Samarqand shahri Dahbediy MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Bibixonim 40
Telefon raqami: 991155779
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2078
Ayollar soni: 985 (47,40%)
Erkaklar soni: 1093 (52,60%)
Xonadon soni: 312
Oila soni: 623
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1290 (62,08%)
tojik783 (37,68%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq1 (0,05%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa4 (0,19%)
 
MFY qisqacha tarixi

 MFY nomi: “Dahbediy” mahalla fuqarolar yig‘ini.

 Aholisi:  2078  nafar.

 Milliy tarkibi: O‘zbek va tojiklardan iborat.

 Tashkil topgan yili: 18 asr.

 Mahalla nomining tavsifi va tarixi: “Dahbediy” mahalla nomi “dah bed”, ya'ni “o‘nta tol daraxti” degan ma'noni anglatadi. Mahallaga dastlab ko‘chib kelganlar tol daraxti ekishgan ekan. Mahallaning nomi shunga ishora qilinadi. Ba'zi manbalarda esa Oqdaryo tumanining Dahbed hududidan odamlarni ko‘chirtirib olib kelganligi uchun shunday nomlanadi deyiladi. Mahalla nomining kelib chiqishi  birinchi manbaga to‘g‘ri keladi deb o‘ylaymiz.

Mahalla ziyolilari va faollari: O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov (1938-2016), Geologiya fanlari doktori, akademik Vahob Rahimov (marhum), “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoni sohibi, Samarqand viloyat kasaba uyushmasida bir qator yillar davomida faoliyat ko‘rsatgan, butun Samarqand ayasiga aylangan Amina Mirmuxamedova (marhum), huquqshunos Usmon Devonayev (marhum), huquq fanlari nomzodi, huquqshunos Ne'mat Abdullayev (marhum), huquqshunos-advokat Abdulxayr Rahimberdiyev (marhum), huquqshunos-advokat Yunus Sobirov (marhum), tibbiyot fanlari doktori, professor Fazliddin Tojiyev (1953),filologiya fanlari doktori, professor Yusuf Abdullayev, fizika fanlari doktori, professor Bahron Mahmudov (1937), fizika fanlari doktori, professor Ne'mat Nizomov, tibbiyot fanlari nomzodi, vrach-gematolog O‘tkur Dadajonov (marhum), tibbiyot fanlari nomzodi, vrach-ginekolog Shirin Ibodova (marhum), iqtisodiyot fanlari nomzodi Sultonmurod Saidmurodov, shoirlar: Bolta Mahmudov-Diyoriy, Ismoilzoda, tibbiyot fanlari nomzodi, vrach-ginekolog Sevara Umedova (1990), O‘zbekiston Respublikasi “Xalq ta'limi a'lochisi” ko‘krak nishoni sohibdorlari Lutfiya Baxriddinova, Surayyo Qurbonova, vrach-terapevt Sayyora Umedova shu mahalla farzandlaridir.

Chegaradoshligi: “Dahbediy” mahallasi Samarqandning shimoliy-g‘arbiy tomonida joylashgan bo‘lib, janub tomondan Registon maydoni, g‘arbdan “Hilol” hamda “Qo‘sh hovuz” mahallalari bilan chegaradosh.

Mahalla ko‘chalarining soni va nomlari: Mahalla ko‘chalari: Bibixonim, Chorraha, Islom Karimov, Namuna, Imom Buxoriy.

Ijtimoiy soha obe'ktlari: Mahalla hududida 3 ta masjid, 1 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti, 1 ta dorixona, “Siyob  dehqon bozori” joylashgan.

MFY raislari: 1938 yilda mahallaga Umarqul Hamidov rais etib tayinlanadi. Keyinchalik Orifqul Odilov, Usmon Devonayev, Abduhalim Rahimov, Mamatqul Hasanov, Muhammadamin Odilov, Komil Rahimberdiyev, Orzu Rahmatov mahalla fuqarolar yig‘ini raisi etib tayinlanadi. Bugungi kunda Abdukarim Nasimov mahalla fuqarolar yig‘inini boshqarib kelmoqda (1991 yilda tavallud topgan).