Samarqand shahri Bog‘i Safed MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: X.A.Vali 248uy
Telefon raqami: 991155790
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 3276
Ayollar soni: 1780 (54,33%)
Erkaklar soni: 1496 (45,67%)
Xonadon soni: 533
Oila soni: 912
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2043 (62,36%)
tojik1231 (37,58%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa2 (0,06%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shahar «Bogi Safed» MFY tarixi haqida

 

MA'LUMOT

 

Berilidi Ushbu ma'lumotnoma shu xakdakim Samarkand shaxar «Bogi Safed» maxalla fukarolar yigini 1950-yilda tashkil topgan bulib  Samarqand shahar "Bog‘i Safed" maxallasi manzili: X.A.Vali ko‘chasi 248uy, telefon rakami: 91,5222424, 91,5299603.

         «Bogi Safed» maxalla fukarolar yigini 2017yilgacha «Safedi» deb atalgan. «Bogi Safed» maxallasida 3276 nafar fukaro istikomat kiladi, Ushbu maxallada 5xil millatlar tinch totuv yashab kelmokda.

         Maxallaning kelib chikish tarixi shundan iboratki, aytishlaricha bundan ancha avval 7kiz bulgan yekan, ular doim ok kiyimda yurishgan va xamma ularni xurmat kilgan obru-etiborli oila  yashab utgan yekanlar, ok kiyimda yurganliklari uchun Safedo deb atashgan. «Safed» suzi tojikjadan olingan bulib, oklik, poklik va tinchlik ramzini anglatadi, shuning uchun «Safedi» nomi kelib chikkan.

         «Bogi Safed» maxallasi «Birdamlik» va «Kavola» maxallalari bilan chegaradosh xisoblanadi.

Mahallada ko‘plab madaniy ma'rifiy marosimlar tadbirlar o‘tkazish keng rasm bo‘lgan.  Unda mahallada o‘z davrida  raislik  hamda faol bo‘lgan  Saloxiddinov Sayfiddin, Shodiyev Toxir, Saloxiddinov Abduraxim va boshqalarning xizmatlari katta. Ayniqsa  mahallada raislik qilgan (1985 -2013 yillar) Raxmonov Marufdjon mahallada maktabgacha ta'lim muassasasi va mahalla markazining barpo etilishi va qurilishiga katta hissa qo‘shgan.

Samarqand shahar “Bogi Safed” MFYda 3 ta savdo shahobchalari,  ikkita oshxona,  1 ta mashinalarni yuvish joyi, 2 ta sartaroshxona   joylashgan.  

 Maxallamizda tanikli va uz davrining mashxur insonlari:

Uzbekiston kaxramoni unvonini olgan Mirumar Asadov uzining memorchilik san'ati bilan xalkimiz va maxallamiz kunglidan joy olgan. Xozirgi kunda ularning davomchilari Xalimov Ikrom memorchilik san'atini butun dunyoga tanitib kelmokda. Bu kishi kup marotaba turli kurik tanlovlarda faxrli urinlarni olib kelmokda. Sultonov Axmad xalkimiz, maxallamiz tinchligini saklab kolishda uz xissalarini kushgan urush kaxramoni. Shukurov Murod, Isroilov Raxmatjon, Isroilov Maruf kabi insonlar maxallamizning faxri xisoblanib, professor dotsent bulib yashab utishgan.

Mahalla  hamda unda joylashgan maktab, MTM-da har payshanba kuni jinoyatchilikni oldini olish, o‘quvchilar davomoti, ularning yurish-turishlari bo‘yicha nazorat tahlil tadbirlari olib borilmokda. Mahalladagi oilalarning tinch- totuv yashashlari maqsadida aholini qabul kunlari  grafigi tashkil etilgan va doimiy ravishda oilalarni yashash tarzi bilan tanishib borilmoqda. Aholini ish bilan ta'minlash maqsadida shahar bandlik bo‘limi bilan hamkorlik o‘rnatilgan.

Mahallada keng qamrovli obodonchilik ishlari olib borilmoqda. Jumladan: aholining turar joylari va ko‘chalarini doimiy toza ozoda  saqlanishi, mahalla markazida yangi reja  asosida  gulxonalar, yo‘laklar tashkil qilinishi, mahallada joylashgan «Safedi» choyxonasida  hovuz, yo‘lak  ayvon va boshqa qo‘shimcha xonalar barpo etilib,  namunali darajada kelishi  ahamiyatga molikdir. Oila, mahalla, ta'lim muasasasi  masalasi bo‘yicha mahallada joylashgan 47-umumta'lim maktabi va 21-MTM bilan hamkorlik olib borilmoqda.