Samarqand shahri Ahmad Yassaviy MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Turon ko‘chasi 4 pr 1 uy,
Telefon raqami: 91-554-57-07
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 1945
Ayollar soni: 1067 (54,86%)
Erkaklar soni: 878 (45,14%)
Xonadon soni: 342
Oila soni: 534
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1170 (60,15%)
tojik765 (39,33%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus0 (0,00%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar8 (0,41%)
koreys0 (0,00%)
eroniy0 (0,00%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa2 (0,10%)
 
MFY qisqacha tarixi

Mustaqillik arafasida, xususan, O‘zbekiston istiqlolga erishgandan keyin yassaviyshunoslikda yangi davr boshlandi. Dastlabki turli gazeta va jurnallarda “Devoni hikmat”dan namunalar e'lon qilingan bo‘lsa, 1990-1992 yillarda uning 2 mustaqil nashri kitobxonlar qo‘liga yetkazildi. Ushbu nashrlar nafaqat O‘zbekistonda Yassaaviyga bag‘ishlab ilmiy anjumanlar o‘tkazilib, ma'ruzalar matni aloxida majmua shaklida chop etildi. Matbuotda Yassaviyning shaxsiyati, tariqati, she'riyatidan bahs yuritilgan maqolalar bosilib chiqdi. O‘zbekistondagi bir qancha ko‘cha va mahalla Yassaviy nomi bilan atala boshladi. Shu bois: bizning mahallamizga “Ahmad Yassaviy” nomi berildi.

Samarqand shahridagi “A.Yassaviy” maxallasi 1993-yil tashkil topgan bo‘lib, 1993 yilgacha ota-bobolarimiz tomonidan hashar yo‘li bilan mahallaga tegishli bo‘lgan katta va kichik  xonalardan iborat mahalla markazi qurilgan edi. Bu bino o‘sha davr talabiga ko‘ra unga moslab qurilgan hamda jihozlangan edi.

 “Ahmad Yassaviy” mahalla fuqarolar yig‘ini “M.Qo‘g‘iroqdor”, “Bunyodkor”, “M.Ulug‘bek” va “Dukchiyon” mahalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

1993 yillarda mahalla binosining  yonidan mahalla fuqorolari tomonidan hashar yo‘li bilan fa'ollar zali, 10 metrli ayvon qurilib foydalanishga topshirilgan. Bu joyda mahalla yoshlari va aholisi shashka, shaxmat kabi sport o‘yinlari orqali hordiq chiqarishgan va bir-birlari bilan fikr almashishgan. Mahalla xududida “Mirzo Ulug‘bek” bog‘i joylashgan. Hozirgi kunda bog‘da obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Mahalla binosi yonidan sartaroshxona, novvoyxona, oziq-ovqat do‘koni, “A'zam bobo” to‘ybazmgohi, “Samira” xususiy MTTlar fuqarolarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.  

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng 1993 yildan boshlab esa mahalla nomi «Ahmad Yassaviy” nomi bilan   atalib kelinmoqda.  «A.Yassaviy” MFY xududida 10 dan ortik millatlar istikomat kilib keladi. Mahalla xududida 13 ta ko‘chadan iborat bo‘lib: 4 ta ko‘p qavatli uy (179 ta)xonadonlardan iborat, 9 ta ko‘cha (166 ta) xonadonlarini   o‘z ichiga oladi.

Mahalla hududida jami 345 xonadondan iborat bo‘lib unda 545-tadan ortiq  oilalar yashamoqda. Aholi soni 2089-tani tashkil qiladi. Mahallada 432 tadan ortik voyaga yetmaganlar bor.

Mahalla xududida 13 ta oilalar “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritilgan. Bundan tashqari 43 nafar xotin qizlar “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kirgizilgan bo‘lib. Unda asosan boquvchisini yo‘qotgan, ko‘p farzandli oilalar, ishsiz xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar ruyxatga olingan. Mahallada saxovatpesha insonlarga, kuli ochik xomiylar borligi sabab mahalladagi ko‘plab muammolar o‘z vaqtida yechimini topmoqda. Ularning sa'y xarakatlari bilan mahallada istiqomat qiladigan bir necha kam ta'minlangan oilalar, boquvchisini yo‘qotganlar, yakka-yolgiz kariyalar xolidan tez-tez xabar olinib, ularga moddiy va ma'naviy yordam kursatib kelinadi.

«A.Yassaviy” MFY –da bir kator ziyoli el xurmatiga sazovor bo‘lgan insonlar, hunarmandlar, tadbirkorlar yashab utgan va yashamokdalar.