Samarqand shahri Bog‘i Temur MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Firdavsiy ko‘chasi 35 uy
Telefon raqami: 991155682
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2170
Ayollar soni: 1100 (50,69%)
Erkaklar soni: 1070 (49,31%)
Xonadon soni: 650
Oila soni: 615
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1825 (84,10%)
tojik231 (10,65%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq2 (0,09%)
rus12 (0,55%)
qirg‘iz4 (0,18%)
turkman1 (0,05%)
tatar12 (0,55%)
koreys3 (0,14%)
eroniy45 (2,07%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa35 (1,61%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shahar “Bog‘i-Temur” mahalla fuqarolar yig‘ini tarixi

 

         “Bog‘i-Temur” maxalla fukarolar yigini  idorasi Samarqand shahar,  Firdavsiy ko‘chasi 35 uyda joylashgan. Ushbu 35 uy umumxovli  bulib, maxalla idorasi xonalari kuchaga karagan umumiy binoning bir kismida   joylashgan. Telefon: +99866 233-36-86.

Mahalla Samarqand shahrining  markaziy qismiga yaqin joyda joylashgan bulib, to‘rt burchak shakldagi, 100 ga yer maydonidan iborat. Maxalla xududining turt tomonida joylashgan kuchalar:  A .Temur, A.Jomiy, B.Mirzo, Isayeva kuchalari orkali - “Alisher Navoiy”, “Nurobod”, “O‘zbekiston”, “Kamoliddin Behzod”, “MirSaid Baraka”, “Siyobcha”, “Ko‘k Saroy” mahallalari xududlari bilan chegaradosh. Mahalla A.Jomiy ko‘chasi orkali “Alisher Navoiy” nomidagi shaxarning markaziy istiroxat bog‘i bilan chegaradosh. Maxalla xududida Firdavsiy, Uzbekiston ,Lutfiy, M.Koshgariy ,Orzu Maxmudov  xamda Yusuf Xos Xojib nomlaridagi kuchalar mavjud. Maxalla jami  10 ta  ko‘cha va 3 ta  tor ko‘chalarga xizmat kursatadi. Mahallada 526 ta xonadon va  506 ta oila mavjud bo‘lib, ularda jami bulib 1859 ta fuqarolar  yashaydi. 2017 yil 1 noyabr xolatiga kura maxalla fukarolar yigini raisi Fayzullayev Tulkin Sayfullayevich, diniy ma'rifat va ma'naviy – ahloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslaxatchi Ernazarova Gulzoda Xudoyorovna, mahalla posboni Vaydullayev Eldor Ixtiyorovich va mas'ul kotib Raxmonova Gulshoda Mavlyanovnalar ishlab kelmoqda.

       Mahallani tarixi:

                  Mahalla  rasman 1993 yil 5 aprel kuni Samarqand shahar xokimiyatining qarori bilan “Bog‘i-Temur” mahallasi nomi bilan qayd qilingan. Maxalla fuqarolar yig‘ining birinchi raisi Shavkat Berdialiyevich Shirinov saylangan. Undan keyin maxalla raislari lavozimida Urok Jamolov (1994 – 2005y), Shavkiyev Erkin Shavkiyevich (yanvar – oktyabr 2005 yil), Xusanov Nurullo Xusanovichlar (2005 – 2016y)  ishlab kelishgan.

         Tarixiy ma'lumotlarga karaganda kadimdan bu xududda bobomiz Amir Temirning boglaridan biri joylashgan.Bu boglarda chilon-jiyda,anjir,olma va boshka mevalar yetishtirilgan.Ariklarda esa toza zilol suvlar okib utgan. Shuinngdek Temir bobomizning kushini askarlari uchun maxsus yer amydonlari xam  mavjud bulgan.

         Utgan asrlarda  rus xalkining turli vakillari kirib kelishi va siyosiy tuzumning ularning kulida bulganligi  sababli,  ular  shaxar markaziga yakin yerlarda joylashib yashashganlar. Chor Rossiyasi davrida boglarning urnidagi yerlar ularga kurilish kilish uchun berilgan. Uzlarining milliy madaniyatidan kelib chikkan xolda bino va turar joylar kurishgan. Shu tufayli maxalla xududida uzbek xalkining madaniyatiga tegishli bulgan biror bir  tarxiy me'moriy obyektlar saklanib kolinmagan. Xozirgi paytda  mahalla xududi Samarqand shahrining tarixiy – me'moriy qo‘riqxonasi xududiga kiradi. Maxalla xududida boshka millat vakillari tomonidan bunyod etilgan tarxiy inshootlari mavjud. Bularga yevropacha usulda kurilgan binolar ; Katolik cherkovi, Arman cherkovi,1911 yilda kurilgan Kutubxona, uz davrida birja ishlarini amalga oshirish uchun  kurilgan bino mavjud. Shurolar davrida mahalla xududida yashayotgan axolini kupchiligini rus, armani, yaxudiy, tatar, ukrain millatiga mansub bulgan fukarolar tashkil etgan. Aholining ko‘pchiligi umumxovlilarda yashashgan. Umumxovlilar 2 va undan ortiq xonadonlardan iborat bulgan. Yashagan fukarolar asosan xudud va uning yakinida joylashgan davlat idora va tashkilotlarda, xarbiy kismlarda, gospitalda, ukuv va tibbiy muassasalarda ishlab kelishgan.  Samarkand shaxri  UzSSR poytaxti bulgan davrida  Uzbekiston kuchasi 27 uyda joylashgan binoda Yuldosh Oxunboboyev yashagan. Shaxar markaziga yakin joylashganligi tufayli maxalla xududida shaxar axolisining intelligent  katlamining kupchilik vakillari yashab kelgan. Ular shaxarda joylashgan barcha madaniy -iktisodiy soxalarda faoliyat kursatib kelishgan. Bularga misol kilib oliy ta'lim musassalarinig rektorlari tanikli olim savdo a'lochisi, profeesor, Sulaymonov Sher Sulaymonovich, professor Ruzi  Xaitov , Vaxabova Uktam Vaxabovna,  akademik  Musa, Maksud  Muminovlar yashagan. Bundan tashkari shu davrda  viloyat va shaxar mikiyosida  raxabarlik lavozimida ishlagan Orzu Maxmudov, S.Xamrakulov, M.Muminov , Fayzullayev S. , Solixboyevlar  yashab utgan.

