Samarqand shahri Davlatshox Samarqandiy MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: D.Samarqandiy 1-ko‘cha 12-uy
Telefon raqami: 99*115-57-24
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2217
Ayollar soni: 1200 (54,13%)
Erkaklar soni: 1017 (45,87%)
Xonadon soni: 843
Oila soni: 502
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1323 (59,68%)
tojik892 (40,23%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa2 (0,09%)
 
MFY qisqacha tarixi

     SAMARQAND 

SHAHAR

       Davlatshoh            Samarkandiy

MAHALLA 

FUQAROLAR  YIG‘INI

  Pochta  indeksi:   140119     Samarkand   shahar    D. Samarqandiy   1-ko‘cha  12-uy     telefon: 231-73-01

                                

Assalom ona yurt istiqlol yurtim

Onadan muqaddas ulug‘vor Vatan

Assalom ona yurt shahrim Samarqand

Senga baxshidadir vujud ila tan.

 

 

         Samarqand shahar xokimligining 1991 yil 2 sentyabrdagi qarori bilan Buyuk Adabiyotshunos Olim Davlatshoh Samarqandiy nomini abadiylashtirish maqsadida  mahallamizga Davlatshoh Samarqandiy deb nom berildi.

        Mustaqillik bilan tengdosh mahallamiz Buyuk Adabiyotshunos Olim Davlatshoh Samarqandiy nomi bilan atalib kelmokda.

 

      Davlatshoh Samarqandiy XV asrning ko‘zga ko‘ringan Adabiyotshunos Olimlaridan biri bo‘lgan.

     Davlatshoh Samarqandiy 1487-yil yirik  tarixiy  axamiyatga  ega bo‘lgan «Tazqirot  un-shu aro» («Shoirlar tazqirasi») asarini   yaratadi.

Davlatshox Samarqandiy 60 yilga  yakin umr ko‘rib, 1495 yili vafot etgan.

 

Tuprog‘ingda  daholar  xoki,Ul  sohibi  dunyolar xoki.Bobolarki,  ulug‘  chinordek,Momolarki,  Qutlug‘  Nigordek.Chinorlarki,  beshiklar  bo‘lgan,Kelajakka  eshiklar  bo‘lgan.Sen  onasan,  muqaddas  Vatan!Yagonasan,  muqaddas   Vatan!

 

1) Mahalla axolisi shu yillar davomida  2617-ta bo‘lib ,

2) Xonadonlar soni 502-ta.

3) Oilalar soni 806-ta , 

4) Yosh oilalar 157-ta,

5) Voyaga yetmaganlar 146-ta,

6) Boquvchisini yukotganlar 2-ta,

7) Voyaga yetmagan 1-gurux nogironi 2-ta,

8) Og‘ir ijtimoiy axvolda bo‘lgan oilalar 9-ta

 

    Mahallamizdan chet davlatga ketganlar soni  250-ta bo‘lib shundan:

Erkaklar = 159-ta,    Ayollar = 81-ta,    Voyaga yetmaganlar = 10-ta,

 

    Mahallani tashkil qilishda--o‘zining ulkan hissani qo‘shgan mahallaning na'munali oilalaridan bo‘lgan marxum Komilov Abdurahmon hoji bobo mahallada birinchi oqsoqol bo‘lgan, u kishi bilan birga dotsent Toshkentboyeva Xayriniso opa xotin-kizlar kumita raisi bulib ishlaganlar,  ular  tomonidan 1992-yil birinchi navbatda  mahallada toza ichimlik suvini

har bir xonadonga 3-tadan mevali daraxtlar berib ekishga undadi.  

1993-yil tabiy gaz, ko‘chalarga ariq-zovurlar kovlandi, tungi chiroqlar o‘rnatildi,

     Davlatshoh  Samarqandiy  mahallasi kundan-kunga chiroy ochib obod maskanga aylandi.

 

     Maxallamiz-kichik ma'muriy xudud bo‘lishi bilan birga, turmush tarzi, qadriyatlar, an'analar, urf-odatlari bilan shahar miqyosida namunali mahallalardan bo‘lib, maxalla fuqarolari tinch va osuda yashab kelmoqda.    

    2016-yildan uzining odobi, ishchanligi bilan, avval mahalla komissiya a'zosi, keyinchalik maxalla jamoatchilik posboni va mahalla ma'sul kotibi bo‘lib ishlagan Raxmatov Baxodurxuja   Raxmat-o‘g‘li  maxalla raisligini olib bormokda.

 

Mahalla tarbiya o‘chog‘i azal

Mahalla urf-odat quchog‘i azal

Mahalla oqibat chirog‘i azal

Milliy qadriyatga eshik mahallam

Ko‘xna ma'rifatga beshik mahallam

 

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning mahallada katta e'tibor bergani Vazirlik tashkil etgani, xar bir mahallada Yoshlar agentligi tomonidan yoshlar yetakchisi, Xokimlik tomonidan xokim yordamchisi, Vazirlik tomonidan xotin-kizlar faoli, Ichki Ishlar tomonidan profilaktika inspektori lavozimlari joriy kilinib,   har bir lavozim egasi mahallada faoliyat olib borib fuqarolar orasida --- Yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, Xalk farovonligi va Jamiyat manfaatlari, Ijtimoiy hamkorlik, Komil inson, Dinlararo bag‘rikenglik, Millatlararo totuvlik, Vatanga bo‘lgan  mehr bir so‘z bilan aytganda Vatanparvarlik tuygusini his qilmok uchun targ‘ibot va tashviqot ishlari olib bormokdalar.

