Samarqand shahri Jo‘yichuqur MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Jo‘yichuqur
Telefon raqami: 991155745
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2099
Ayollar soni: 1005 (47,88%)
Erkaklar soni: 1094 (52,12%)
Xonadon soni: 245
Oila soni: 535
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1372 (65,36%)
tojik723 (34,44%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain1 (0,05%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa3 (0,14%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shahar “Jo‘yichuqur”  mahalla fuqarolar yig‘inining TARIXI

Samarkand shaxar “Jo‘yichuqur” maxalla fuqarolar yig‘ini  1994 yilda tashkil  topgan.  Xududdan “Obi Raxmat”  kanali  oqib  o‘tgan bo‘lib,  katta chuqur arikka klib kushilgan   shu katta arikka asoslanib,   “Jo‘yichuqur” maxalla fuqarolar yig‘ini nom berilgan.

   Maxallada 5 ta katta ko‘chalar “Afrosiyob”, “Jo‘yichuqur”, “Ibn Sino”, “Xo‘ja Isxoki Vali”, “Jo‘yichuqur  berk”  kuchalari  mavjud bo‘lib,  “Jo‘yichuqur” maxallasi deb nomlanadi.

Maxallada  2099 ta axoli soni bo‘lib 3 ta millat o‘zbek,tojik, tatar millatiga   mansub bo‘lgan axoli istiqomat qilib kelmoqda.bu millatlar bir biri bilan axil inoq bo‘lib yashab kelishmoqda.”Jo‘yichuqur” maxallasi xududidagi katta   “Ibn Sino” kuchasida 4-ta  5-kavatli uylar qurilib axolining foydalanishiga topshirilish  uchun shay xolatga keltirilgan.

Jo‘yichuqur maxallasi “Bog‘ibaland” va “Bogimaydon” maxallalari bilan chegaradosh bo‘lib bir biri bilan axil inoqlikda  yashab kelishmoqda.

Maxalla axolisi  tikuvchilik,parandachilik,shirinlik ishlab chiqarish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Maxalla xudidida “Xo‘ja Isoqi Vali”jomye  masjidi  ziyoratgox joylashgan bo‘lib, bu masjidda 9 nafar xodimlar ish faoliyatini yuritib keladi, ulardan 3 nafar imom xotib, 1 nafar xisobchi, 1 nafar mutavalli,2 nafar muazzin, 2 nafar qorovullardan iborat.

Masjidga juma namozi vaqtida yaqin atrofdagi  maxallardan boshka shaxar, viloyatlardan  minglab   fuqarolar kelib ibodatlar kilib,  Vatanimiz Yangi O‘zbekistonimizning gullab-yashnashi,ravnak topib,xalkimizning tinch obodligi yo‘lida duo kilib kelmokdalar.                                                                                          Maxallada mexnat faxriylari, ulug‘ Vatan urushi katnashchilari , ko‘p yillar davomida o‘qituvchi bo‘lib ishlab xozirgi vaqtda  qarilik gashtini surib yashayotgan nuroniy otaxon-onaxonlarimiz yoshlarni kelajakda fidoyi va faollar qatorida Vatanparvar, elparvar, shuningdek oilaparvar insonlar bo‘lib yetishlari uchun, tez- tez davra suxbatlari utkazilib  keladilar.

 

 

2022 yil  “Inson qadrini ulug‘lash va  faol maxalla yili” deb nomlandi. 2022 yil boshidan  Prezident qarori bilan xokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi lavozimi xamda  joriy yilning 1-mart Prezidentimizning 81-PF sonli farmoniga asosan xotin-kizlar faoli ta'sis etildi.

“Jo‘yichuqur” MFYda xozirgi vaktda MFY raisi Sh.Taxirov, xokim yordamchisi  S.Samadov,  xotin-qizlar faoli   M.Muxammadiyeva, yoshlar yetakchisi  S.Dustmuxamedova, IIB profilaktika inspektori K.Turayevlar  faoliyat olib bormoqdalar.  MFY da jinoyatchilik xukukbuzarliklarni oldini olish maqsadida xaftaning payshanba kuni “Profilaktika kuni” deb belgilangan.  Xududda 3-OP axolining  xizmatida bo‘lib, tibbiy kurikdan o‘tkazib kelmoqda. Shu jumladan og‘ir ijtimoiy sharoitda yashaydigan oilalar a'zolarini bepul dori-darmonlar bilan ta'minlanib kelinmoqda.

 Xotin-qizlar bandlinigi ta'minlash maksadida  maxallada faoliyat yuritayotgan tadbirkor Fattoyeva Sarvinoz tikuvchilik bilan shug‘ullanib kelmokda. 10-nafar xotin-kizlarni ish bilan ta'minlab, o‘zini-o‘zi band etibshlab chikish bilan tadbirkorlik faoliyatini    16 mln. sum imtiyozli kredit olib, 2-nafar kishini ish bilan band etgan xolda faoliyatini davom ettirmokda.