         Maxalla xududida yashagan barcha millat vakillari uz davrida mavjud bulgan jamiyatning rivojlanishi uchun uzini katta xissasini kushgan.  “Bogi Temur” maxallasi xududi utmishda Samarkand shaxri axolisining ziyoli katlami eng kup yashagan joy bulganligi  va xozirgi kunga kelib xam  bu xududda shuday  bulib  kolmokda.

         Mustakilllik davri boshlangandan keyin maxalla xududidan boshka millatga mansub bulgan axoli migratsiyasi oshdi. Ularning kuchib ketishi okibatida ularning uylariga  maxalliy axoli, boshka tumanlardan ishlash va ukishga  kelgan fukarolar kelib joylashdi. Bundan tashkari maxalla xududi shaxar markaziga yakin bulganligi uchun kucha yokasidagi uylarni tadbirkorlar sotib olib, ijaraga  olib  turli yunalishdagi tijorat obyektlariga aylantirib, xususiy savdo dukonlari , xizmat kursatish shaxobchalari va boshka maishiy xizmat kursatish obyektlariga aylantirishdi.

Mahalla xududida viloyat va shaxar darajasidagi kupgina tashkilot, idora va muassasalar joylashgan. Viloyat darajasidagi idoralar: - Viloyat Mudofa boshqarmasi, Adliya boshqarmasi, viloyat xududiy Advokatlar palatasi, Samarkand shaxar Arxitektura boshkarmasi, Viloyat O‘zbek konsert Uzbeknavo boshqarmasi, Samarqand viloyat televidiniyasi AL TAXIR “STV”, notarius idorasi,  3 ta bank, Sanat kolledjining 3 bulimi joylashgan bino, Samarkand Meditsina institutiga karashli bulgan “Gigiyena” kafedrasi binosi, 2 ta o‘rta ta'lim maktabi, 3 ta maktabgacha ta'lim muassasasi, 1 ta axborot resurs markazi, 3 ta internet klub, 1 ta shaxmat – shashka klubi, 2 – son tug‘riqxona, 2 – son oilaviy poliklinka, shaxar stomotoligiya poliklinkasi,  4 ta kup tarmokli xususiy tibbiy muassasalar, “Vaksina” birlashmasi, 5 ta dorixona, Viloyat nogironlar jamiyati, 4 ta mexmonxona, 1 ta xammom, va 30 dan ortik maishiy xizmat kursatish obyektlari- restoran, kafe, oshxona, guzallik salonlari, ta'mirlash ustaxonalari, ozik-ovkat dukonlari mavjud. Mahalla xududidagi barcha ko‘chalarga asfalt yotqizilgan bo‘lib, ulardan  O.Maxmudov, M.Koshgariy va Lutfiy ko‘chalari 2016 yili tulik kayta rekonstruksiya kilinib yangi asfalt yotikizildi. Xozirgi vaktda ushbu kuchalar orkali juda  katta  avtomobil  katnovi  vujudga  kelgan.

          Mahalla aholisining demografiyasiga karaganda erkaklar soni: 759 ta, Ayollar soni: 1100 ta, 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar 824 tani, nafaqaxo‘rlar 295 tani tashkil qiladi. Ro‘yxatga olingan aholini 211 tasi rus, 40 tasi tatar, 63 tasi tojik, 6 tasi ukrain, boshqa millatlar 43 ta, qolganlari o‘zbek millatini tashkil qiladi. Mahallada  yashovchi aholi ichida oliy ta'lim muassasalarida ishlab kelayotgan 20 dan ortiq murabbiylar bo‘lib, ulardan 4 tasi fan doktori va professorlari, qolganlari fan nomzodlari bo‘lib ular fanning turli soxalari bo‘yicha mutaxassis olimlardir. Maktablarda 60 dan ortiq o‘qituvchilar yosh avlodga ta'lim berib kelmoqdalar. Bundan tashqari mahallada  xuquqni  muxofaza etish organlarida samarali ishlab faoliyat ko‘rsatgan 10 dan ortiq fuqarolar yashaydi. Ulug‘ Vatan urushida qatnashgan 2 ta fuqaro mahallada  yashab kelmoqda.

         Maxallada obru etiborga sazovor bulgan, maxalla xayotiga  xozirgi kunda xam  katta xissa kushib kelayotgan  professor Razzok Oripov, professor Karim Suyunov, professor Shavkat Shirinov, xizmat kursatgan yurist Oblakulov Abdusalom, dotsentlar  Nurulla Xusanov, Shavkiyev Erkinlarni aloxida takidlab utish lozim.Ular  Bogi Temur maxalla fukarolar yigini komissiyalarida   a'zo bulishib, uzlarining xayotiy tajribalaridan kelib chikkan xolda maxalla yoshlari urtasida tarbiyaviy ishlarni olib borishda, obodonlshtirish, xukukiy masalalarda va boshka masalalarni xal kilishda katta  xissa  kushib  kelishmokda.