Samarqand shahri O‘zbekiston MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: O‘zbekiston ko‘chasi 67-uy
Telefon raqami: 991155766
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2325
Ayollar soni: 1241 (53,38%)
Erkaklar soni: 1084 (46,62%)
Xonadon soni: 636
Oila soni: 713
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1986 (85,42%)
tojik231 (9,94%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq3 (0,13%)
rus14 (0,60%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman2 (0,09%)
tatar10 (0,43%)
koreys4 (0,17%)
eroniy67 (2,88%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa8 (0,34%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shaxar “O‘zbekiston” maxalla fuqarolar yig‘inining tarixi

to‘g‘risida

MA'LUMOT

MFY nomi “O‘zbekiston” maxalla fuqarolar yig‘ini

Axolisi : 2325 nafar

Milliy tarkibi : Maxallamiz ko‘p millatli bo‘lganligi sababli o‘zbek, tojik, rus, tatar, koreys,eroni millatli fuqarolar yashaydi.

Tashkil topgan yil : 1995-yil tashkil topgan.

Maxalla nomining tavsifi va tarixi : maxalla nomi 2015-yilga qadar “R.Shokirbekov” nomi bilan yuritilgan. 2015-yilda maxalla nomlari qayta ko‘rib chiqilganda mahalla fuqarolarining taklif va istaklari hamda Samarqand shaxar xokimligininig ko‘rsatmasi bilan maxallaga “O‘zbekiston” nomi berildi.

Mahallamiz fuqarolarining katta qismi asosiy katta yo‘nalishga ega bo‘lgan O‘zbekiston ko‘chasining atrofida yashashadi. Ko‘cha katta chiroyli, keng bo‘lib bu yo‘l Samarqand shahridagi bir nechta mahallalar bilan tutashib kelib bizdan keyin ham bir qancha mahallalarga bog‘lanib o‘tib ketiladi. Mana shunday jixatlarini hisobga olib mahallamizning yangi nomini “O‘zbekiston” nomi bilan atalishi hukumatimiz tomonidan qayd etildi. Mahallani ziyolilar maskani desak ham adashmagan bo‘lamiz, chunki mahallani 70 foizdan ortig‘ini ziyolilar tashkil qiladi.

Maxalla ziyolilari va faollari : Mahallamizda yashab oliy o‘quv yurtlarida mexnat qilayotgan doktorlik dissertatsiyasini yoqlaganlardan. U.Abduraxmanov, D. Kurbonov, E.Iskandarov,S.Alikulov, S.Suyunov, I.Mirzayev, A.Abdurashidov, E.O‘rinbayev, Sh.Umidullayev, Eltazarov, A.Sirojiddinov va bir qancha pedagoglarimiz borki, ular o‘z mexnatlari bilan yosh avlodga bilim berib kelmoqdalar.

Chegaradoshligi : “Navbaxor”, ”Bog‘i Temur”,”Tadbirkorlar” va “Nurobod”, “Lolazor “Kamoliddin Bekzod” maxalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

Maxalla ko‘chalarining soni va nomlari : maxallada 11 ta O‘zbekiston, Shokirbekov, Arutyunov, B.Mirzo, Ipak yo‘li, Buloq, Firdavsiy, Isayev, A.Xamrayev,Professorlar, J.Neru.

Ijtimoiy soha obe'ktlari : “Yevromedik”, “Ipoteka” bank ( Ko‘ksaroy filiali), Harbiy gospital, OblSSES, “Shaxlo”, “Malika”, “Amir”, “Royalxal”, “Sevara” mexmonxonalari, “Optovik” magazini, 3 ta dorixona, Harbiy qismlarga xizmat ko‘rsatadigan qismlar faoliyat olib borilmoqda.

MFY raislari:Shu paytgcha I.Qarshiyev, Q. Sharofiddinov, S,Suyunov, A.Norjigitov, A.Bozorovlar mahallada raislik faoliyatini olib borgan bo‘lsa hozirgi kunda B.Raimkulov maxalla raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.