 

     Mahallada oliy ma'lumotli fuqarolar 35 foizni tashkil topgan: ulardan ko‘pchiligi Oliy Toifali Pedagoglar, Donsentlar, Proffesorlar, Shifokorlar xamda  Bakalavrlar,  Mexnat faxriylari. 

 

 

Humo qushing qafaslarga qamab bo‘lmas,Haq qo‘llasa, o‘ngdan o‘zga taraf bo‘lmas.Istiqlolga Vatan bo‘lib, sharaf topding,Bu olamda bundan ortiq sharaf bo‘lmas.

 

      “Mahalla-Oila-Ta'lim” konsepsiyasi asosida xududimizga joylashgan 65-umumta'lim maktabida ta'lim mexanizimini kuchaytirish maqsadida Samarkand shahar Yoshlar Agentligi tomonidan yoshlar yetakchisi Nigina Yakubovna Xalmuratova tomonidan 2021-2022 o‘quv yilida sababsiz darslarga katnamayotgan o‘quvchilarni o‘qishga muntazam qatnashi uchun  ularning ota-onasi bilan targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borilmoqda.

 

    Mahallamizda Salomatlik sektori tashkil etilgan bo‘lib, ushbu sektor bo‘yicha Vazirlik tomonidan xotin-kizlar faoli Maxbuba Karimovna Rasulova va Samarqand shahar 6-son  Oilaviy Poliklinika shifokorlari, patranaj xamshiralari  hamkorligida Aholining tibbiy savodxonligini oshirish maqsadida har bir oilada “Tibbiy “  ma'daniyat daftarchasi joriy etilgan.

   Homilador ayollar Samarqand shahar 6-son  Oilaviy Poliklinika shifokorlar nazoratida.

    Har  kuni 5ta - 6ta xonadonlarga kirib fuqarolar salomatligidan xabar olib ular bilan so‘xbatlar olib borilmokda.

 

       Xukumatimiz tashabusi bilan  mahallada Tadbirkorlikni rivojlantirish, kambagallikni kiskartirish bo‘yicha keng qo‘lamli ishlar amalga oshirilmokda.

     Xokimlik tomonidan xokim yordamchisi Tolmas Ulashevich Jurayev  olib borilgan ishlar natijasida Oilaviy tadbirkorlarmiz 20-ta, kasanachilik bilan shug‘ullanuvchilar soni 3-ta, xunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchilar soni 16-ta,

Mahallamizda tadbirkor Karimov Akmal boshchiligida oilaviy qandalotchilik sexi bo‘lib, bugungi dasturxonimiz ko‘rki bo‘lgan shirinliklar shu tadbirkor ma'sulidir.

Yosh  tadbirkorlar Sirojov Javohir va Ablaqulov Orzu boshchiligida oilaviy mebel sexi ochilgan bo‘lib, ushbu markaz tomonidan: mahallamiz yoshlari va uyda o‘tirib qolgan fuqarolar ish bilan ta'minlangan.

Ustoz-shogird an'anasini davom ettirish maqsadida hunarmand Nasrullayev Jamshed  ganchkorlik  sirlarini  yoshlarga o‘rgatib kelmokda.

Mahallamizda faol tadbirkor xotin-kizlardan Fotima-opa Raximova rahbarligida yoshlarni hayotga tayorlash maqsadida tikuvchilik sirlarini o‘rgatmokda.

Mahallamiz faollaridan kasanachi Matlab-opa Rasulova rahbar-ligida yoshlarni to‘quvchilik, bichuvchilik, sirlarini o‘rgatmokda.

 

 

    Samarqand shahar 7-son Ichki Ishlar tomonidan profilaktika inspektori Shodiyor Murodkulovich Xazratkulov tomonidan aholi o‘rtasida targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borish natijasida 2016, 2017, 2018, 2019-2020-2021-yillar va 2022 yilning 8-oyi davomida mahallada yashovchi fukarolardan ichkilikka ruju qo‘yganlar, giyoxvandlikka mubtalo bo‘lganlar, shahar ichki ishlar ro‘yxatida turgan xulki buzuq, jinoyatchi shaxslar mavjud emas.

 

Vatan, sen men uchun aziz bir dargoh

Bagringdan yiroqda bo‘laman goh-goh

Ammo tuprog‘ingni surtib ko‘zimga

Joylayman seni men Vatan bag‘rimda.

 

    “Davlatshoh Samarqandiy” mahallasida olib borilgan tadbirlar:

Mahalla faollari tomonidan xar yili Navruz bayrami nishonlanib kelinmoqda. Unda maxallamiz fuqarolariga dasturxonlar yozilib, turli xil pishiriqlar, dosh-qozonlarda sumalaklar, halimlar  pishirib, bayram o‘tqazilmokda.

