Samarqand shahri G‘afur G‘ulom MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Andijon ko‘chasi 50
Telefon raqami: 66-231-26-67
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 3502
Ayollar soni: 1670 (47,69%)
Erkaklar soni: 1832 (52,31%)
Xonadon soni: 493
Oila soni: 694
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1714 (48,94%)
tojik1784 (50,94%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz1 (0,03%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on1 (0,03%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa2 (0,06%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shahar “G‘afur G‘ulom MFYning tarixi

      

         G‘afur G‘ulom mahalla fuqarolar yig‘ini  mazkur nom bilan 1964 yildan buyon atalib kelinadi. Samarqand shaharidagi Andijon ko‘chasi 53 uyda joylashgan. 1964 yilga qadar Kenja Yog‘chi  nomi bilan atalib kelingan. Hozirgi kunda mahallada 3556 nafar axoli istiqomat qiladi.

        Mahalla nomining kelib chiqish tarixi qo‘yidagicha: Siyob  tumaniga  qarashli  G‘afur G‘ulom  nomli  maxalla  uzining  tarixiy taraqqiyotiga  ega. Bu  xudud  ilgari  “Yog‘chilar maxallasi” deb  nomlangan. Bunday  deb  nomlanishiga  asosiy  sabab,  maxalla  xunarmandlari  katta-katta  juvozlarda  nixoyatda  sifatli  yog‘-moy  tayyorlab  axolini taminlaganlar. Ayniqsa, Nasri bobo, Kenja yog‘chi kabi xunarmand yog‘chilar o‘z xunarlari  bilan  dong  taratib,  maxallaning,  “yog‘chilar”-deb  nom olishiga  o‘z  xissalarini  ko‘shishgan.  Qulfsoz  Murod  bobo  Primov, temirchi  Rajabbov  va  Sultonovlar  oilasi,  kulol  Kayumbobo  va  shu  kabi xunarmandlar  faoliyat  ko‘rsatganlarki,  ular  tomonidan  tayyorlangan maxsulotlar  to  xozirga  qadar  ayrim  oilalarda  saqlanmoqda.

          1960 yili mazkur mahallada buyuk alloma O‘zbekiston xalq shoiri, akademik G‘afur G‘ulom mahalla faollaridan biri bo‘lmish Maxmud Qorining o‘g‘lining sunnat to‘yiga mehmon bo‘lib kelib qoladi, shunda u bu jozibali diqqatga sazovor mahallada 7 kun mehmon bo‘lib qoladi. Mashhur shoir, akademik G‘afur G‘ulom mahalla ahli bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etib,  o‘zining diltortar she'rlaridan namunalar o‘qib bergan. G‘afur G‘ulom mahalla ahli  o‘rtasida o‘zining ijodi,  odamoxunligi bilan obro‘ e'tibor topadi. Natijada mahalla ahli buyuk shoirga mehr bilan qarab mahallani shu nom bilan atalishini taklif etib, o‘z fikrlarini bayon etadilar.

         “G‘afur G‘ulom” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 14 asrga oid “Ishratxona” nomli tarixiy yodgorlik mavjud.  Bu tarixiy yodgorlikni Temuriylar avlodi bo‘lmish Mirzo Umar Shayx qizining vafoti munosabati bilan qurdirgan. Bu madaniy yodgorlik 8 ta xujrachalardan iboratdir. Hozirda “Ishratxona” tarixiy yodgorligi Davlat muhofazasida bo‘lib qaytadan ta'mirlanishi rejalashtirilgan.

         “G‘afur G‘ulom” mahalla fuqarolar yig‘ini A.Qahhor, S.Ayniy, So‘zangaron, Firuzabog‘, X.Ibrohim, kabi mahallalar bilan chegaradosh hisoblanadi.

         Hozirgi kunda mahallamizda istiqomat qiluvchi mashhur shaxslardan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi musiqashunos kompozitor Ravshan Hamroqulov, keksa pedagog nafaqaxo‘r shoir, gulchi Saidmurod Ilyosov, tajribali travmotolog Asror Maxmudov, Turon fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi Qamar Muazzamov, O‘zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a'zosi -yozuvchi Olimjon G‘afurov va boshqalar yashab ijod etishmoqda.

 Mahallani turli yillarda quyidagilar boshqarishgan: Hamroqulov Bahron-1955-64, Rahimov G‘ani-1964-1979, Negmatov Naim-1976-79, Qosimiv Erkin 1979-2001, G‘aniyev Nosir 2001-2007, Qobilov Nasim 2007-2009, Boltayev Turdi 2009-2016, 2016-yildan boshlab Olimjon Gafurov mahallani boshqarib kelmoqda.