Samarqand shahri Xo‘ja Soat MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Sattepo 139uy 55 A-xona
Telefon raqami: 991155768
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 4560
Ayollar soni: 2395 (52,52%)
Erkaklar soni: 2165 (47,48%)
Xonadon soni: 1094
Oila soni: 1190
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2460 (53,95%)
tojik289 (6,34%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq2 (0,04%)
rus4 (0,09%)
qirg‘iz1 (0,02%)
turkman0 (0,00%)
tatar15 (0,33%)
koreys2 (0,04%)
eroniy1783 (39,10%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa4 (0,09%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarkand shahar «XUJA SOAT» mahallasi tarixi

(Maxalla tugrisida kiska ma'lumot: Maxalla tashkil etilgan sana – 1988 yil. Nomi “Xuja Soat” MFY. Axolisi – 4560 nafar.Milliy tarkibi – maxallamiz kup millatli bulib, asosan uzbek, tojik, rus, tatar, koreys va boshka millatli fukarolar yashamokda.)

Samarkand shaxar “Xuja soat” maxalla tarixi xakida suz borganda Xuja Sixat forscha-tojikcha suz bulib, tani-joni sogligini bildiradi. Samarkand tumani Kattakurgon arik kishlok fukarolar yiginiga karashli edi. Temuriylar davrida xozirgi Xuja sixat xududida axoli yashamagan. Bu yerda bogi-roglar, baland xovlilar, yashil xosildor yerlar bulgan. Samarkand shaxrida yashagan katta ulamo shayx Xomish degan shaxs bulgan. Shayx yoki Xuja Xomish asli xozirgi Urgut tumanining Koman garon kishlogidan bulgan. Shu mu'tabar inson Xuja Xomish ogir kasallikga chalinadi. U kishi bulgusi Xo‘ja sixat yerlariga kelib, yashab shu yerda kasallikdan tuzaladi. Chunki obi-xavosi, iklimi, xozirgi zamon tili bilan aytsak ekologiyasi juda yaxshi bulgan. Tez orada yirik ulamo shayx Xuja Xomish davo topadi, tani sixat buladi. “Xuja Sixat” bulibdi - degan gap-suzlar Samarkand shaxriga tarkaladi.

Samarkand boylari, savdogarlar, amaldorlar bu yerlarda bogi-roglar barpo etadilar, baland xovlilar, sugorish inshoatlari kurganlar. Asta-sekin bu yerlarga xovlilar barpo etilgan. Pirovard natijada bu yerlar uzil-kesil Xuja sharafiga Xuja Sixat nomini olgan. Bu ishlar va vokealar 16-17 asrlarga tugri keladi. 18-asr oxirlarida Xuja Samarqand shaxrining Chorroxa, Panjob guzarlaridan maxalliy eronilar kuchib kelib, Xuja Sixatning yirik axolii mintakasiga aylantirilgan. Ular 1780 yilda Dargom kanalidan “Eronilar Arigi” deb nomlangan, xozirgi “Katta Arik” suv yulini barpo etganlar. Axoli mazkur suv inshoati atrofida jipslasha borib, keyinchalik shu yerlarda yangi maxallalar yuzaga keldi. Ular yirklasha borib. Xuja soat, Damarik, Kulangi, Beklar, Saidlar, Ajdarlar, Nayman, Dung kishlok, Kullar bogi, Katta ravot, Yangi ravot, ming tut nomlarini olganlar. 1870 yilda xozirgi Ishtixon tumani Zarband kishlogidan kelganlar. Xuja soatning Zarbandliklar kishlokchasiga asos solganlar. Vakt utishi balan Xuja sixatga Samarkandliklar kuchib kelib, urnashib kelmokda, shuning uchun Xuja soatning axolisi 15 ming kishidan oshib ketishini xisobga olib, 4 ta mustakil maxallaga bulindi: Xuja soat, Yukori Xuja Soat, Urta Xuja Soat, Quyi Xuja Soat maxallalariga bulindi.

Xuja Soatning loyixasi zamonaviy loyixa asosida bulganligi uchun, kuchalari ravon, keng, yorig bulib, kichik shaxarchani eslatadi.

“ Xo‘ja Soat” mahallasi 1988 yil tashkil bulib, 2000 yilgacha Toshev Toxir, 2000 yildan 2009 yilgacha Sattorov Baxtiyor, 2009 yildan 2014 yilgacha Xalikov Ubaydulla, 2014 yildan 2016 yilga kadar Akramova Sojida boshqargan. 2016 yildan 2022 yilga kadar Djumayev Musin Muxiddinovich boshkargan. 2022 yil iyun oyidan buyon Ashurov Tolib Usmanovich boshkarib kelmokda.

