Samarqand shahri Dari Zanjir MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Buxoro ko‘chasi, 1/30 uy
Telefon raqami: 991155778
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2217
Ayollar soni: 1145 (51,65%)
Erkaklar soni: 1072 (48,35%)
Xonadon soni: 843
Oila soni: 502
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1548 (69,82%)
tojik665 (30,00%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys1 (0,05%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus1 (0,05%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa2 (0,09%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarkand shaxar “Dari-Zanjir”  MFY to‘g‘risida

M A ' L U M O T

“Dari-Zanjir” MFY da 437 ta xonadon,  779 ta oila va 2957 nafar axoli istikomat qilib kelmokda.

Bulardan:

-         1478 nafar erkaklar;

-         1479 nafar ayollar;

-         shundan: 1243  nafari voyaga yetmaganlar va yoshlar;

-         14 nafar “Temir daftar”, 42 nafar “Ayollar daftar”

     11 nafar “Yoshlar” daftari yopildi.

-         25 nafar nogironlar:

“Dari-Zanjir”MFY xududidagi obyektlar to‘g‘risida

 M A ' L U M O T

- 1 ta 23-son MTM;

- 11ta mexmonxona;

-1 ta go‘zallik saloni;

- 3 ta savdo dukoni:

“Dari-Zanjir” MFY ning o‘tmishiga nazar

«Dari-Zanjir» maxallasi 11 asrda tashkil etilgan. Samarkand shaxrida eng kadimiy guzarlardan biri.

         Maxalla nomini kelib chikishi, bu maxalla  ilgari “Qal'a” bo‘lgan  bu maxallada juda xam takvoli, olimlar, zodagonlar, Amir Temurning xotinlari,  podsholarning vazirlari  oilalari bilan shu “Qal'a”da  yashab kelganlar. Begonalar kirmasligi uchun katta darvozani zanjir bilan zanjirlab qo‘ygan va begonalar     umuman kirolmagan va  «Dari – Zanjir» nomi bilan  mashxur bo‘lib kelgan. 

     “Dari-Zanjir” MFY  14-Markaz , 2003 yilda tashkil etilgan, Buxoro kuchasi 1 yulak 30 uyda joylashgan.  tel .235-25-72. 

       Ilgari  Sovet davrida « Mukumiy»  nomli guzar bulgan.

 Chokarjizza kabristoni, “Faqih Abu Lays” guzarlari, “Mafdumi Xorazimiy”, “Kozi-G‘ofur” guzarlarini ya'ni  Buxoro kuchasi, Valixodjayeva kuchasi, Shaxrisabzs kuchasi, Yakkabog kuchasi, Rometan va Vobkent kuchalarini  uz ichiga oladi. 

     “Dari-Zanjir» maxallasi  «Shark-1» va «Urguti» maxllasi bilan chegaradosh.

 

“Dari-Zanjir” MFY da yashagan tanikli insonlar.

        Maxallada yashab o‘tgan  Shoir Nabira Xo‘ja Valixodjayev (taxalusi Xil'at) Ulugbek madrasasiga mudarist bo‘lib ishlagan. Ko‘p yil davlat idorasiga ishlab kelgan Radjabov  Urun,  Negmatov Zikirillo, mashxur memor  Abduxakim usto, Yunus usto, akademik Boturxon Valixodjayev, ichki ishlarda ko‘p yil  xizmat qilgan polkovniklar  Urunov  Tolib Urunovich,  Ubaydullo  Negmatov,  Muxitdijon Yuldoshev, Eson Gafarovich Maxmudov,  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi  Xamidov O‘lmas Xamidovich, O‘zbekiston Xalk maorif a'lochisi Shukurullayev Gaybullo, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan savdo xodimi Akramov  Mardon Akramovichlar  yashab o‘tganlar.

          Xozirgi kunda  Xodjayev Xomid Safarovich   2022 yil 17 may oyidan boshlab “Dari-Zanjir” Maxalla raisi  lavozimida  ishlab  kelmokdalar.

«O‘zbekiston Maxallalari» nomli ensiklopediyaga kuyilgan mezonlar.

Samarkand shaxar «Dari-Zanjir»  MFY dagi 14 – markaz.

