Samarqand shahri Hofiz Sheroziy MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Sattepo 10 a uy
Telefon raqami: 915315256
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 4673
Ayollar soni: 2450 (52,43%)
Erkaklar soni: 2223 (47,57%)
Xonadon soni: 1338
Oila soni: 1425
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek4425 (94,69%)
tojik126 (2,70%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq2 (0,04%)
rus18 (0,39%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman2 (0,04%)
tatar7 (0,15%)
koreys2 (0,04%)
eroniy89 (1,90%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa2 (0,04%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shahar “Hofiz Sheroziy”  

(MFY binosi Sattepo maskani 10a uyda joylashgan)

 

Xonadonlar soni                         1342 ta

Oilalar soni                                1425 ta

Axoli soni                                       5324 nafar

Erkaklar                                           2559 nafar

Ayollar  soni                                    2765 nafar

Mahalla hudidi                           27 ga

 

“Hofiz Sheroziy” MFY raisi Z.Sunnatov  (97) 933-55-00

MFYda hokim yordamchisi  Sh.Abduraximov(90) 602-32-22

MFYda Xotin-qizlar faoli F.Muratova   (97) 399-92-59

MFYda yoshlar yetaksi Sh.Bekchayev                    (97) 611-94-24

 

       

MAHALLA TARIXI

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch” asarida fuqarolar yig‘inlarining  faoliyatiga yuksak baho berilgan. Jamiyat bunyodkori bo‘lmish yangi insonni tarbiyalashda hozirgi paytda mahallamizda samarali faoliyat olib borayotgan, bu noyob tuzilma yosh yigit va qizlarimizni mustaqil hayotga kirib borishi, yosh oilalarning jamiyatdan o‘ziga munosib o‘rin topishida bu fidoiy va mehribon jonkuyar odamlarning qanchalik muhim rol o‘ynayotganini hurmat bilan e'tirof etganlar.:

            Hofiz Sheroziy (1325—1388) Shamsuddin Muhammad Hofiz Sheroziy Eronning Sheroz shahrida tug‘ilgan. Lekin butun umri davomida ona shahridan chetga chiqmagan bu«isonafaslik rindi Sheroz» (Navoiy) o‘zining

yoniq she'rlari bilan yarim dunyoni egalladi va o‘zidan keyingi Sharqu G‘arb adabiyotiga katta ta'sir ko‘rsatdi. Buyuk nemis shoiri Hyote Hofizni«noyob uslub dahosi», «muqaddas Hofiz» deb  ulug‘lab,  uning  ta'sirida «G‘arbu  Sharq  devoni»ni  yaratgan  bo‘lsa,  V. Jukovskiy, A.Pushkin,  Yu. Lermontov,  A. Fet,  S. Yesenin  kabi  rus  shoirlari  Hofizdan  ilhomlanib, «hofizona» ohanglarda she'rlar yozganlar, uning ijodini yuksak baholaganlar. Sharqda esa Sheroz bulbulidan ta'sirlanmagan shoirning o‘zi yo‘q hisobi. Mashhur hind shoiri va mutafakkiri Muhammad Iqbol Hofizni buyuk sehrgar, deb luft etgan edi. Chindan ham dunyo adabiyotida so‘zni Hofizday ming bir maqomda o‘ynatgan, so‘zga ming bir ma'no yuklagan, so‘zni ming bir sehru sinoat pardasiga o‘ragan yana bir shoirni topish mumkin  emas.  Hofiz  she'rlari  tabiiyligi,  samimiyligi,  hassos  bir  muhabbat  va  yuksak badiiyatga yo‘g‘rilganligi, mazmuni teran va serqatlamligi, falsafasining quyuqligi, nozik ishoralarga boyligi, uslubining murakkabligi uchun ham unga«lison ul-g‘ayb» — «g‘oyibning tili» sifatini berganlar. Hofiz Sharqda shunchalik shuhrat tutganki, uni muqaddaslashtirib, ilohiylashtirib, devonini fol kitobiga aylantirganlar. Shoir devoni madrasalarda maxsus darslik sifatida o‘qitilgan. Sharqda hofizxonlik katta shuhrat qozongan.