      Mahallamiz faollaridan Dilbar-opa Xurramova  xotin-qizlar o‘rtasida qizlarjon ko‘rik tanlovi o‘tkazilib, unda yosh qizlarimizni hayotga tayyorlash uchun turli mavzularda saxna kurinishi, she'rxonlik, kizikarli suhbatlar  olib boradilar.

 

      9 – may «Xotira  va  Kadrlash  kuni»  “Ajdodlarni xotirlash-muqaddas qadriyat” Ajdodlar xotirasini yod etib, el-yurt tinchligi va ravnaki yulida xizmat kilgan, navqiron avlod tarbiyasida beqiyos hissa qo‘shgan keksalarni e'zozlash xalkimizga xos fazilatdir.

     Shu maksadda bugungi nurafshon kunlarimiz yo‘lida, kursatgan matonati, mardligi va jasoratini inobatga olib yoshi ulug otaxonlarni, onaxonlarni nogironlarni, kam ta'minlangan Ogir ijtimoiy axvolda bo‘lgan  oilalarni

Viloyat va shahar xokimligi, 2-Prokuratura sektori xamda “Davlatshoh Samarkandiy” mahalla xomiylari tomonidan sovg‘a-salomlar  berib kelinmokda.

 

     1 – iyun Xalqaro bolalarni ximoya kilish kuni munosabati «Nogironlar xam jamiyatimiz bir bulagi» shiori ostida «Sog‘lom avlod»  jamiyati tomonidan  kursatilayotgan yordam taxsinga sazovordir. Bu jamiyat a'zolari  mahallamizdagi  kam ta'minlangan jajji qalb egasi  1 gurux nogironi fukaro   Ravshanov Jamoliddinga  kiyim-kechak  va  moddiy  tomondan  yordam berib kelmokda.

 

     Mustaqillik bilan tengdosh mahallamiz faollari xar yili Mustaqillik va Mahallamiz tashkil topganligini nishonlanib kelinmoqda.

    Unda maxallamiz fuqarolariga dasturxonlar yozilib, dosh-qozonda osh pishirib  bayram o‘tqazilib kelinmokda.

 

   Oilalar -- jamiyatning bir bo‘lagi xisoblanadi, Maxallada 35-foizi namunali oilalar bo‘lib, Toshkentboyev Nemat-bobo, Xurramov Tursun-bobo, Kurbonov Ulmas-bobo, Isayev Jafar va Rasulov Faxridinlar shular jumlasidandir.  

 

      Mahallamizdan chet davlatga ketganlar soni  102-ta bo‘lib shundan:

Erkaklar = 57-ta,    Ayollar = 35-ta,    Voyaga yetmaganlar = 10-ta,

 

Humo qushing qafaslarga qamab bo‘lmas,Haq qo‘llasa, o‘ngdan o‘zga taraf bo‘lmas.Istiqlolga Vatan bo‘lib, sharaf topding,Bu olamda bundan ortiq sharaf bo‘lmas.

 

    Mahalladagi tadbirkor xotin-qizlardan Aslanova Nasiba tomonidan  50-o‘rinli  “Smaylik”nomli shaxsiy bolalar bog‘cha ochib 8-ta xotin-qizlarni ish bilan ta'minladi.

 

    Mahalla homiysi Ahrorov Azim Po‘latovich tomonidan Samarqand kuni arafasida mahallamiz bolalajonlariga Mini futbol maydonchasi  va turli xil atraksion o‘yingohlar maydonchasi ochib berildi.

 

    Mahallamiz yoshlari  jismonan sog‘lom, ma'nan yetuk, barkamol avlodni tarbiyalashda ota-onalar universiteti, oila instituti, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda mahallamiz yoshlari sportga qiziqishi sabab, shaxmat-shashka, yengil atletika, futbol, karate sport turlari bilan ishtirok etib  Viloyat va Respublika arenalarida O‘zbekiston sharafini himoya qilmoqdalar.

 

Yurtim, seni kadim dostonlaring bor

Jannatga barobar bustonlaring bor

Shaxid ketgan Fitrat, Chulponlaring bor

Sarxadingda mard uglonlaring bor

Kurgoni mustaxkam koshona Vatan.

 

     O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining 5 ta muxim tashabbusi buyicha mahallada  olib borilgan ishlar:

1-Tashabbus: “Davlatshoh Samarqandiy” mahallasida yoshlarning musika, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshka turlariga kizikishlarini oshirishga, istedodini yuzaga chikarish uchun 65-umumtalim maktabi bilan xamkorlikda ishlar olib borilmokda.

2-Tashabbus: “Davlatshox Samarkandiy” mahallasida  yoshlarni jismoniy chiniktirish, ularning sport soxasida kobiliyatini namoyon kilishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

3-Tashabbus: “Davlatshox Samarkandiy” mahallasida  axoli va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga karatilgan.

4-Tashabbus:“Davlatshoh Samarqandiy”