Samarqand shahri Kulollar MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Iskandarova ko‘chasi 30 uy
Telefon raqami: 991155718
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2028
Ayollar soni: 927 (45,71%)
Erkaklar soni: 1101 (54,29%)
Xonadon soni: 336
Oila soni: 606
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1680 (82,84%)
tojik345 (17,01%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy1 (0,05%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain1 (0,05%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa1 (0,05%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shahar “Kulollar” MFYning tarixi

      

         “Luchchakon” mahalla fuqarolar yig‘ini  mazkur nom bilan 1964 yildan buyon atalib kelinadi. Samarqand shahridagi Iskandarova ko‘chasi 30- uyda joylashgan. 2016 yilga qadar Luchchakon  nomi bilan atalib kelingan.  Luchchakon nomi mahalla hududida  tuksiz o‘rik daraxtlari ko‘pligi sababli tojik tilida zordolui luchchak deb atashgan va  shu nom bilan mahalla nomi “Luchchakon “ bo‘lib ketgan. Hozirgi kunda mahallada 2028 nafar axoli istiqomat qiladi.

        Mahalla nomining kelib chiqish tarixi qo‘yidagicha: Siyob  tumaniga  qarashli  “Kulollar”  nomli  maxalla  o‘zining  tarixiy taraqqiyotiga  ega. Bu  xududda ilgari  “Kulollar” yashab  kulolchilik bilan shug‘ullanishgan. Bunday  deb  nomlanishiga  asosiy  sabab,  maxalla  xunarmandlari  katta-katta  kulolchilik  bilan shug‘ullanib nixoyatda  sifatli  kulol idishlari yasab  axolini taminlaganlar. Ayniqsa, Saloh bobo, kabi xunarmand kulolchilar  o‘z xunarlari  bilan  dong  taratib,  maxallaning,  “Kulollar”-deb  nom olishiga  o‘z  xissalarini  qo‘shishgan. kulol  Kayumbobo oilasi,  va  shu  kabi xunarmandlar  faoliyat  ko‘rsatganlarki,  ular  tomonidan  tayyorlangan maxsulotlar  to  xozirga  qadar  ayrim  oilalarda  saqlanib kelmoqda.

          2017 yilgacha “Puli Mirzo”,”Asho‘rmamat”, “Degchabiryon”, Luchchakon  mahallalari alohida guzar bo‘lgan va 2017yilda ushbu mahallalar birlashib “Kulollar” nomi bilan atalmoqda.   Hozirgi kunda mahallamizda istiqomat qiluvchi mashhur shaxslardan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan shoir Akbar Firo‘zi , Tibbiyot fanlari doktori Ko‘z kasalligi shifokori  Yusupov Sur'atbek, fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi X.Shodizoda, Muxtorova Muzayam Rasulovna 1968-1972-yillarda Aspirant Moskva shahridagi G.V.Plexanov nomidagi  mahsulot ishlab chiqarish   Institutida aspirant bo‘lgan.1972-1996 yil  V,V,Kuybishev nomidagi Institutida  ishlab kelgan..

 Mahallani turli yillarda quyidagilar boshqarishgan: Akilov Olimjon 1985-2021yillar va  02-04- 2021-yildan boshlab Nabiyev O‘ktam Habibovich  mahallani boshqarib kelmoqda.