«Dari-Zanjir» maxallasi 11 asrda tashkil etilgan. Samarkand shaxrida eng kadimiy guzarlardan biri.

         Maxalla nomini kelib chikishi, bu maxalla  ilgari “Qal'a” bo‘lgan  bu maxallada juda xam takvoli, olimlar, zodagonlar, Amir Temurning xotinlari,  podsholarning vazirlari  oilalari bilan shu “Qal'a”da  yashab kelganlar. Begonalar kirmasligi uchun katta darvozani zanjir bilan zanjirlab qo‘ygan va begonalar     umuman kirolmagan va  «Dari – Zanjir» nomi bilan  mashxur bo‘lib kelgan. 

     “Dari-Zanjir” MFY  14-Markaz , 2003 yilda tashkil etilgan, Buxoro kuchasi 1 yulak 30 uyda joylashgan.  tel .235-25-72.  532-05-76

       Ilgari  Sovet davrida « Mukumiy»  nomli guzar bo‘lgan.

 Chokarjizza kabristoni, “Faqih Abu Lays” guzarlari, “Mafdumi Xorazimiy”, “Kozi-G‘ofur” guzarlarini ya'ni  Buxoro kuchasi, Valixodjayeva kuchasi, Shaxrisabzs kuchasi, Yakkabog kuchasi, Rometan va Vobkent ko‘chalarini  o‘z ichiga oladi.

      Axoli soni 2957 ta, xonadon  soni 437 ta,  oila soni 778 ta,

     Millatlar soni 8  ta,  Ayollar 1479 ta, Erkaklar 1478 ta, Shundan  voyaga yetmaganlar va yoshlar 30-yoshgacha- 1243 ta, shunda Voyaga yetmagan  18-30 yoshlar -422 ta,  Nogironlar 25 ta , Nafakaxurlar 450 ta, Mukaddam sudlanganlar 14 ta, Kam ta'minlangan oilalar 3 ta,  2016-2017-2018 -2022 x.v. yillar ajrimlar yuk. 2018-2022 yil x.v. jinoyat sodir bo‘lmadi.  

         Maxalla xududida  masjid, xovuz,  5  xonali xujradan iborat   maktabxonalar (xujralar xaroba axvolda), “Mafdumi–Xorazimiy” ziyoratgoxi, “Faqih Abu Lays” masjidi, 7ta Mexmonxona, 23-son MTM, 3 ta Ozik- ovkat  magazinlari  mavjud.

        “Dari-Zanjir» maxallasi  «Shark-1» va «Urguti» maxllasi bilan chegaradosh.

       Samarqand nomini dunyoga mashhur qilgan buyuk Samarqandiylar haqida so‘z ketganda biz birinchilardan bo‘lib Abu Lays Samarqandiy nomini tilga olamiz. Allomaning ismi Nasr ibn Muhammad bo‘lib, milodiy 910 yilda musulmon dunyosining ilm-ma'rifat o‘chog‘i bo‘lgan Samarqandda tug‘ilgan. Uning nomi Faqih Abu Lays tarzida ham mashhurlikka erishgan. Faqih – barcha islomiy ilmlar bilimdoni ma'nosida ham qo‘llaniladi. Abu Lays kunyasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Laysning otasi (olimning Lays ismli o‘g‘li bo‘lgan) yoki arslon kabi jasur (“lays” arslon ma'nosida) ma'nolarni bildiradi.

            Abu Lays Samarqandiyni tarixiy asarlarda “Imomul huda”, ya'ni “hidoyatga boshlovchi imom” deb atashgan. Tarixda bu zotdan boshqa faqatgina buyuk mutakallim olim Abu Mansur Moturidiygina shu nom bilan atalgani ma'lum. O‘zbekistonlik islomshunos olimlardan U. Uvatov va A. Abdullayevlar olimning ilmiy merosini o‘rganishgan va bir nechta risola va maqolalar chop ettirishgan. Faqih Abu Laysning xayoti asosan Markaziy Osiyoda: Samarqand, Buxoro, Marv, Balx kabi shaharlarda o‘tgan.

