Samarqand shahri Ibroxim Xo‘ja MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Suzangaron ko‘chasi 105-uy
Telefon raqami: 66-235-13-44
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2538
Ayollar soni: 1245 (49,05%)
Erkaklar soni: 1293 (50,95%)
Xonadon soni: 438
Oila soni: 734
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1304 (51,38%)
tojik1231 (48,50%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa3 (0,12%)
 
MFY qisqacha tarixi
“IBROXIM XUJA” mahalla fuqarolar yig‘inining T A R I X I

 

Manzil: Samarkand shaxar

 Suzangaron ko‘chasi 105  uy. Telefon raqam:  (+99866  235-13-44 )

  Samarkand shaxridagi “REGISTON” maydonining janobiy qismida bir nechta qadimiy guzarlar joylashgan bo‘lib, 2003 yil 1 fevraldan boshlab tumandagi “Ibroxim Xuja”, “Toshkandi 1”  va “Osim Ismatii” maxallalari birlashtirilib – 30 markaz  “Ibroxim Xuja” maxallasi tashqil etildi. Ushbu qadimiy maxalla “Ibroxim Xuja” maxalla markazida joylashgani sababli “Ibroxim Xo‘ja” maxallasi deb nomlandi. Ushbu  maxallamiz qadimiy ko‘hna “Eski Kalandarxona”, “Qozi Abdurasul”, “Urguti 1”, “Xalfa Lalibek”, “Yominiy” va “Suzangaron”  guzarlar orasida joylashgan. Maxallamizda asosan tub joy aholi bilan birgalikda boshqa joylardan ko‘chib kelgan  baynalminal milatlar  tatar, ruslar, karislar,azarbayjonlar,va boshqa fuqarolar yashayapti.        “Ibroxim Xuja” maxallasi qadimiy guzarlardan bo‘lib 15-16 asrlarda tashkil topgan, guzarining nomi Xazrati Xo‘ja Axrori vali tog‘alarini nomi bilan ataladi. Xazrati Ibroxim Xo‘ja Samarkanddagi “Egu Temur” madrasasida ta'lim olib usha zamonning mashxur allomalardan bo‘lib etiborli shahslardan biri bo‘lgan. Xazrati Ibroxim Xuja qo‘p savobli ishlar qilganlar, jumladan uzlari yashagan maxallada katta masjid kurdirganlar, bu masjit Ibroxim Xuja masjidi deb atalgan. U masjid maxallaning Suzangaron kuchasida joylashgan bo‘lib xozirgi maxalla markazi qarshisida bo‘lgan. U masjit Sovet tuzimi davrigacha saqlanib kelingan va 1930 yillarda ayrim raxbarlarning buyrug‘iga asosan buzilib ketgan va bu joyga kerasin sotayotgan do‘kon kurdirib bu joyning nomini “kerasinka” deb nomlangan. Xazrati Ibroxim Xo‘ja jiyanlari Xazrati Xo‘ja Axrori valini Samarkandagi ilmiy muhitdan baxraman qilish maqsadida Toshkentdan olib kelganlar.   Bu Xoja Axrori valining Samarkandga birinchi kelishi bo‘lib bu yerda mavlono “Qutbiddin Sadr” madrasasida o‘qiy boshlaydi, ammo og‘ir xasta bo‘lib  Xazrati Xo‘ja Axrori vali tahsilni chala qoldirib Toshkentga qaytishga majbur bo‘lganlar. Xazrati Ibroxim Xuja maxallaga qarashli Ustaboyeva kuchasaidagi 15 va 16 uylar yonida istiqomat kilganlar, ularni avlodlari shu maxallada Sovet davrida ham yashaganlar. Xazrati Ibroxim Xuja vafotidan keyin xam ushbu guzar u kishini nomida bo‘lib xozirgacha xam usha nomi bilan ataladi.   Maxallada  yashab,  unga  vijdonan  xizmat  kilgan  maxalla  oksokollarini  eslasak,  ulardan  Sherboyev Isrofil bobo “Ibroxim Xuja”  maxalla  tuzilishiga  katta  xissa  kushgan  kamina  1985 yilda  xashar  yuli  bilan  bosh-kosh  bulib  maxalla binosini  kurilgan  energiya,  gaz,  suv  taminoti  kurishida  katta  xissa  kushilgan.    “Ibroxim Xuja” maxallasidagi ikkinchi guzari “Osim Ismati” eski nomi “Orifboyjon” bo‘lib  Samarqandning eng qadimiy guzarlardan biri bo‘lgan. Samarkand shaxrining Registon atrofi maydonida ta'rihiy mamba'larga qaraganda Temuriylar davridan keyin 17 asrda 24 guzar tashkil topgan. Bu guzarlarni Amirshox Murod hukumronlik qilgan davrda tashkil etgan. Amirshox Murod o‘ziga tobe xududlardan axolini kuchirib kelib guzarlar tashkil etib Samarkand shaxrini tiklagan. Bu guzarlar orasida “Orifjonboy”, “Toshkandi 1” va “Ibroxim Xuja” guzarlar xam bo‘lgan. “Ibroxim Xuja” maxallasi xududida ikkita qadimiy “Mug‘ambir” va “Abulqosim Toshkandi” masjidlar qolgan bo‘lib ular davlatimiz nazoratida  turibdi. Bizning maxalladan  jamiyatimizni rivojlantirishiga ravnaqiga katta ulush qo‘shgan mashxur insonlar o‘tgan, ayrimlari xozirgacha bor, ular SamGU professori S.A.Muxamadiyev, dotsentlar A.Shaxidiy, F. Bokoyevlar, shaxrimizda  xizmat ko‘rsatgan  o‘qituvchilar, M.Yunusov, R.Raximov, Sh.Ismatov, T.Ismatov, M.Shaxidova, M.Muxamadiyevalar va boshqa soxalarda xizmat ko‘rsatgan  faxriylarimiz yashab kelmoqda. Maxallamizda xozirgi vaqtda 2781 fuqaro yashaydi ulardan 1362- erkakla, ayollar- 1419, yoshlar- 744 ta, pensionerlar 425 ta,. Maxallamizdan chet elga ishlashga ketgan fuqarolar 350 ta, Maxallamizda umumiy xonadonlar soni 438 tani tashkil etib ulardan 630 oilalar yashaydi. Maxallamiz qoshida 8 ta komissiyalar mavjud bo‘lib komissiya a'zolari birgalikda ish olib borilayapti. profilaktika sektorlar a'zolari bilan xamkorlikda ish olib borilayapti. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining

