Samarqand shahri Galaosiyo MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: GalaosiyoMFY Galaosiyo kucha 87 uy
Telefon raqami: 66-239-31-83
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 5335
Ayollar soni: 2760 (51,73%)
Erkaklar soni: 2575 (48,27%)
Xonadon soni: 829
Oila soni: 1413
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek3842 (72,01%)
tojik1489 (27,91%)
qoraqalpoq1 (0,02%)
qozoq1 (0,02%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa2 (0,04%)
 
MFY qisqacha tarixi

MFY   nomi:  “Galaosiyo” mahalla fuqarolar yig‘ini

 

 Aholisi   :5335 nafar

 Milliyo tarkibi:  O‘zbek va tojiklardan iborat

Tashkil topgan yili:1997 yil 02 iyul

Mahalla nomini tavsifi va tarixi:    “Galaosiyo” mahallasi Amir Temur Samarqand shaharini poytaxt qilib olgan vaqtdan ushbu nom bilan atalib kelingan bo‘lib, o‘sha davrlarda Obi Rahmat va Siyob ariqlariga 378 ta Osiyo (tegirmon) va Objuvozlar bo‘lgan , ular to‘laligicha Samarqandni un, guruch, yog‘ mahsulotlari bilan ta'minlangan. “Galaosiyo” mahallasi nomi ma'nosi  Gala so‘zi-  ko‘p  degani ma'noni bidiradi, Osiyo so‘zi  fors tilidan olingan bo‘lib – tegirmon ma'nosini bildiradi. Ya'ni  o‘zbek tilida “Galategirmon” ma'nosini  bildiradi, Fors tojik tilida “Galaosiyo” deb nomlanadi.

Mahalla ziyolilari va faollari : “Galaosiyo” mahalla faxri bo‘lgan “O‘zbekiston xalq ustasi” unvoni  sohibi “Hunarmand” uyushma faxriy a'zolari Ismatilloyev Xolmahmat, O‘zbeksiton Badiiy fanlar akademiyasi haqiqiy a'zosi Akademik Haqberdiyev Xudoyberdi va  Badiiy akademiya a'zosi akdemik Nosirov Mansurjon va filologiya fanlari doktori  Akademik Vohid Abdulloyev, Tibiyot fanlari doktori Mahmudov Mizrob, xalq maorifi a'lochisi Maxmudova Bahora va G‘aybulloyeva Zebilar  “Galaosiyo” mahallasida yashaganlar.

 Chegaradoshligi:  “Rasadoxona”  “Xo‘jadoniyor” “Shahriobod” Samarqand tumanidagi “Konigil” “Jo‘ysoy”  va “Qoziarik” mag‘alla fuqarlar yig‘ini bilan chegaradosh.

Mahalla ko‘chalarining soni va nomlari:  Mahallada 6 ta I.Karimov, Galaosiyo Shivar, Shivari bolo, Kamar,  va Zarafshon shoh ko‘chalari mavjud.

 Ijtimoiy soha obyektlari : Mahalla hududida 38- sonli   umumta'lim maktab , “Galaosiyo” masjidi ,”Javohir” restorani , 6 ta oshxona 1ta qabriston va 34 ta tadbirkorlik sube'ktlari joylashgan.

 MFY raislari:“Galaosiyo” mahallasida quyidagi fuqarolar mahalla raisi vazifasida ishlab kelganlar Odilov Rajabboy 1941 -53 yillar,Bozorov Mirvafo 1953-67 yillar, Ashurov To‘xtamurod 1967-75, Jumayev G‘aybullo 1975-86  yillar, Bobobekov Olim 1986-93 yillar, Teshayev Murod 1993-94 yillar, Bozorov Bohdur 1994-98  yillar, Jalolov O‘lmas 1998-2003 yillar, G‘afurov Akmal 2003-2004 yillar ,Raxmatov Ahmad 2004-2010   yillar, Turobov Mansurjon 2010-2011 yillar va Raxmonomv Baxtiyor 2011-  2019 yillar 2019 yildan buyon Turobov Solehjon MFY raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.