Olim dastlabki saboqlarini o‘z otasidan olgan. Otasi Muhammad ibn Ahmad o‘z zamonasining olimlaridan bo‘lib, faqih bir qancha asarlarida undan hadislar rivoyat qilgan. Uning ustozlarining barchasi hanafiy mazhabining peshqadam allomalaridir. Ulardan:

           Abu Ja'far Hinduvoniy – o‘z zamonasining mashhur olimi. U Movarounnahrda hadis ilmini yoygan va fatvo berish darajasiga yetgan. Fiqh ilmidagi yuksak maqomi sababli uni kichik Abu Hanifa deb atashgan. U milodiy 972 yilda Buxoroda vafot etgan.

Xalil ibn Ahmad Sijziy ham o‘z zamonasida peshqadam olimlardan edi. Movarounnahr shaharlarida qozilik ham qilgan. Milodiy 988 yilda Samarqandda vafot etgan.

          Muhammad ibn Fazl Balxiy ham o‘sha davrning mashhur hanafiy olimlaridan edi. U ham faqih Abu Laysga ustozlik qilgan.

Tadqiqotchi A.Abdullayevning yozishicha, dunyodagi ko‘plab kutubxonalarda Abu Lays Samarqandiy qalamiga mansub asarlarning 400dan ziyod qo‘lyozmasi saqlanmokda. Olimning bizga ma'lum 40 dan ziyod asari bor. Ulardan 22 tasi fiqh, 13 tasi didaktik, 2 tasi tafsir, 4 tasi aqida sohasiga bag‘ishlangan.

Albatta, allomaning eng mashhur asari Qur'on oyatlarining mukammal tafsiridir. U «Bahrul ulum» (Ilmlar dengizi) deb nomlangan. Ba'zi manbalarda «Tafsiru Abi Lays» deb ham ataladi. Ushbu tafsir musulmon tafsirshunosligi tarixidagi eng dastlabki asarlardan biridir. Dunyo kutubxonalarida uning 77 ta qo‘lyozma nusxasi mavjud. Ulardan 2 tasi Misr Arab Resbublikasi, 1 tasi Edinburg kutubxonasida, yana biri O‘zR FA Sharqshunoslik instituda 2824 – ashyoviy raqam bilan saqlanadi. Usha davr ilmiy muhiti taqozosiga ko‘ra, Abu Lays Samarqandiy ham ahli sunna e'tiqodini himoya qilish va turli adashgan oqimlar da'volariga raddiyalar yozish bilan shug‘ullangan. Uning tafsirida ham e'tiqodiy karashlarga katta e'tibor berilgan. Ushbu asar tadqiqoti ustida Toshkent Islom Universiteti dotsenti A.Abdullayev nomzodlik ishini muvaffaqiyatli himoya kildi.

         Faqih Abu Lays o‘zining ma'naviy ustozi imom Abu Hanifa qalamiga mansub ahli sunna val jamoa e'tiqodi asoslab berilgan «Fiqhul absat» asariga mukammal sharh yozgan.

         Olim hanafiy mazhabi fiqhiga oid «Navozil», «Xizonatul fiqh», «Uyunul masoil», «Muqaddimatu fis solat» kabi bir kancha asarlar yozgan. E'tiborli tomoni shundaki, Abu Lays Samarqandiy tarixda birinchi bo‘lib o‘zidan oldin o‘tgan Abu Hanifa, Muhammad ibn Hasan kabi hanafiy mazhabi peshvolarining fatvolarini jamlab kitob holatiga keltirgan.

        Olimning axloq-odob mavzusiga bag‘ishlangan «Tanbehul g‘ofilin» va «Bo‘stonul orifin» asarlari nihoyatda mashhur. Bu ikki asar mustaqillik yillarida o‘zbek tiliga tarjima kilinib nashrdan chiqdi. «Bustonul orifin» asarida payg‘ambarlar, sahobalar va ummaviy, abbosiy xalifalar tarixiga oid qimmatli ma'lumotlar mavjud.

         Faqih Abu Lays muhaddis ham bo‘lganki, o‘z tafsirida va «Tanbehul g‘ofilin» asarida bir qancha muhaddislardan hadislar rivoyat qilgan. Manbalarda keltirilishicha olim 100 ming hadisni yod bilgan.

«Hidoya», «Sharhul viqoya», «Fatovo Olamgiriya» kabi barcha fiqhiy asarlarda Abu Lays Samarqandiyning yuzlab fatvolarini topishingiz mumkin.

