Samarqand shahri Birdamlik MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Xo‘ja Axrori Vali ko‘cha 110 uy
Telefon raqami: 66-238-75-78
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 1890
Ayollar soni: 980 (51,85%)
Erkaklar soni: 910 (48,15%)
Xonadon soni: 315
Oila soni: 545
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1099 (58,15%)
tojik786 (41,59%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar0 (0,00%)
koreys0 (0,00%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa5 (0,26%)
 
MFY qisqacha tarixi
                                                                                                               «Birdamlik» maxalla fukarolar yig‘ini Axolisi 1890 nafar.                                                                                                               Milliy tarkibi O‘zbek, tojik,tatar va rus  iborat.                                   Tashkil topgan yili: 1958 yilda tashkil topgan.

 

MAHALLA –Vatan ichra kichik vatandir.

MAHALLA-ulug‘ qadriyalarimiz beshigi.

 

MAHALLA  –Shu birgina so‘z zamirida butun olam yezguliklari ,urf-odat va an'analari,qaynoq tafti mujassam.Azaldan Vatani ulug‘lab uning uchun jonini fido  qilgan ajdodlarimiz ,ota-bobolarimiz bizda yurtni sevishni,uni ardoqlashni ,o‘rgatib kelishgan.Shuning uchun ham Vatan ona so‘zi bilan doim birga qo‘llaniladi.Vatanim –onam.

            Birinchi prezidentimiz takidlaganidek ,” Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta mahalla tushunchasi Kostitusiyamizda kiritilib ,uning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va maqomi belgilab qo‘yilgan”Bu maqom hali –haligacha o‘z o‘rnini saqlab ,kundan-kunga yuksalib borayapti.Birgina bizning mahallamiz misolida  oladigan bo‘lsak ,barcha kishilar ahil, inoq yashashadi.Bu albatta mahalladoshlarimizning birdamligidan.

Birdamlik” mahallasi avval ota-bobolarimiz tomonidan                    “ Garmako” mahallasi deb nomlangan.2017 yil 17 yanvardagi Samarkad  shahar Kengashining qarori bilan mahalla fuqarolar yig‘inniga                            “ Birdamlik” nomi berilgan.

“ Birdamlik”mahallasi tarixiy mahallalardan bo‘lib,Xo‘ja Ahrori Vali davrida tashkil topgan  va “ Garmako” nomi bilan atalgan.

Mahalla joylashgan Xo‘ja Ahrori Vali ko‘chasi Samarkandga kiradigan oltita darvozalarning  biri bo‘lgan.

Garmako” mahallasining tarixi shundan iboratki qadim zamonda ushbu yerda odamlar dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar .Katta va keng atroflari baland paxsa devorlari bilan qoplangan bog‘lar ,ekinzorlar, uzumzorlar va poliz ekinlardan iborat bo‘lgan.Jumladan qovun tarvuz ,xususan handalak yetishtirish bilan shug‘ullanganlar.Masalan ushbu poliz ekinlari bilan mashg‘ul bo‘lgan dehqonlar dinastiyasi o‘tmishda Garmako mahallasi qo‘mita raisi Nu'mon bobo bo‘lganlar.Ularning handalakchilikka mansub poliz maydonlari bo‘lgan.

Mahallaning nomi Garmako atalishining boisi ushbu mavze'da ob havoning handalakchilikka muvofiqligi va ko‘plab bog‘lar chegarasida handalak ekilishi va shu maydondagi shirali hamda xushbuy muattar totli handalaklarning dovrug‘i keng tarqalib mahalla aholi o‘rtasida e'tiborga ega bo‘lgan.

Hatto rivoyatlarning biriga keltirilganki Registon maydonidagi Sherdor ,Ulug‘bek va Tillokori madrasalarni qurilishida ishtirok etgan ustoyu muhandislar e'tirof etganki Garmakoga  borib garmak keltiringlar deb aytgan.

Garmak” degan so‘z fors-tojik tilidan olinib qovunning erta pishar na'vi bo‘lib ,shakli dumaloq hidi hamda ta'mi o‘ziga xosdir.

“ Birdamlik” mahalla fuqarolar yig‘ini “ Bog‘i Safed “,                            ” Maroqand” , “ Namozgoh” mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

Birdamlik” mahalla fuqarolar yig‘ini 5 ta ko‘chadan iborat ;

1.Xo‘ja Ahrori Vali

2.Mavlon Nasriyev

3.Turkiston

4.Usmon Yusupov

5.Obod

Mahalla hududida1ta to‘yxona, 3 ta ovqatlanish shaxobchalari, 2 ta xususiy MTM ,1ta  sport kompleksi, 1ta “ Doktor Fuzuliy” xususiy klinikasi,10 ta savdo do‘konlar mavjud.

 

2016-2019 yillarda Alimov Uktam Sirojiddinovich

2019 -2022 yillarda Sadikov Odiljon Alimovich

2022 yil may oyidan Dotsent Xakberdiyev Pardakul Supxonovich                “ Birdamlik” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi sifatida faoliyat yuritmoqda .