Samarqand shahri Hamid Olimjon MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Nurobod ko‘chasi, 120 uy
Telefon raqami: 66 239-85-94
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 1401
Ayollar soni: 797 (56,89%)
Erkaklar soni: 604 (43,11%)
Xonadon soni: 231
Oila soni: 529
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek886 (63,24%)
tojik453 (32,33%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq2 (0,14%)
rus3 (0,21%)
qirg‘iz1 (0,07%)
turkman4 (0,29%)
tatar0 (0,00%)
koreys7 (0,50%)
eroniy43 (3,07%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa2 (0,14%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shahar «Hamid Olimjon» mahallasining tarixi

«Hamid Olimjon» mahallasi uzoq tarixga ega. 1920-yillarda «Talliregak» nomi bilan yuritilgan bo‘lib, o‘sha yillari guzarlar deb atalgan. Keyinchalik «Nodirboy» nomiga o‘zgartirilgan. Mahallamiz ko‘chaliri ko‘p bo‘lganligi uchun «Hiroti» qishlog‘iga aylantirilgan. Ushbu davrlar oralig‘ida buyuk yozuvchimiz Hamid Olimjon Samarqand Davlat Universitetida o‘qishni boshlaganlar va bizning «Hiroti» qishlog‘ida ijaraga turib o‘qiganlar. 1970 yillarga kelib Mahallamiz nomini «Hamid Olimjon» nomiga o‘zgartirilgan.

Ilgari ushbu mahallada qishloq bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi vaqtda kelib 4 ta ko‘cha, 1400 dan ortiq aholi, 230 tadan ziyod oila, turli xil millat vakillari inoq yashab kelmoqda.

Ushbu mahallada Rofiyev Rahmon aka (20 yil), Abdullayev Mullaboy aka (5 yil), Sharipov Zarif aka (33 yil), Razmatov Ne'mat aka (3 yil), Sherniyozov Axmat aka (3 yil) va Raximova Shoista opalar (2 yil) raislik vazifasida ishlab kelgan. 2018 yildan to 2022 yilgacha MFY raisi lavozimida Kosimov Odil fidokorona ishlab kelgan.

Samarqand shahar «Hamid Olimjon» mahallasi hududida «Ma'naviyat va ma'rifat markazi» (markazda mahalla kutubxonasi, ingliz tilini chuqur o‘rgatadigan kurs, kompyuter saboqlari kurs, shahmat-shashka klubi, stol tennisi klubi, fitnes zali joylashgan), Viloyat Milliy Gvardiya qo‘riqlash xizmati korxonasi, 2 ta sartaroshxona, 4 ta oziq-ovqat do‘koni, hamda go‘sht mahsulotlari bilan savdo qiluvchi do‘konlar joylashgan. Undan tashqari 3 ta go‘zallik salonlari, 3 ta kelinlar liboslari salonlari, 2 ta parda tikish tikuvchilik do‘konlari va bolalar uchun o‘yinchoq do‘konlari mavjud.