Samarqand shahri Go‘ri Amir MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Shoxrux ko‘chasi 122 uy
Telefon raqami: 991155773
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2863
Ayollar soni: 1445 (50,47%)
Erkaklar soni: 1418 (49,53%)
Xonadon soni: 420
Oila soni: 717
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2213 (77,30%)
tojik645 (22,53%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa5 (0,17%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shaxar “ Go‘ri-Amir” maxalla fuqarolar yig‘inining tarixi

to‘g‘risida

MA'LUMOT

              MFY nomi :  “Go‘ri-Amir” maxalla fuqarolar yig‘ini

              Axolisi : 2863 nafar

             Milliy tarkibi : Maxallamiz ko‘p millatli bo‘lganligi sababli o‘zbek,tojik,rus,tatar,,koreys millatlaridan iborat fuqarolar yashaydi.

            Tashkil topgan yil : 2003 yil 2 fevralda tashkil topgan.

             Maxalla nomining tavsifi va tarixi : “Go‘ri-Amir” MFY  Go‘ri-Amir maqbarasi atrofida joylashganligi sababli,mahalla nomini  “Go‘ri-Amir” deb nomlangan. .

         “Go‘ri Amir” maqbarasi jahonda mashhur va O‘rta Osiyo me'morchiligining noyob asari  sifatida e'tirof etiladi. Maqbara qurilishi 1403 yilda Amir Timurning vorisi Muhammad Sultonning  vafot etishi munosabati  bilan boshlangan, Mirzo Ulug‘bek davrida tugallangan  hamda Amir Timur va timuriylar xilxonasiga aylantirilgan. Maqbara o‘rta asr Samarqandning janubiy-sharqiy qismida, Timurning nabirasi Muhammad Sulton XIV asrning oxirida bino bildirgan ansambl qoshida tiklangan.

Maxallamiz xududida buyuk inson Amir Timur maqbarasiga dafn etilganligi sababli, maxallamizga yaxshi niyatlar bilan ”Go‘ri-Amir”  deb nom berilgan.

          Maxalla ziyolilari va faollari : O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi F.Gafarova,G.Barakayeva,  mexnat faxriysi O.Artikov, R.Asatullayeva padpalkovnik I.Tursunov X.Mo‘minov, Z.Haydarov va B.Achilovlar yashab kelmoqda, xamda dosent M.Karimov, A.Nasimov,K.Ashurovlar yashab o‘tgan.

            Chegaradoshligi : “Registon”,”Chaqar”,”Kulolar” va “Chashma” maxalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

            Maxalla ko‘chalarining soni va nomlari : maxallada 9 ta Shoxrux Mirzo, M.Umarov, Oq-saroy, M.Sulton, Universitet xiyoboni, Qizil Yulduz, Qizil Chashma, Yutuq va D.Iskandarov.

            Ijtimoiy soha obe'ktlari : maxallamiz Turistik zona ibo‘lganligi sababli 5-ta katta mexmonxona va 18-ta uy mexmonxonalari, hamda 1-ta №32 MTT  faoliyat olib borilmoqda.

           MFY raislari : 02.02.2003 – 01.08.2009 yilgacha Mansurov Murod “Go‘ri Amir”  maxallasini tashkil qilgan va  nom berib,faoliyat olib borgan. 2009 -2016 yillarda Idoyatov Muxiddin Idoyatovich,2016 yildan bo‘yon Nasimov Boturjon Abdullayevich  maxalla raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.