2021 yil 28 apreldagi 250 -sonli Qaror ijrosi yuzasidan “Ayollar daftari”ga  kiritilgan xotin-qizlarni ijtimoiy ahvoli va turmush 

sharoiti og‘ir, ishsiz va ijtimoiy faol bo‘lmagan xotin-qizlarni har tamonlama ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ximoya qilish, ulara davlat tomonidan manzilli tarzda ko‘maklashish tizimi yuzasidan MFYdagi “Ayollar daftari”ga 27-nafar ijtimoiy ximoyaga muxtoj ayollar  kiritiladigan.

Maxalladagi “Temir Daftari”ga 16 nafar oilalar kiritilib

ularga xar tamonlama manzilli kumak berib, 2-sektor tomonidan asbob uskunalar berildi.  “Yoshlar daftari”ga kiritilgan  fuqarolarga  xar tamonlama manzilli kumak berib, 2-sektor tomonidan asbob uskunalar berildi. 101 ta yosh oilalar va 48 ta namunali oilalar yashaydi.

Maxallamiz xududini obodonlashtirish ishlarini olib borildi, kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam kursatildi, maktablar, IIB va tibbiy xodimlari xamkorlikida maxallamizda 20 dan ortiq  Madaniy-ma'rifiy va tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazildi.  Maxalla faollari bilan xamkorlikida 5 ta oila yarashtirildi. O‘quv ta'lim muassasasalarida qatnamayotgan 3 ta talaba va o‘quvchilarni ta'lim olayotgan joylarga qaytarildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 07 mart kunidagi PQ-4231 sonli  “Xududlarga axolini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar” tug‘risidagi qarori uchun o‘tkazilgan so‘rovnoma yuzasidan “Ibroxim Xuja” MFYda 32 nafar fuqarolarga kredit ajratildi. Samarkand shahar

 

“IBROXIM XUJA” MFY  2022 yil