Samarqand shahri Qir MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Bogimaydon ko‘chasi
Telefon raqami: 97-927-87-67
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 3486
Ayollar soni: 1890 (54,22%)
Erkaklar soni: 1596 (45,78%)
Xonadon soni: 523
Oila soni: 998
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1918 (55,02%)
tojik1562 (44,81%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz1 (0,03%)
turkman0 (0,00%)
tatar1 (0,03%)
koreys0 (0,00%)
eroniy1 (0,03%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa3 (0,09%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shahar “QIR” mahallasi

TARIXI

 

“QIR” mahallasi (Bog‘imaydon ko‘chasi, telefon raqami (99866) 239-36-61. “Chilstun” va “Rasadxona” mahallalari , shuningdek “Bog‘ibaland” va “Xo‘ja Doniyor” mahallalari bilan chegaradosh.

“QIR” mahallasi  Toshloq yerlar, qir adirlar o‘rtasida joylashganligi sababli, mahallamiz nomi “QIR” deb atalgan.

Hozirgi mahallamiz binosi joylashgan joylarga mahallamizda masjid bo‘lgan sho‘rolar davrida masjit buzib tashlangan bo‘lib, 1940 yil hasha yo‘li bilan mahalla choyxonasi qurilgan.

1947 yildan “QIR” mahalla nomi berilib Ismatov Jo‘raqul mahallaga ko‘p yillar davomida raislik (oqsoqollik) qilgan. Keyinchalik mahallamizda To‘raqulov Abduhamid, Maxmudov Naim, Obloyev Karimjon, Xurramov Abdunabi, Maxmudov Voris, Shukrullayev Lutfillo, Fayziyev Narzillo, To‘xtayeva Hulkar, Nosirov Komiljonlar ko‘p yillar davomida raislik qilib kelgan.

Hozirgi vaqtda 2022 yildan boshlab mahallamizda Boltayev Mamatqul Raxmonovich mahalla raisi etib saylangan.

2012 yil aprel oyidan Samarqand Viloyat Hokimining Qarori bilan Samarqand tumanidan shahar o‘tganimiz sababli, “Toshloq” mahallasi “QIR” mahallasiga qo‘shilgan, mahallamiz 4 ta ko‘chadan iborat bo‘lib, Bog‘imaydon, Toshloq, Afrosiyob va O‘zbektrakt nomi bilan ataladi. Mahallamizada turli millat vakillari, asosan o‘zbek, tojik, qoziq va tatar millatlari yashaydi.

Mahallamiz o‘rtasidan butun olamda mashhur “Obi-Rahmat” arig‘i o‘tadi. Ushbu ariq Islom olamida buyuk maqomga ega bo‘lgan imom ABU MANSUR MOTRUDIY NOMI BILAN BOg‘LIKDIR.

Mahallamizda 3486 nafar fuqaro yashaydi, 523 xonadon va 998 oiladan tashkil topgan. “QIR” mahallamizda ko‘p taniqli  ziyoli fuqarolarimiz misol uchun 2-chi jahon urush qatnashchilari Bobokalonov Abdusamad, Maxmudov Naim, Voxidov Vose, To‘rayev Tursun, Nabiyev Qayum, Nasriyev Hasan, Toxirov Zohid, Hamidov Mahmud, Abdullayev Sharif, Shamsiddinov Rahmat, Boqiyev Hamid, To‘xtayev Mo‘min, Rizayev Fayzulloh, Qodirov To‘raqul, Ziyoev Tosh, Mo‘minov Ahmad, Vohidov Amin, Vohidov Ahad, Salomov To‘ychi, Ismoilov Ismatillo, Otabekov Rabbim, Melikov Ibrohimlar yashab o‘tganlar.

Mahallamizdan taniqli adib Bolta Ortiqzoda yashab o‘tganlar. U kishining ko‘plab kitoblari tojik va o‘zbek tillarida nashr etilgan. Mahallamizda taniqli shifokor Tursunov Mahmudjon yashab o‘tganlar. U kishi Tunis mamlakatida sog‘liqni saqlash vazirligida bosh epidemiolog shahardagi yuqumli kasalliklar shafoxonasida bosh vrach bo‘lib ishlaganlar. Mahallamizning yana bir taniqli olimlaridan munaqqid, adabiyotshunos TO‘RAQUL ZEHNI  yashab o‘tganlar. U kishining kitoblari o‘zbek va tojik tillarida nashr etilgan. Mahallamizning yana bir ko‘zga ko‘ringan olimlaridan HOTAMOV UBAYDULLO hisoblanadilar, u kishi iqtisod fanlari nomzodi, dotsent vazifasida SamDUda faoliyat yuritganlar.