          Faqih Abu Lays o‘z davrida yashagan boshqa ikki samarqandlik buyuk kalom ilmi namoyandalari Abu Mansur Moturidiy va Abul Qosim Hakim Samarqandiylar qatorida Imom A'zam asoslagan ahli sunna e'tiqodini himoya kilish va uni O‘rta Osiyoda tarqatishda o‘zining katta hissasini qo‘shdi.

           Tarixiy asarlarda aytilishicha Samarqanddagi mashhur Chokardiza qabristoni aslida Abu Lays Samarqandiyning bog‘i bo‘lgan. Olim milodiy 985 yilda vafot etganda o‘z bog‘ining janubi-g‘arbida hozirgi “Faqih Abu Lays” jome masjidi yonida dafn etilgan.

Fazlulloh Abulaysiy

Fazlulloh Abulaysiy buyuk Faqih Abu Lays avlodidan bo‘lib temuriylar davrida Samarqandda yashab faoliyat olib borgan mashhur alloma. Bu yerda u o‘sha zamonning eng yirik olimlari Sa'duddin Taftazoniy, Sayyid Sharif Jurjoniy, Qozizoda Rumiy, Mirzo Ulug‘bek, Ali Qushchilar bilan birga madrasalarda dars bergan va ilmiy tadqiqotlarda ishtirok etgan. Manbalarda qayd etilishicha, Samarqand shahridagi hozirgi “Faqih Abu Lays” masjidi hududida u zotning xonaqoh – madrasasi bo‘lgan. Buyuk adib va davlat arbobi Alisher Navoiy 1465-1469 yillarda shu yerda yashab, mavlono Fazlullohdan tafsir, hadis, fiqh, arab tili va she'riyatidan dars olgan. Navoiyning o‘zi «Majolisun nafois»da va tarixchilar Xondamir va Mirxondlar o‘z asarlarida ushbu ma'lumotlarni keltirishgan.

Fazlulloh Abulaysiy Amir Temur tomonidan Samarqandga olib kelingan mashhur olim Sayyid Sharif Jurjoniyning shogirdi. Navoiyning xabar berishicha, Sayyid Sharif ul zotga o‘z qo‘li bilan dars aytishga ijozatnoma yozib bergan. Akademik Botirxon Valixo‘jayevning tadqiqotlarida keltirilishicha, mavlono Fazlulloh Ulug‘bek Mirzoning yaqin kishilaridan bo‘lgan. 1422 yilda u otasi Shohruh Mirzoni Iroq ustidan qilgan g‘alabasi bilan tabriklagani Hirotga aynan Fazlulloh Abulaysiy bilan borgan. Shuningdek, 1410 yilda Ulug‘bek Mirzo Samarqanddan chiqishga majbur bo‘lganda mavlono Fazlulloh boshchiligida Samarqand kattalari unga sadoqat ko‘rsatib, dushmanlarga shahar darvozalarini ochishmaydi.

Alisher Navoiy Fazlulloh Abulaysiyni Samarqandning eng katta olimi edi, deb eslaydi. Xondamir esa mavlono Fazlulloh zo‘r olimligi va donishmandligi sababli ikkinchi Abu Ali ibn Sino laqabini olgan edi, deb yozadi. Xar ikkala adib ustozning, ayniqsa, islom xuquqshunosligi va arab tili grammatikasida mohir va tengsiz ekanligini ta'kidlashadi. Fazlulloh Abulaysiydan o‘z asrida fors-tojik adabiyotining buyuk namoyondasi Abdurahmon Jomiy, mashhur adib Davlatshoh Samarqandiy, tasavvuf peshvolari Sa'duddin Qoshg‘ariy va Xoja Ahror Valiylar dars olishgan. Mavlono Fazlulloh va Xoja Ahror o‘rtalarida juda yaqin ustoz-shogirdlik aloqalari mavjud bo‘lgan. Akademik B.Valixujayev Mavlono Muhammad Qozining asarlari orkali xabar berishlaricha, Samarqandda Xoja Ahror asossiz tarzda ilmsizlikda ayblanganda Fazlulloh Abulaysiy u zotni himoya qilib chiqqan. Shuningdek, Xoja Ahror har zamonda Mavlono Fazlullohning Urgutdagi hovlisida dam olib kelgan.

