Samarqand shahri Yuqori Xo‘ja Soat MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Sarxovuz ko‘chasi 17-uy
Telefon raqami: 991155776
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 4100
Ayollar soni: 2010 (49,02%)
Erkaklar soni: 2090 (50,98%)
Xonadon soni: 710
Oila soni: 710
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2069 (50,46%)
tojik17 (0,41%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq2 (0,05%)
rus4 (0,10%)
qirg‘iz1 (0,02%)
turkman0 (0,00%)
tatar15 (0,37%)
koreys2 (0,05%)
eroniy1987 (48,46%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa3 (0,07%)
 
MFY qisqacha tarixi

Yoshi ulug‘ kilishlarning ko‘plaridan og‘zaki suhbat vaqtida Xo‘ja-soat maxallasining bunday nom olishiga quyidagicha rivoyat bor.

Qaysi bir davrda hasta bo‘lgan kishi, ya'ni xo‘jalardan qaysi bir sabablar bilan shu joyga kelib dam olishuchun to‘xtab qolgan va ozgina mizg‘igan. Bu yerning xavosi menga yoqayapti deb, birnecha kun yashagan va to‘la davolangan ekan. Shu yer dadavolanish davrida bir kishi tomonidan xar kuni kerakli oziq-ovqatlar bilan ta'minlanib turgan. Uning tanish-bilishlari xo‘janing odamlaridan «Xo‘ja sihatmi?» deb suraganlarida «Xo‘ja sihat» deb javob bergan.

Xo‘ja sihat maxallasining paydo bulishiga sabab quyidagilar bulgan:

1750-1780 yillar orasida bu yerlar ekin maydonlari bo‘lib, fakat arpava bug‘doy ekilgan. Panjob maxallasi eroniylar maxallasi bulib, shu maxala atrofida eroniylar Registon tomonidan va chorraxada yashagan beklari, kosiblari Buxorodan qaysi bir sabablarga ko‘ra kelgan eroniylarga shu lalmi yerlardan berilgan. Keyinchalik shu yerlarga chashmalardan suv tashib kelib, tok-uzumzorlar yaratilgan, chunki tok qishda to‘yib ikki marta suv ichishi yaxshi hosil olish uchun kifoya

1780 yillarga kelib xama eroniylar maslahatlashib, Xazormexdan ariq kazib suv olib kelganlar. Bu suv xama eroniylar yashagan maxallalarni suv bilan ta'minlagan. Shuning uchun bu ariq eron ariq xam deyiladi. Birlamchi og‘zaki ma'lumotlarga karaganda bobolarimizning bobosi birinchi bo‘lib bu yerlarga kelib, yoz vaqtida chayla kilib yashab, keyinchalik ko‘tonlar qurib keyin esa xar joyda qurg‘onlar qo‘rib yashay boshlagan. Aytishlariga qaraganda, avval 10-12 qurg‘on bo‘lgan xalos.

1949 yilda xujar sistemasini yuqotish, qishloqlarni tartibli joylashtirish maqsadida tarqoq qurg‘onlar, bir tartibda qurilish qila boshlaganlar. 1960-yildan keyingi davrda Samarqand shahar urinlarida mikrarayon tashkil qilishi vaqtida davlatningqurgan binosida yashashni istamaganlar shu maxallaga ko‘chib kelishi natijasida, Xuja-soat maxallasi kengayib qisqa darvda kengayib ketdi. Xuja-soat maxallasi kengayib ketganligi sababli hozirgi vaqtda uchga bo‘linib, Panjob tomoni ya'ni Yuqori Xo‘ja-soat nomini olgan.

Ulug‘ vatan urishi davrida ko‘plab qarindosh yigitlar urushda qatnashib 60% urushda vafot etgan. Qaytib kelganlar xam hozirgi kungacha vafot etdilar. Biror kishi qolgan emas. Afg‘oniston urushida 6-nafar Yuqori Xo‘ja-soat maxallasi yigitlari urushda qatnashganlar.