Mahallamizda iqtisod fanlari nomzodi, dotsent ORIPOV JAMOL, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent SATTOROV FOTEH HALIMOVICH, arxitektura va qurilish bo‘yicha fan nomzodi KARJAVOV ZAYNIDDIN, OAO “STEKLOPLASTIK” korxonasining bosh direktori SAIDMURODOV UKTAM, Samarqand Viloyat Mudofaa Ishlari bo‘yicha mas'ul xodim SHUKRILLOYEV HAMROQUL LUTFILLOYEVICH va taniqli quruvchilar SHUKUROV MUHSINJON HUSENOVICH va HAYDAROV ZOHID HAYDAROVICH lar mamlakatimsiz ravnaqiga o‘z hissalarini qo‘shib kelmoqdalar.

Mahallamizning iqtidorli yoshlaridan ikki kishi fan doktori unvoniga ega. Ulardan biri SATTAROVA MAVLUDA huquqshunoslik fanlari doktori, professor SATTAROV FARIDUN falsafa fanlari doktoridir.

Mahallamizda ko‘p yillar yurtimizga turli sohalarga samarali xizmat qilib hozirgi vaqtda qarilik gashtini suryotgan mehnat faxriylarimizdan hojibobo SHUKUROV MO‘MINJON XUSENOVICH, HAYDAROV TO‘XTAMUROD, ISROILOVA MAYSARA, ZIYAYEVA ZIROAT, SOBIROVA JURKAT, FAYZIYEVA MUHABBAT, MIRZOYEVA XAYRINISO, RAHMONOVA MASTURA, HAMDAMOV AKRAM, XURRAMOV ABDUNABI, VAFOYEV MIRSAFO, FAYZIYEV NARZILLO, SHUKRILLAYEV LUTFILLO. SAIDMURODOV ERKIN, AMINOVA MUZAFFAR. TO‘RAQULOVA MATLAB, TURSUN NASIM, VAFOYEVA SANOAT va SAIDMURODOV UKTAMlar yashab kelmoqdalar.

Mahallamizda yakka tartibdagi va oilaviy tadbirkorlar judayam ko‘pchilikni tashkil etadi, ular turli sohalarda ishlab kelmoqdalar. Shuningdek mahallamizda nonvoychilik, usto-duradgor va kachanachilik bilan ko‘plab fuqarolarimiz shug‘ullanib kelmoqdalar.

Mahallamizda “Ustoz va shogird” an'anasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, hoh u usto daradgor, hoh u tikuvchi bo‘lsin o‘z ishni ustasimi, yonida 3-4 shogird olib o‘zining hunarini yoshlarga o‘rgatadi.

Mahallamizdan mehnat faxriylaridan hozirgi vaqtda nafaqada chiqib bekor o‘tirmasdan TESHAYEVA HUSNIYA boshchiligida bir qator ayollarimiz tikuvchilik sexi ochib yangi avlod uchun beshikka kerakli anjomlar, ko‘rpa va ko‘rpachalar tikish bilan mashg‘ul bo‘lib kelmoqdalar.

“TOSHLOQ” guzarimiz yuqorida aytganimezdek oldin alohida mahalla bo‘lib, NEGMATOV SANGIN ko‘p yillar raislik (oqsoqollik) Ergashev Rabbim, Sharipov Mustafoqul Mamatqulovich va Nabiyev Faxriddin Valiyevichlar raisilik (oqsoqollik) qilgan.

“TOSHLOQ” guzarimiz hududida 55-hozirgi 70-umumta'lim o‘rta maktabi 1970 yil Negmatov Sangin va bir qator mahalla faollari tashabbusida hashar yo‘li bilan qurilgan, o‘shanda maktab 2-sinf xonasidan iborat bo‘lgan, keyinchalik yana kengaytirilgan.

Joriy 2017 yilning iyun oyida maktab binosi buzilib, 4-oy mobaynida o‘rnida 2 qavatli yangi maktab barpo etildi.

“TOSHLOQ” guzarimizning asosiy aholisi oldin dehqonchilik bilan shug‘ullangan, yana ko‘p ziyoli Oliy ma'lumotli fuqarolar yashab o‘tgan, ular qatorida fizika-matematika fanlari nomzodi Ergashev Rabbim SamDU fizika fakultetida dotsent vazifasida ishlaganlar, “TOSHLOQ” mahallasida raisilik (oqsoqollik) ham qilgan.

Hozirgi vaqtda “Toshloq” guzarimizda  Ro‘zimurodov Tolib, Achilov Asho‘r, Raxmonov Husen, Achilov Ne'matillo va boshqalar mahallamiz nuroniylari turli sohalarda faoliyat ko‘rsatib hozirgi vaqtda qarilik gashtini surayaptilar.

Yoshlarimiz o‘rtasida sportni turli sohalarida qatnashib sovrinli o‘rinlarni egallab kelgan yoshlarimizdan Hamidov Sanjar Suhrobovich, toyboksdan 3-o‘rin Obloqulov Kamoliddin Komilovich, tayboks bo‘yicha 1-o‘rin, Latipov Feruzjon Baxtiyorovich muay-tay bo‘yicha 2-o‘rin va Latipov Savlatjon Baxrilloyevich shashka va shaxmat bo‘yicha faxriy yoriqlar bilan taqdirlanganlar.