Bu davrlarda mahalla qo‘mitasining asosiy vazifasi aholining to‘y-ma'rakalarni o‘tkazishni boshqarish, talab qilinganda yashash to‘g‘risida ma'lumotnomalar yozib berishdan iborat bo‘lgan. Aholi oilaviy janjallardagina mahalla rahbariyatiga murojaat qilishgan, xolos. Shuningdek, mahallada turli xayriya tadbirlari ham uyushtirilib turilgan, aholining eng kam ta'minlangan qatlamlariga moddiy yordamlar va turli ehsonliklar tarqatilib borilgan. Baholi qudrat obodonchilik ishlari amalga oshirilgan.

“Xo‘ja Soat” mahallasi vakillarining 2016 yil iyun oyida “Maxalla oksokolini saylovi” natijasiga kura Jumayev Musin Muxiddinovich mahalla fuqarolar yig‘ini raisi etib saylandi.

Shu davrdan boshlab mahalla qiyofasida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. 2016 yildan to xozirgi kunga kadar mahalla xududida “Turizm maishiy xizmat kursatish” kasb xunar kolleji, 55-son Umum ta'lim maktabi, 106-sonli Maktabgacha ta'lim muassasi, 6 ta Guzallik saloni, bichish-tikish atelyesi va ozik-ovkat va kiyim –kechak dukonlari, internet klublari, dorixona, meditsina ofisi, payafzal tamirlash xonalari, nonvoyxona va sartoroshxonalar ishlab turibdi. Kutubxona barpo etildi.

Shu bilan birgalikda mahallada hududida maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, qator oziq-ovqat va go‘sht do‘konlari, ikkita avtomobil xizmat ko‘rsatish shoxobchalari el xizmatida. port maydonini va suv sport kompleksini qurish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi. Mahalla ko‘chalarining barchasiga to‘liq asfalt yotqizildi. Maxalladagi 23 kup kavatli uylarning fasadi bo‘yalib, piyodalar yo‘laklari tashkil etildi va barcha ko‘chalardagi uylar oldida gulzorlar yaratildi.

Aqidaparastlik, terrorizm, missionerlikning oldini olish maqsadida profilaktika noziri hamda 55-maktab jamoasi bilan birgalikda uchrashuvlar o‘tkazilib kelinmoqda. Maxallada Xalq bayramlarida ya'ni “Navruz” bayramida 10-son mexribonlik uyida tarbiyalanuvchi 10 ta bolaning xatna tuyi utkazildi. Shuningdek maxallada kam ta'minlangan oilalardan biri Nazarov Ravshanning farzandlarining xatna tuyi utkazildi.

Maxallada istekomat kilib kelayotgan xotin-kizlarning bandligini ta'minlash maksadida bankdan kredit berib, ularga tikuv mashinasi olib berildi.

Ajrimlarning oldini olish, oilalardagi tinch-totuvlikni ta'minlash, kelin-qaynonalar o‘rtasidagi munosabatlarni optimallashtirish maqsadida “Qaynonalar kengashi” tashkil etilgan. Maxallada ajrimlar oldini olish, turmushga chiqish yoshida bo‘lgan qizlarni turmush maktabiga tayyorlash mavzusida o‘quv seminar o‘tkazib turilishi odat tusiga kirgan.

Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, yarashtiruv komissiyasi, profilaktika nozirlari va “Xuja Abdu Mumin” jomye masjidi imom xatibi J. Xotamov tomonidan mahalladagi mavjud notinch oilalarda tushuntirish ishlari muntazam ravishda olib borib turiladi. Uzaro kelib chiqqan nizolarni joyida bartaraf etish ishlari joriy etilgan.

Mahalladagi sport zalida sog‘lom avlodni munosib tarbiyalash maqsadida turli sport tugaraklari tashkil etilgan. Alohida murabbiylar tayinlanib, voyaga yetmagan yoshlarni sportga jalb etish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Barcha mashg‘ulotlar bepul o‘tkaziladi.

Bu holat atrof mahallalar ichidagina emas, butun shahar, viloyat va hatto Respublikada ham odamlarning og‘ziga tushdi. Bu yerga oddiy fuqarolardan tortib Senatorlargacha tashrif buyurganlar mahallada amalga oshirilayotgan ishlardan faqatgina qoniqish olgan holda mamnuniyat bilan chiqib ketmoqdalar.

2022 yilning 1 iyulidagi holat bo‘yicha mahalladagi xonadonlar soni 1090 tani, aholisining umumiy soni 4560 nafarni, oilalar soni 1464 tani tashkil etgan. Mahalla ahli tadbirkorlikning turli sohalari bilan shug‘ullanadi.