Hofiz hammayoqni vayronaga aylantirgan mo‘g‘ullar hukmronligi inqirozga uchrab, mayda xonliklar o‘rtasidagi o‘zaro toju taxt talashlari avj olgan, bundan xalqning tinkasi qurib, ahvoli xarob bo‘lgan bir davrda yashab ijod etdi. Uning davrida Sheroz 5 marta ana shunday janglar  girdobiga  tortilib,  o‘zi  vayron,  xalqi  qatli  om  qilindi. 50  yil(1338—1388) mobaynida 6 marta podshoh almashganligi ham shoir yashagan davrning notinchligini ko‘rsatadi. Bu narsa uning ijodiga ta'sir etmasligi mumkin emas edi. Ma'shuqa ta'rif-tavsifi, visol lazzati-yu,  hijron  hasratini  tarannum  etish  vositasi  bo‘lgan  g‘azalga  Hofiz  ijtimoiy mavzular, falsafiy fikr-mulohazalarni omuxta qildi. U ishq atalgan ulkan va bepoyon mavzu ichiga Olam va Odam dardini, o‘z davrining o‘tkir ijtimoiy muammolarini dadil olib kirdi va mahorat bilan she'rga soldi. Hofizni Hofiz qilgan narsa aslida shu. Shoir insonning orzu-intilishlari,  quvonchu  qayg‘usi,  dardu  tashvishlari,  muhabbati,  fikru  o‘ylarini  avj pardalarda kuylash bilan adabiyotning asosiy obyekti inson ekanligini amalda isbotladi. Shuning uchun ham, mana, VII asrdirki, uning shuhrati zarracha kamaygan emas, balki aksincha, kundan-kunga ortib bordi va bundan keyin ham shoir ijodiga bo‘lgan qiziqish so‘nmasligi shubhasiz. Hofizdan bor-yo‘g‘i bir devon meros qolgan. Shuni ham uning o‘zi tuzmagan. Bu ishni Hofiz vafotidan30—40 yil keyin shoirning do‘sti va shogirdi Muhammad Gulandom amalga oshirgan. Lekin shu birgina devoni bilan ham u yarim dunyoni egalladi. Firdavsiy  masnaviyni,  Umar  Xayyom  ruboiyni  qanchalik  takomilga  yetkazgan  bo‘lsalar,

Hofiz  Sheroziy  ham  g‘azalni  shunchalik  yuksak  poyaga  ko‘tardi.  Mana,  necha  asrlardan  buyon ruboiyda biror shoir Umar Xayyomga yetolmagani kabi, g‘azalda ham hech kim Hofizning oldiga tusholgan emas. Hofiz  ijodidan  namunalarni  o‘zbek  tiliga  Xurshid,  Muinzoda,  Chustiy,  Vasfiy,  Sh.Shomuhamedov,  J.  Jabborov,  E.  Vohidov,  M.  Kenjabek,  O.  Bo‘riyev  kabi  fors-tojik adabiyotining bilimdonlari tarjima qilganlar.

              Samarqand shahridagi “Hofiz Sheroziy” nom  berilgan .   Aslida ko‘p asrlar davomida mahalla Sattepo  nomi bilan atalib kelingan. 1996 yilgacha ota-bobolarimiz tomonidan hashar yo‘li bilan mahallaga tegishli bo‘lgan Sattepo 10 uy oldida  4 ta katta va kichik  xonalardan iborat mahalla markazi qurilgan edi. Bu bino o‘sha davr talabiga ko‘ra unga moslab qurilgan hamda jihozlangan edi.

“Hofiz Sheroziy” MFY Sattepoda  “Guliston” MFY, “Sa'diy Sheroziy” MFY, “Yangiqurg‘on” mahallalar bilan chegaradosh.

         1996 yillarda mahalla binosining  yonidan mahalla fuqorolari tomonidan hashar yo‘li bilan 150  kv metr fa'ollar zali   qurilib foydalanishga topshirilgan. Bu joyda mahalla yoshlari va aholisi shashka, shaxmat kabi sport o‘yinlari orqali hordiq chiqarishgan va bir-birlari bilan fikr almashishgan. Mahalla binosi yonidan katta ariq suvi o‘tgan bo‘lib, bu ariq suvidan bir vaqtning o‘zida 6 ta mahalla aholisi foydalangan.  

           Bir necha yillar avvaldan mahallaning nomi “Sattepo” nomi bilan atalib kelingan bo‘lsa 1996 yildan   boshlab mahalla nomi “Hofiz Sheroziy” nomi bilan atalgan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng 1996 yildan boshlab esa mahalla nomi “Hofiz Sheroziy” nomi bilan   atalib kelinmoqda.  “Hofiz Sheroziy” MFY xududida 10 dan ortik millatlar istikomat kilib keladi. Mahalla xududida asosan kup qavatli uylardan iborat bo‘lib, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10 ,1 2, 13, 14, 15, 16, 17, 17a, 17b, 18a, 18b, 18v, 18g, 18d, 18e, 20,  22 va 23-sonli  uylarni o‘z ichiga oladi.

