Samarqand shahri O‘rta Xo‘ja Soat MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Bunyodkor ko‘chasi 1-uy
Telefon raqami: 991155765
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 4156
Ayollar soni: 2060 (49,57%)
Erkaklar soni: 2096 (50,43%)
Xonadon soni: 732
Oila soni: 732
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2123 (51,08%)
tojik17 (0,41%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq2 (0,05%)
rus4 (0,10%)
qirg‘iz1 (0,02%)
turkman0 (0,00%)
tatar15 (0,36%)
koreys2 (0,05%)
eroniy1987 (47,81%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa5 (0,12%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shaxar “Urta Xujasaxat” maxalla fuqarolar yig‘inining tarixi to‘g‘risida

MA'LUMOT

MFY nomi : “Urta Xujasaxat” maxalla fuqarolar yig‘ini

Axolisi : 4154 nafar

Xonadon: 748 ta

Oila : 999ta

Milliy tarkibi : Maxallamiz ko‘p millatli bo‘lganligi sababli o‘zbek,tojik,rus,tatar,azarbaydjan turk millatlaridan iborat fuqarolar yashaydi.

Tashkil topgan yil :1993 yil tashkil topgan.

«Urta xujasaxat»maxallasi tarixi.

Xujasaxat forscha-tochikcha suz bulib, tani-joni sogligini bildiradi.Xududi 15kv.m. bulib Samarkand tumaninig Katta-kurgon arik kishlok fukarolar yiginiga karashli edi. Temuriylar davrida xozirgi xuja sixat xududida axolii yashamagan.Bu yerda bogu-roglar, baland xovlilar,yashil xosildor yerlar bulgan. Samarkand shaxrida yashagan kata ulamo shayx Xomish degan shaxs bulgan.Shaxs yoki Xuja Xomiy asli xozirgi Urgut tumaning Kamon daron kishlogida bulgan. Shu mutabar inson Xuja Xomish ogir kasalga chalinidi va u kishi bulgusi Xujasaxat yerlariga kelib, yashab shu yerda kasallikdan tuzaladi.Chunki obi-xavosi, iklimi,xozirgi zamon tili bilan aytsak ekalogiyasi juda yaxshi bulgan.Tez orada yirik ulamo shayx Xuja Xomish davo topadi, tani sixat buladi.»Xuja sixat bulibdi»-degan gap suzlar Samarkand shaxrida tarkaladi. Samarkand boylari savdogarlar, amaldorlar bu yerlarda bogu-roglar barpo etadilar.Asta sekin bu yerlarga xovlilar kilib odamlar kuchib kela boshladi. Pirovard natijada bu yerlar uzil kesil xuja sharafiga Xujasaxat nomini oldi. Bu ishlar va vokealar 16-17-asrlar tugri keladi.18-asr oxirlarida Xujasaxatga Samarkand shaxrining Chorraxa,Panjob guzarlaridan maxalliy eroniylar kuchib kelib,Xujasaxatni yirik axolii mintakasiga aylantirganlar.Ular 1780-yilda Dargom kanalidan «Eroniylar arigi»deb nom olgan xozirgi «Katta arik» suv yulini barpo etganlar.Axoli mazkur suv inshoati atrofida jipslashgan bulib, keyinyaalik shu yerlarda yangi maxallalar yuzaga kelgan va ular yiriklasha boshlagan,Xujasaxat,Damarik, Kulangi,Beklar, Saidlar,Ajdarlar, Nayman, Dung kishlok, Kullar bogi, Katta ravot,Yangi ravot,Mingtut nomlarini olganlar.1870-yillarda Xuja saxat xozirgi Ishtixon tumaninig Zarban kishlogidan kelganlar. Xuja saxatning Zarbanliklar kishlokchasiga asos solganlar. Vakt utishi bilan Xujasaxatga Samarkandliklar kuchib kelib urnashishlari xozircha davom etmokda.Shuning uchun Xujasaxatning axolisi 15ming kishidan oshib ketishini xisobga olib, 3ta mustakil maxallaga bulindi.Yukori, Urta va Kuyi Xujasaxat maxallalari. Xujasaxatning planirovkasi loyixa asosida bulgani uchun kuchalar ravon, tugri va kichik shaxarchani eslatadi. Samarkand shaxar «Urta xuja sixat»maxallasida Uzbekiston Maxallalari» nomli ensklapedyaga kuyilgan mezonlar

Maxalla ziyolilari va faollari : O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi X.Gulomova ,E.Turumov, Xalk maorifi a'lochisi Sh.Xamzayev, mexnat faxriysi G.Mamadaliyev, padpalkovnik Zaripov Latif padpalkovnik K.Maxmudov, faoliyati davomida maxalla rivojlangan, xamda dosent K.Karimov, J.Musayev, G.Javodov F.Maxmudov, K.Maxmudovlar yashab o‘tgan.

Chegaradoshligi : “Yukori Xujasaxat”,”Kuyi Xujasaxat”,”Arabxona” va “Shodlik”, “Saxovat” maxalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

Maxalla ko‘chalarining soni va nomlari : maxallada 9 ta kucha bulib, ular kuyidagicha nomlanadi: Bunyodkor, Zakovat, Sarxovuz, A.Temur, Zafar, Xujasaxat, Zargartepa, Tong, Turkiston.

Ijtimoiy soha obe'ktlari : maxallamizda 1ta mexmonxona, 1ta maktab 1ta avtomabil ukuv maktabi, 1 bolalar bogchasi , 1ta klinika, 1ta tuyxona, 13ta oshxona ,3ta aptek faoliyat olib bormokda.

MFY raislari : 1993-1997 yilgacha Javodov Xasan “Xujasaxat” maxallasini tashkil qilgan va nom berib,faoliyat olib borgan. 1998-2021 yillarda Javodov Aminjon Xasanovich maxalla raisi lavozimida ishlagan ,2021-2022 yilgacha Musayeva Amina Djurakulovna MFY raisi vazifasini vaktincha bajaruvchi lavozimida ishlagan. 2022 yil may oyidan bo‘yon Ergashev Bobur Safarboyevich raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.