Samarqand shahri Bekho MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Guliston 3 ko‘chasi, 36 uy
Telefon raqami: 66-237-32-40
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2045
Ayollar soni: 1025 (50,12%)
Erkaklar soni: 1020 (49,88%)
Xonadon soni: 323
Oila soni: 544
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1052 (51,44%)
tojik987 (48,26%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq1 (0,05%)
rus1 (0,05%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar3 (0,15%)
koreys0 (0,00%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa1 (0,05%)
 
MFY qisqacha tarixi

“Bekho” mahalla fuqarolar yig‘ini haqida so‘z borar ekan avalam bor mahallaning nomi nima ekanligi, uning ma'nosi nima ekanligi bilib olsak! “Bekho” so‘zining ma'nosi forscha tilidan olingan bo‘lib Beklar degan ma'noni bildiradi. Sohibqiron Amir Temur davrida bizning mahallamiz joylashgan hududda davlat ishida ishlaydigan, o‘ziga to‘q Beklar yashaganligi sababli maxallamizga Beklar ya'ni Bekho deb atalgan. Bundan tashqari manba'larga keltirilishicha Bekho so‘zining yana bir manosi Begoh – yani obu havosi tozza so‘lim joy degan ma'nolarni bildiradi.  Mahallamiz mustaqillikning dastlabki yillarida 1994 yilda tashkil etilgan. Shu bilan birga tarixga qarayotgan bo‘lsak bizning mahhallamizda Qodirbek, Shodibek, Raxmatillobek, Sayyorbeklar yashab utganligini keltirib utishimiz mumkin. Bundan tashqari maxallamizda Muqumboyev Karim (sobiq suv xo‘jaligi vaziri  Toshkentdagi mazorda dafn etilgan), O‘rinboyev Mo‘min aka I.I.B general mayor, Muqumboyev Sobir, Mingboyev Zokir, Qaraboyev Axtam, Mirsobirov Mirali, Sobirov Sole kabi bir qator yurtimiz ravnaqiga hissa qushgan fuqarolar tugilib usgan. Shu bilan bir qatorda Bekho mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bo‘lib mahallamizda ishlab uzini boshqalarga o‘rnak bo‘lib ko‘rsatib mahalla mavqeyini shahar,viloyat,respublikamizda yuqori o‘rinlarda turishini taminlab xizmat kursatgan raislardan jumladan: Mansurov Orifqul, Mansurov Rustam, Muxammadiyev Ashraf, Axmedov Vaxob, Nosirov Nasim, Sobirov Muxsin, Sobirov Maxmud, Imomov Shodmon, Nasemov Karim va boshqalar xizmat qilgan. Bugungi kunda mahallamizda 323 ta xonadon, 544 ta oiladan iborat. Mahallada 2045 nafar fuqarodan iborat bo’lib shundan 1016 nafari ayollar tashkil qiladi, milliy tarkibi o’zbeklar va tojiklardan iborat. Maxallamiz drayveri xizmat ko’rsatish sohalari hisoblanadi. Mahallamizda iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli bo’yicha 4 toifaga ajratganimizda 1 toifaga (ehtiyojmand) 26 nafarni, 2 toifaga (yaxshi) 113 nafarni, 3 toifa (ehtiyojmand nogironi mavjud) 18 nafarni, 4 toifa (namunali) 166 nafarni tashkil qiladi.