Fazlulloh Abulaysiy bir necha bor Hirotda bo‘lganini hisobga olib tarixchilar tomonidan uning Alisher Navoiyning otasi amir G‘iyosiddin bilan tanish bo‘lganini taxmin qiladilar. Balki shuning uchundir, Amir Alisher aynan Samarqandga Mavlono Fazlulloh huzuriga shogirdlikka keladi.

           Yuqoridagi ma'lumotlardan xulosa kilish mumkinki, Fazlulloh Abulaysiy o‘z davrida Markaziy Osiyoning eng mashhur allomalaridan va Samarqand siyosiy-madaniy muhitining ko‘zga ko‘ringan shaxslaridan biri bo‘lgan.

          E'tirof etish lozimki, dunyo tarixida Fazlulloh Abulaysiy kabi bunchalik ko‘p ulug‘ zotlarni tarbiyalagan buyuk murabbiylar kamdan kam topiladi.

           Navoiyning xabar berishiga ko‘ra, mavlono Fazlulloh Samarqandda vafot etgan va o‘zining ulug‘ bobokalonlari yoniga, ularning maqbaralariga dafn etilgan. Hozirgi kunda ushbu maqbara saqlanib qolmagan. 70 yillarda mahala ahli qabrlar ustiga mo‘jaz ayvoncha qurishgan. Biz yana e'tiboringizni shunga tortamizki, Vobkent ko‘chasida joylashgan “Faqih Abu Lays” masjidi yonidagi Abu Lays Samarqandiy va Fazlulloh Abulaysiy qabrlari qadimiy Chokardiza kabristonidan saqlanib qolgan yagona mazorotdir. Shuningdek, “Fazlulloh Abulaysiy” masjid xonaqosi o‘rnidagi bugungi “Faqih Abu Lays” masjidi Markaziy Osiyodagi Alisher Navoiy shaxsiyatiga bog‘lik yagona nuqta hisoblanadi.

          Fazlulloh Abulaysiydan boshqa mashhur Abulaysiylar haqida ma'lumotlar juda kam. Fakatgina bu zotning Xo‘ja Xovand ismli o‘g‘li keyinchalik Hirotda Alisher Navoiy homiyligida ijod qilgani va bir qancha asarlar yozgani ma'lum.

          «Mafdumi Xorazimiy»   15-16 Asr tasavvuf namoyandalari ilmiy me'rosining ma'naviy kadriyatlarni yuksaltirishda urni katta.

Maxallada yashab utgan  Shoir Nabira Xuja Valixodjayev (taxalusi Xil'at) Ulugbek madrasasiga mudarist bulib ishlagan Mallaxon Tura, Shurolarga karshi chikib qatr qilingan Kozibaqoxon, 2-chi jaxon urushiga katnashgan 42 ta  Vatan ximoyachilaridan  iborat. Kup yil Davlat idorasiga ishlab kelgan Negmatov Zikirillo aka, mashxur memor usta Abduxakim usto, Maxalla oksokoli Dadajon bobo, Xaydarov Bozor bobo, Usto Raxmat, Usto Yunus,akademik Boturxon Valixodjayev, Ichki ishlarda ko‘p yil  xizmat kilgan polkovnik  Urunov  Tolib Urunovich, polkovnik  Ubaydullo  Negmatov, Uzbekistonda xizmat kursatgan ukituvchi Xamidov Ulmas Xamidovich, Uzbekiston Xalk maorif a'lochisi Shukurullayev Gaybullo, Uzbekistonda xizmat kursatgan savdo xodimi Valiyeva E'tiborxon.

        Ko‘p yillardan buyon  xususiy va Davlat idoralarida xizmat kursatib kelgan nuroniylar  faxriylar Radjabov Voxidjon Urunovich, Valiyev Boturxon, Malloxodjayev Djuraxon Maxmudovich, Tibbiyot fanlari doktori Xadjayev Batir,  1-son Oilaviy poliklinika bosh vrachi Ra'no Shukurovalar xozirgi kunda nafakada.

         Xozirgi kunda 2022 yil 17 maydan boshlab “Dari-Zanjir” Maxalla raisi  X.Xodjayev  ishlab  kelmokdalar.