ni 1313-yildan boshlanadi. Temuriylar davriga kelib ushbu mahalla o‘z bog‘i, masjidi, choyxonasi va hovuziga ega eng go‘zal mahallalardan biriga aylangan. Registon maydonidagi madrasalar qurilayotgan davrlarda ushbu xuvuzlar yordamida  ichimlik suvi bilan ta’minlangan.

“Qo‘sh-Hovuz”  mahallasi ikkita “Qo‘sh-Hovuz”  va  “Xo‘jajon-Xo‘ja” guzarlaridan iborat bo‘lgan.  “Xo‘jajon-Xo‘ja”  mahallasi XVIII asrda tashkil topgan bo‘lib, bu xududda XVI asrda o‘z makonini topgan Muxammad Porso avlodi, shuningdek tasavvuf ilmi peshvosi, xalq ichida  Xo‘jajon-Xo‘ja  nomi bilan mashxur bo‘lgan olimu-ulamo nomi bilan atalgan.

Xo‘jajon-Xo‘ja qabrlari, masjid va minoralari zamon o‘tishi bilan va bu inshootlardan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida vayron bo‘lib ketgan. Masjid binosi saqlanib qolgan, lekin ta’mirtalab bo‘lib qolgan. Samarqand viloyat tarixiy obidalarni muhofaza qilish tashkilotining raxbariyati 2018-yildan beri arxeologik ishlarini boshlab, qabr va minora joylarini aniqlab berishga va’da berishgan. Masjid atrofida uchta ulug‘ yoshli chinor bo‘lib, biri 800 yoshda va qolgan ikkitasi 500 yoshda ekanligini ekologiya mutaxassislari aniqlashganlar. 2002-yil 28-maydagi №310-BK qarorga asosan “Qo‘sh-Hovuz”  va  “Xo‘jajon-Xo‘ja” guzarlari  birlashib, “Qo‘sh-Hovuz”  mahallasi deb nomlangan. Xozirda “Qo‘sh-Hovuz” masjid xovlisida qadim hovuzdan nishona sifatida ajoyib ko‘rinishga ega zinapoyali hovuz mavjud. Samarqand shahar  “Qo‘sh-Hovuz” jome masjidi taxminan 1901-yillarda Axmadjon Xoji boboning homiyligi ostida qayta qurilgan. Bu mahallada 1935-yilgacha xammomlar, ikkita maktab, madrasa, 23-xujrali Orifjon boy saroyi va boshqa bir nechta tarixiy obidalar bo‘lgan. Bu inshootlarning xammasi vaqt o‘tishi bilan obektiv va subektiv sabablarga ko‘ra buzilib ketgan. Lekin mahalla markazi , choyxona, hovuz va Qo‘sh-Hovuz  jome masjidi saqlanib qolingan. 2002-2003 yillarda qaytadan tamirlangan.

            Bu mahallada olim, tarjimon Mirzo Qo‘qonboy, shoir Navoiyshunos olim Said Axmad Vasli, naqqosh  Maxmud, me’mor Abduqodir Boqiyev, shoir Fikriy, xalq baxshisi S.Usmonova, akademik I.Zokirov, professorlar  B.Rustamov, M.Rustamovlar va boshqa 40 ga yaqin tibbiyot sohasida mehnat qilib ilmiy ishlar olib borgan olim va olimalar yashab o‘tgan.

Mahalla ziyolilari va faollari: Olim, tarjimon Mirzo Qo‘qonboy, shoir Navoiyshunos olim Said Axmad Vasli, naqqosh  Maxmud, me’mor Abduqodir Boqiyev, shoir Fikriy, xalq baxshisi S.Usmonova, akademiklar  I.Zokirov,M. Gulomov  professorlar  B.Rustamov, M.Rustamovlar,shuningdek  O‘zbekiston va Tojikistonda matematika fani ravnaqiga ulkan xissa qo‘shgan Narzullayevlar oilasi va sportchilardan ikki matotaba O‘zbekiston chempioni bo‘lgan Jaxongir Asatullayevlar istiqomat qilganlar.

Chegardoshligi: “Dahbediy”, “So‘fi Roziq”, “Ko‘kmasjid” va “Xo‘ja Zudmurod” mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

Mahalla ko‘chalarining soni va nomlari: Mahallada 4 ta, Qo‘sh-Hovuz, Na’muna, Abdurasulova va Rahmatullayeva ko‘chalari mavjud.

Ijtimoiy soha obyektlari: Mahalla hududida 24-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi va Qo‘sh-Hovuz  Jome masjidi, 1 ta oziq-ovqat do‘koni mavjud.

MFY raislari: 1990-yil Muxtorov Said Axror, 1993-yil  Voxidov Maxmud, 1999-yil Abduraupov Fayzullo, 1999-yil Abduqaxxarov Ilxom, 2000-yil  Sodiqov Samariddin, 2002-yil  Xamidov Xakim, 2003-yil  Xakimov Abdurasul, 2005-yil  Xamroyev Sobirjon, 2010-yil  Ismatova Bahora Teshayevna, 2013-yil Tashiyev Baxtiyor  Po‘latovich, 2016-yil Oripov O‘tkir Mavlonovich, 2019-2022 yillarda Lutfulloyev Murodillo, 2022-yildan may oyidan boshlab Abdinova Gulnora Ikromovna “Qo‘sh-Hovuz” MFY raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.