Samarqand shahri Bog‘i Firuza MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Penjakent ko‘chasi 112-uy
Telefon raqami: 66-235-32-62
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 1854
Ayollar soni: 960 (51,78%)
Erkaklar soni: 894 (48,22%)
Xonadon soni: 247
Oila soni: 538
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1090 (58,79%)
tojik752 (40,56%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq1 (0,05%)
rus4 (0,22%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman2 (0,11%)
tatar1 (0,05%)
koreys0 (0,00%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa4 (0,22%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shaxar “Bog‘i Feruza”maxalla fuqarolar yig‘ini tarixi xaqida

MA'LUMOTNOMA

Samarqand shahar “Bog‘i Feruza “maxalla fuqarolar yig‘ini markazi binosi Pendjikent ko‘chasining rekonstruksiya qilinganligi sababli eski mahalla binosi qayta zamonaviy ko‘rinishda qurildi.O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yillik bayrami oldidan ochilish marosimi bo‘ldi va hozirga qadar mahalla xodimlari shu binoda faoliyat yuritib kelmoqda.

Samarqand shahridagi “Bog‘i Feruza” mahalla fuqarolar yig‘ini 1940 yilda tashkil etilgan.Pendjikent ko‘chasi 112 uyda joylashgan.Telefon raqami-235-32-62.

“Bog‘i Feruza“ mahalla fuqarolar yig‘inining oldingi nomi-“Darvozai Qalandarxona” bo‘lgan.Tarixda Hoja Safo Valiy Hazratlari o‘z ahli jamoasi bilan rasmiy qalandarlik tarkibiy tizimini tashkil etib 1700 yillar boshlarida shu yerga kelib joylashib,masjid va kulbalar qurib,shu yerda yashay boshlaganlar.Shu sabab mahallamizning eski nomi “Darvozai Qalandarxon” deb atalgan.Bobo Hoji Safo 1740 yilda vafot etgan va shu yerdagi qabristonga dafn etilgan.Shu sabab “Hoji Safoi Valiy masjidi va uning oldida qabristoni mavjud.

Maxallada istiqomat qiladigan axoli soni 1853 bo‘lib,bunda 7 millatga mansub fuqarolar ahil va inoq bo‘lib yashab kelmoqdalar.Bular-o‘zbek,tojik,rus,tatar,kabardin,rumin va belorus millati halqi.

2016 yil Samarqand shahar kengashi qaroriga asosan mahallamiz nomi “Bog‘i Feruza” mahallasi bo‘ldi. Buyuk sarkarda Amir Temur bobomiz davrida atroflari devor bilan o‘ralgan “Bog‘i Feruza” nomi bilan atalgan 14 asrda yaratilgan bog‘ mavjud bo‘lgan. Shu sababli hududimiz “Bog‘i Feruza “ mahallasi deb nomlandi.

“Darvozai Qalandarxona”-“Bog‘i Feruza “ guzarlari Abu Tohir Xo‘janing “Samariya” asarida ma'lumot berilgan.

Mahallamiz hududida joylashgan madaniy meros obyektlari “YUNYESKO” tasarrufidagi Ashratxona ansambli 14 asrda kurilgan,”Xoji Safoi Vali”masjidi 17-asrda barpo etilgan.

“Bog‘i Feruza”mahalla fuqarolar yig‘ini janub tomondan “Yominiy” va A.Qahhor,shimoldan “A.Jomiy,sharqdan “Charmgari “ va g‘arbdan “G‘,G‘ulom maxallalari bilan chegaradosh.

“Bog‘i Feruza “ mahallamizda bir qator fidoyi insonlar mehnat qilib yashab o‘tganlar.

1. Samadov Same Samadovich 1949 yilda tug‘ilgan, 2007 yilda vafot etgan moarif a'lochisi, O‘zbekiston qaxramoni.

2. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan usta –me'mor Abdug‘affor Haqqulov yashab o‘tgan.

3. Porsoyev Xodixon 1928 yilda tug‘ilgan 2012 yilda vafot etgan O‘zbekiston shuxrat medali sovrindori, Ma'orif a'lochisi.

4. O‘zbekiston Turon akademiyasi faxriy a'zosi Abdullayev Tal'at ,Samarqand Davlat universiteti professori Ishanqulov Toliblar yashab kelmoqda.

5. Hozirgi davrda mahallamiz hududida 5 umumta'lim maktabi,109 –maktabgacha ta'lim muassasi,Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiyava Radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi,”Saxovat” keksalar va nogironlar uyi, “Vatanparvar” harbiy tayyorlovmaktabi joylashgan.