Mahalla hududida jami 1338 xonadondan iborat bulib unda1425-tadan ortiq  oilalar yashamoqda. Aholi soni 5323-tani tashkil qiladi. Mahallada 1200 tadan ortik voyaga yetmaganlar bor.

          Mahalla xududida 18 ta oilalar “Temir daftar” ro‘yxatiga kiritilgan. Bundan tashqari 45 nafar xotin qizlar “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kirg‘izilgpn bo‘lib. Unda asosan yolgiz onalar, kup farzandli oilalar va bokuvchisini yukotganlar ruyxatga olingan. Mahallada saxovatpesha insonlarga , kuli ochik xomiylar boligi sabab mahalladagi ko‘plab muammolar o‘z vaqtida yechimini topmoqda. Ularning sa'y xarakatlari bilan mahallada istiqomat qiladigan bir necha kam ta'minlangan oilalar, boquvchisini yo‘qotganlar, yakka-yolgiz kariyalar xolidan tez-tez xabar olinib, ularga moddiy va ma'naviy yordam kursatib kelinadi. “Hofiz Sheroziy” MFY –da bir kator ziyoli el xurmatiga sazovor bulgan insonlar yashab utgan va yashamokdalar. Mahalla yiginining diniy ma'rifat va ma'naviy – axlokiy tarbiya masalalari buyicha maslaxatchisi tomonidan xar bir mahalla xonadonlariga kirib voyaga yetmagan yoshlar bilan suxbat utkazadi,oilada reproduktiv salomatlik, kizlarni turmushga tayyorlash, yakin karindoshlar urtasidanikoxning , kizlarning erta turmushga uzatishning okibatlari xakida aloxida tushuntirish ishlari olib boradi.

          Mahallada yil moxiyatiga kura ijtimoiy-iktisodiy masalalar ,  xususan “Fa'ol tadbirkorlik , innavatsion goyalar va texnalogiyalarni kullab kuvvatlash yili” Davlat dasturiga asosan “2017-2021 yillirda “ Uzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yunalishi buyicha Xarakatlar strategiyasida” kuzda tutilgan ulkan maqsadlar bugungi kunda axolini ish bilan ta'minlash, yoshlarni bush vaktini unumli utkazish uchun kup ishlar olib  borilmokda.”Hofiz Sheroziy” MFY xududida sport ustalari, chempionlar yashab kelmokda. Masalan 17 uy 32 xonadonda yashovchi Usmonova Nuriniso Olimovna,  Usmonova Farzona Olimovna va boshka yoshlar xam sport musobakalariga katnashib, chet ellarga borib keladi va Uzbekiston Respublikasi buyicha gimnastika   chempioni bulgan. Orden Medal, kuboklar bilan takdirlangan.

         Mahallada namunali oilalar 280 tani tashkil kiladi.

Mahalla tashkil topganidan buyon, mahalla fa'ollari uz xissalarini mahalla obodonchiligiga  jonbozlik kursatib kelmokdalar. 1985 yildan boshlab Asror bobo, Amri bobo, Firdavs aka, Olimaka, Sharofat xodim xola, Salim aka,  Anvar aka, Sole bobo, Salim akalar  va boshka mahalla fa'ollari marosim tuylarni utkazishga, mahalla obodonchiligiga uz xissalarini kushib kelganlar.

           2001 yildan Axmadov Anvar Xamidovich  mahalla raisi bulib ishlagan,

           2002-2005 yilgacha Olim aka Xojimametov,

           2005-2008 yilgacha Sharipov Mamasharif,

           2008-2010 yilgacha Nurullayev Orif Eshqulovich

           2010- 6 oyga Tolibova Mutabar

           2011- 2015 yilgacha Salimov Baxodir

           2016-2022 yilgacha Xolikov Alisher Amrilloyevich

   2022 yil may oyidan Sunnatov Zafar Qudratovich      rais vazifasiga  ishlab kelmokda.

                “Hofiz Sheroziy” MFY xududida 1-ta  umumta'lim maktabi va 1-ta Maktabgacha tarbiya muassasasi  mavjud. 4-ta  XUJMSH , yani “Dilkom Nur”, “Omad”, “Dustlik” , va “Sattepo xayot kommunal servis” shirkatlari mahalla xududida ish olib bormokdalar.

            Mahallada “Ota-onalar universiteti”, Kaynornalar kengashi” va boshka komissiyalar xam kupgina ishlar olib bormokdalar, mahalla obodonchiligiga, tinchligiga, kadimiy boy an'analari bardavomligini ta'minlashda mahalla fa'ollari , keksa yoshdagi Nuroniylar yoshlar bilan targibot ishlari olib bormokdalar.