Samarqand shahri Bog‘imaydon MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: A.Dexoty ko‘chasi 29-uy
Telefon raqami: 66-238-62-10
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2081
Ayollar soni: 1410 (67,76%)
Erkaklar soni: 671 (32,24%)
Xonadon soni: 539
Oila soni: 285
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek824 (39,60%)
tojik1252 (60,16%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz1 (0,05%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on1 (0,05%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa3 (0,14%)
 
MFY qisqacha tarixi

MFY nomi: “Bog‘imaydon” mahalla fuqarolar yig‘ini.

 

                          

Aholisi: 2081nafar

Milliy tarkibi: O‘zbek va tojiklardan iborat.                         

Tashkil topgan yili: 1996 y.

Mahalla nomining tavsifi va tarixi: Bog‘imaydon XV asrda Mirzo Ulug‘bek asos solgan bog‘ning nomi. Bog‘imaydon sharqda Cho‘ponota tepaligi, janubiy-sharqda Mirzo Ulug‘bek tomonidan barpo etilgan  rasadxona, janubda – Siyob arig‘i bo‘yida Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi bilan tutashgan. Mahallaning o‘rtasidan oqib o‘tayotgan Obirahmat arig‘i uning yam-yashil va ko‘rkamligining asosi hisoblanadi.  Bog‘imaydon haqida “Boburnoma” asarida batafsil ma'lumot berilgan. Mirzo Bobur bog‘ning joylanishi va obod maskan ekanligini batafsil tilga olib, jumladan quyidagilarni yozadi: “Yana pushtai Ko‘hakning domanasida g‘arb sari bog‘e solibtur, Bog‘i Maydong‘a mavsum”. U davrlarda Cho‘ponota tepaligi “Ko‘hak” deb atalgan. Keyinchalik bog‘ o‘rnida katta qishloq paydo bo‘lgan. Ayni paytda Bog‘imaydon qishlog‘i o‘rnida 6 ta mahalla shakllangan. Ulardan biri –  “Bog‘imaydon” MFY. Mahallada azaldan turli kasb egalari yashab kelmoqda. Bular  hunarmandlar, oshpazlar, novvoylar, chevarlar, quruvchi ustalardir. Ayniqsa, Bog‘imaydon nomini ulug‘lagan  ziyolilar mahalla faxri hisoblanadi. Ularning ayrimlari haqida quyida, “Mahalla ziyolilari va faollari” bo‘limida so‘z yuritilgan.  Keyingi yillada mahallada bunyodkorlik va obodonchilik ishlariga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Ichki yo‘llarga to‘la asfalt yotqazildi. Ko‘chalarga tungi chiroqlar o‘rnatildi. Eski simyog‘ochlarni yangisiga almashtrish jarayoni boshlandi. Mahalla markazi yangi qiyofa kasb etdi va mahalla guzari shakllandi.

Mahalla ziyolilari va faollari: Shoir va yozuvchi Abdusalom Dehotiy, dramaturg Abdushukur Pirmuhammadzoda,  respublikada xizmat ko‘rsatgan jurnalist Hojiqurbon Hamidzoda, professor Jalol Mirsaidov, dotsent Abdusalom Samadov, xalq ta'limi sohasida samari faoliyat ko‘rsatgan Melik Sultonov, Abduhalim Sattorov, Amonqul Amriddinov, Muhammadi Rashidov, Azizqul Mavlonov, A'zam A'lamov, Ra'no Kamolova, Anzurat Inoyatova, Xosiyat Amriddinova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi  Rahmatulla Saidnazarov, ko‘p yillar davomida viloyat matlubot jamiyatini boshqargan Qaxramon Nuriddinov, respublika toifasidagi sport hakami Hamdam A'lamov, O‘zbekiston Respublikasi Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a'zosi Toshpo‘lat Rahmatullayev mahalla faollari va ziyolilari sanaladi.

Chegaradoshligi: Bog‘ibaland, Geologlar, Jo‘yichuqur, Obirahmat, Chilstun, Qo‘rg‘oncha mahallalari bilan chegaradosh.

Mahalla ko‘chalarining soni va nomlari: Mahallada 2 ta – Afrosiyob va Abdusalom Dehotiy ko‘chalari mavjud.

Ijtimoiy soha obyektlari: Mahalla hududida Samarqand tibbiyot universiteti  akademik litseyi, 60-umumta'lim maktabi, 16-maktabgacha ta'lim tashkiloti, 3-oilaviy poliklinika filiali, masjid va qabriston joylashgan.

MFY raislari: 1996 yilgacha, mahalla rasman shakllangan vaqtgacha quyidagilar mahalla oqsoqoli vazifasida faoliyat yurgizgan: Abduhamid Isomov, Abduhalim Egamberdiyev, Ochil Rahmonov, Qosim Husenov, Azizqul Mavlonov, To‘raqul Sulaymonov.  Mahalla rasman tashkil topgandan so‘ng unga rais bo‘lganlar: Mamat Sharipov (1996-2005), Shuxrat Qosimov (2006-2011), Ahad Hotamov (2011-2012), Pahlavon Xodjayev (2013-2016), Obid Ochilov (2016-2019), Toshpo‘lat Rahmatullayev (2019 yildan shu kungacha).