Samarqand shahri Ko‘kmaschid MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Koradaryo ko‘chasi 2 uy
Telefon raqami: 66-235-25-80
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 1586
Ayollar soni: 750 (47,29%)
Erkaklar soni: 836 (52,71%)
Xonadon soni: 336
Oila soni: 500
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek908 (57,25%)
tojik672 (42,37%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys1 (0,06%)
eroniy1 (0,06%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa4 (0,25%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shaxar “Kuk masjid” maxalla fuqarolar yig‘ini

 

              MFY nomi :  “Kuk masjid” maxalla fuqarolar yig‘ini

              Axolisi : 1586 nafar

             Milliy tarkibi : Maxallamiz ko‘p millatli bo‘lganligi sababli o‘zbek,tojik,rus,tatar,koreys va boshqa millatlardan iborat.

            Tashkil topgan yil : 2003 yil 31 yanvarda tashkil topgan.

             Maxalla nomining tavsifi va tarixi : “Kuk masjid” nomi masjid nomiga kuyilgan ( Masjidi-Kavut- Golubaya mechet) Samarkad shaxrining shimoliy garbida barpo bulib, 19-20 asrlarda Novadon maxallasi deb atalgan.

Axolisi asosan uzbeklar va tojiklardan iborat bulib, zargarlik, sanduksozlik, Telpakduzlik,tanursozlik va savdo sotik bilan shugullangan.Maxallada Zargaron guzari bulgan, guzarda zargarlar uchun zargarlik rastalari bulgan. Shuro davrida bu kuchalarning nomi Serebryannie ryadi deb nomlangan, xozirgi vaktda maxallada Zargaron kuchasi bor.

          Maxalla ziyolilari va faollari : Uzbekiston Xalk artisti, atokli xalk xofizi va sozandasi, bastakor Xoji Abdulaziz Abdurasulov, shoir va publitsist Abdulkayumi Kurbiy, mexnat faxriysi Axrorkul Maxmudjonov, mexnat faxriysi Axrorov Baxron,mexnat faxriysi Svetlana Xudoykulova, mexnat faxriysi Egamov Rasullar yashab o‘tgan.

            Chegaradoshligi : “Sufi rozik”,”Kush xovuz”,”Daxbedi”  maxalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

            Maxalla ko‘chalarining soni va nomlari : maxallada 9 ta Koradaryo,Abdurasulov,Maxmudjonov, A.Kurbiy, Bogimaydon, Zargaron, Registon,Daxbed, Payarik ko‘chalari mavjud.

            Maxalla xududida 2 – IDUM, Samarkand shaxar Xalk talimi bulimi, Samarkand shaxar Byudjetdan Tashkari Pensiya Jamgarmasi, Samarkand Viloyat Xalk kabulxonasi, Uzbekiston Musulmonlari Samarkand viloyat vakilligi, mexmonxonalar va savdo dukonlari bor.

           MFY raislari : marxum B.Axrorov, marxum G.Axrorov, marxum R.Egamov, Abzalov Rabbim, SalixovDavron, Adilov Ibroxim. 2013 – 2016 yilgacha Akobirov Ixtiyor, 2017- 2020 yilgacha Xalilov Mirsobir,  2020 yildan bo‘yon Xamrakulov Tolib  maxalla raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.