Yana yosh Shopo‘lotova Sevara Asliddinovna, Shopo‘latova Dilnura Asliddinovna va Muzaffarova Bahrona Jahongir qizi sportni gimnastika bo‘yicha ko‘plab sovrinli o‘rinlarni olganlar.

“TOSHLOQ” guzarimizda xalq ta'limi a'lochisi, Oliy toifali pedagog, hozirgi vaqtda mahallamizning “NURONIYLAR” jamoat kengashining raisi Achilov Hazratqul Hamroqulovich ko‘p yillar davomida boshlang‘ich sinflarga dars bergan, Sharapov Gulsara, Ziyaeva Ziroat, Quddusova Musavvarlar mehnat faxriylarimiz xalqimizning farzandlari ta'lim-tarbiya berib kelganlar.

“TOSHLOQ” guzarimizning yana bir taniqli fuqarosi Turdiyev Mamat Muqumovich turli lavozimlarga ishlagan, hozirgi vaqtda Xalq qabulxonasida ishlayapti.

2016 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mustaqilligining 25-yilligi bayrami munosabati bilan faol tadbirlarga “KO‘KRAK” nishoni bilan taqdirlash qarorini bajarilish Achilov Tohir Hazratqulovich “KO‘KRAK” nishoni bilan taqdirlandik. Shuningdek Turdiyev Murod, Nosirov malik, Achilov Rustam, Nurillayev Erkin, Ziyaev Hojiqurbon, Abdullayev Axtam, Tohirov Suhrob, Davronov Shuhrat va Achilo Nodirlar turli sohalarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanib kelmoqdalar.

Mahallamizdagi “O‘zbektrakt” ko‘chasida turli millat fuqarolari yashaydilar. U yerlar toshloq joylar “Cho‘pon-ota” go‘shasida joylashgan bo‘lib, 1946 yilda “Zagoskot” Muxbilov tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, bir necha yillar davomida faoliyat ko‘rsatgan. 1956 yil “Samarqand bo‘rdoqichilik” korxonasiga aylantirilgan bo‘lib, Mamatqulov Mustafo rahbarlik qilgan. 1974 yil shu korxona Azizov Xafiz rahbar bo‘lib faoliyat yurgizgan. Bosh hisobchi Karjavov Nizom, Isayev Muzaffar, To‘xtayeva Hulkar, Hamroqulova Faridalar o‘z ish faoliyatlarini 2007 yilgacha davom ettirilgan. Shundan keyin bu korxona o‘rniga qo‘shma korxonalar tashkil etib ziyod fuqarolar ish bilan band bo‘lganlar.

Samarqand shahar bo‘rdoqichilik korxonasiga mahallamizda yashovchi fuqaro To‘xtayeva Hulkar Murtazayevna 1974 yildan o‘z ish faoliyatini shu korxonaga oddiy ishchi vazifasidan boshlab, bosh hisobchi vazifasiga 2007 yilgacha faoliyat ko‘rsatib, shu ishlagan davrida bir necha marotaba faxriy yorliq va mustaqilligimizning 15-yilligi munosabati bilan “Mehnat” medali bilan taqdirlangan. Shu bilan birgalikda 2006 yildan To‘xtayev Hulkar Murtazayevna mahallamizda diniy-ma'rifiy va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi vazifasida, 2014 yildan mahalla raisi (oqsoqolli) vazifasiga ishlab kelmoqda.

2016 yil Prezidentimizningn qarori bilan O‘zbekistonimizning 25-yillik Mustaqilligi bilan To‘xtayeva Hulkar Murtazayeva “Mehnat” medali bilan va yana ikki nafar fuqarolarimiz Toxirov Voxidjon Zoxidovich va saidmurodov O‘ktamlar “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlanganlar. Bular mahallamiz faxri hisoblanadilar.

“O‘zbektrakt” ko‘chamizda ziyoli insonlardan Isayev Muzaffar va Karjavov Zayniddinlarning oilasi turli sohalar o‘z ishining Oliy ma'lumotli oilalarimizdan hisoblanadilar.

Mahallamiz hududida bir necha qo‘shma korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan biri dongi butun dunyoga taralgan “SamAntep Gilam” qo‘shma korxonasi, shuningdek "Bionur" MedServis diagnostika markazi, MCHJ “Samarqand-Tola” qo‘shma korxonasi, “Cho‘pon-ota”, parranda va “Parradalarga omo‘xta yem tayyorlash” korxonalari, shuningdek bir qator kichik korxonalar va Avtomobillar uchun “Ehtiyot qismlar” bozori faoliyat ko‘rsatmoqda.