Samarqand shahri Bog‘ibaland MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Xuja Isoqi Valiy ko‘chasi
Telefon raqami: 66-232-47-81
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 4792
Ayollar soni: 2413 (50,35%)
Erkaklar soni: 2379 (49,65%)
Xonadon soni: 1049
Oila soni: 1235
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2891 (60,33%)
tojik1906 (39,77%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar6 (0,13%)
koreys0 (0,00%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa0 (0,00%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand  shahar «Bog‘i  Baland»  mahalla fuqarolar yig‘ini

T A R I X I

Samarqand  shahar «Bog‘i  Baland»  mahalla fuqarolar yig‘ini

MFY nomi: «Bog‘i  Baland»  mahalla fuqarolar yig‘ini

( Xo‘ja  Is'hoqi  Valiy     ko‘chasi,   telefon:  +99866  232-47-81)

           Axolisi:   4685 nafar

           Milliy tarkibi: O‘zbek ,tojik , tatarlardan iborat.

           Tashkil topgan yili:1994  yilda  tashkil  topgan.

          Maxalla  nomining  tavsifi va tariixi:

             Amir  Temur  va  Temuriylar  zamonasiga  bog‘larga  katta  e'tibor  berilib,  ular  yana  ham  obodonlashtirilgan.O‘sha  davrda  Bog‘i  Zog‘on, Bog‘i  bixisht,  Bog‘i  Shamol, Bog‘i  Chinor  va  boshqa bog‘lar  qatorida  Bog‘ibaland  ham  barpo  qilingan.

          Bog‘ibaland  Amir  Temur  O‘g‘li  Mironshoxning  qiziga  atab  qurilgan.

          Bog‘ning Bog‘ibaland  deb  atalishiga  sabab  g‘arb  tomonidan  sharq  tomonga ya'ni Cho‘pon  ota  tepaligiga  qarab  zina-zina  bo‘lib  balandlashib  borganligidan  degan  taxminlar  mavjud.

          Mahallaning  paydo  bo‘lishi  mana  shu  bog‘larga  bog‘liq  bo‘lib,  aholisining  bir  qismi  o‘troq,  doimiy  muqim  yashaydigan  hududi  ya'ni  bog‘otning  janubiy qismining  hovlilari  zichroq  joylashgan  bo‘lib,  oralig‘i  20-30  metrni  tashkil  qilgan,  boshqa  bir  qismi  shag‘arda  yashab bog‘otda  dala  hovlisi  bo‘lgan.

          Bog‘i  Baland  mahallasi  2012-yilgacha  Samarqand  tuman  hududiga  kiradi  va  Bog‘i  Baland  qishlog‘i  deb  ataladi.  1994-yilda  Bog‘i  Baland  qishlog‘i  uchta  mahallaga  bo‘linadi.Bog‘iBaland,  Bog‘ibolo, Juyi  chukur  mahallasi.2012-yilda  Samarqand  tumanining  ayrim  mahallalari  Samarqand  shahriga qushildi.Bog‘ibaland  va  Bog‘ibolo  mahallalari  qo‘shilib  Bog‘ibaland  -2  nomi  bilan  Samarqand  shahri  tarkibiga  kiradi.  2016-yildan  boshlab Bog‘ibaland  -2 mahallasi  yana Bog‘ibaland  mahallasi  nomini  oldi.  Bog‘ibaland mahallasiga  fidoyi  insonlar marhumlar  Shodiyev  Abduraxmon,  Xotamov  Xamdam,  Melikov  Jabbor, Muxamadiyev  Musoxon,   Rashidov  Baxron  raislik  qilishgan.O‘zbekiston  mustaqilligi  davrida mahallaga  Baxronov  Mardon,  Quddusov  Yodgor, Shokirov  Mavlon,  Bobojonov  Zoxir,  Abdusalomov  Olimjon,  Aftobov  Ma'rufxon  va  2022-yil  may  oyidan  Nuriddinov  Murodillo  hozirgi  kunga  qadar   raislik  qilib  kelmoqda.

         

 

 

       

 

Maxalla ko‘chalarining soni va nomlari: Maxallada   Tifiqon ,  Oydin  yo‘li,  Javdat  Raxmon ,  Habib  Yusufi,  Anjirzor,  Anjirzor  1-yo‘lak,  Anjirzor  2-yo‘lak,  Anjirzor 3-yo‘lak ko‘chalari mavjud.

Chegaradoshligi: Mahalla  «Yuksalish»,  «Zarafshon”,  «Qir», «Chilstun»,  «Bog‘imaydon”,  “Juyichuqur”  mahallasi  bilan  chegaradosh.

Ijtimoiy soxa obyektlari:Maxallada 3 ta savdo do‘koni,  1 ta maktab joylashgan.

MFY raislari: Baxronov  Mardon,  Quddusov  Yodgor, Shokirov  Mavlon,  Bobojonov  Zoxir,  Abdusalomov  Olimjon,  Aftobov  Ma'rufxon  va  2022-yil  may  oyidan  Nuriddinov  Murodillo MFY raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.