Samarqand shahri Said MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Xoji Mumin ko‘chasi, 19 uy
Telefon raqami: 66 234-52-72
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 3220
Ayollar soni: 1765 (54,81%)
Erkaklar soni: 1455 (45,19%)
Xonadon soni: 801
Oila soni: 1036
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2408 (74,78%)
tojik17 (0,53%)
qoraqalpoq1 (0,03%)
qozoq2 (0,06%)
rus4 (0,12%)
qirg‘iz1 (0,03%)
turkman0 (0,00%)
tatar15 (0,47%)
koreys2 (0,06%)
eroniy743 (23,07%)
ozarbayjon24 (0,75%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa3 (0,09%)
 
MFY qisqacha tarixi

“Said” maxalla fuqarolar yig‘ini.

 

MFY nomi : “Said” maxalla fuqarolar yig‘ini.

Axolisi : 3222  nafar.

Milliy tarkibi : O‘zbek ,tojik, rus, tatar, koreys eroni va xokazo, xullas 18 ta millat  vakillaridan  iborat.

Tashkil topgan yili : 1384 yilda tashkil topgan.

Mahalla nomining tavsifi va tarixi:Amir Temur xukmronligi davrida turli millat vakillaridan iborat mana shu maskanda saidlar  avlodlari nisbatan ko‘proq istiqomat qilganligi, shahar ijtimoiy hayotida munosib o‘rni borligi tufayli SAID mahalla deb nomlana boshlagan.

         1906 yilda shahrimizda birinchi bo‘lib Said mahallada ilk ma'rifat maskani “Maktabi Islomiya” ochilgan. Hoji Mo‘min Avaz Muhammad o‘g‘li – mingboshi ushbu maktabga homiylik qilgan. Sayidrizo Alizoda maktab muddarisi etib tayinlagan. O‘tgan asrning boshlaridanoq Said mahalla dunyoga tanila boshlagan ilm-ma'rifat o‘chog‘iga aylanganligini ko‘rsatadi. Masalan, taxallusi Shayx Turk bo‘lgan Abulqosim Al Ganji Iroqning Bog‘dod shahridan, Mirzo Muhammad Oxunzoda – Ozarbayjondan, Og‘a Mali o‘g‘li – Erondan, Mirzo Aslamxon – Avg‘onistondan kelishgan.

         1915 yilda Mullo Hakim Karimzodaning hovlisida Sayidrizo Ali-Zoda bilan birgalikda “Hayot” va “Yangi hayot” nomli maktablar ochilganida mashhur olim, yozuvchi, ma'rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy ishtirok etib, oq fotiha bergan. Maktabga o‘zi Odessadan olib kelgan globusini hadya qilgan.

         Samarqandda birinchi drama to‘garagi “Said” mahalla xududida tashkil etilgan va 1918 yilda Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Padarkush” dramasi, Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” asarlari sahnalashtirilgan.

                   

Mahalla ziyolilari va faollari: Sayidrizo Alizoda – shoir, yozuvchi, tarjimon 14 ta tilda ijod qilganlar,ma'rifatparvar (1887 - 1945) yillarda; Tag‘i Karvon Latipov – Karvon boshi  (1875-1943) yillarda; Hoji Mumin Avaz Muhammad (19xx-19xx) yillarda; Xoji Eminbek Tuxsa – Darg‘om soyidan ariq qazdirib, Panjobga suv olib kelganlar (1830-1910); Mamaraim Doniyorbek (1886-1952); Sayid Tag‘i Alizoda – 1930 yilda Moskvaga partiya syezdiga velosipedda borib  gazetalarda “Probeg voshedshiy v istoriyu” deb nashr etiladi. (1905-1977); Saidis'hok Miribrohimov – Tojikistonda Mashina traktor stansiyasi  direkori (1902-1976); Imomqul Guseynov – Havo floti injener-muxandisi (1910-1995); Karim Karimiy – Jurnalist, ijodkor, yozuvchi, shoir (1914-1947);  Fattoh Odilov – 1943 yilda Texronda Stalin  Delegatsiya a'zosi sifatida, Cherchell, Ruzvelt bilan kurishgan.(1901-xxxx); Zarif Matchonov – shoir (1933-2020); Diamat Abdukarimov – qishloq xujalik doktori, professor, 1934 yilda tug‘ilgan; Pardayev Mamayunus – professor, 1948 yilda tug‘ilgan; Mamatov Qayum – xizmat kursatgan o‘qituvchi 1948 yilda tug‘ilgan; Qosimov Erkin – oliy toifli arxitektor; Xodjayeva Muayanna Naumovna – xizmat kursatgan yozuvchi, 1941 yilda tug‘ilgan.

           Chegaradoshligi: Samarkand tumandagi “Mir Said Baraka” MFY, “Kamoliddin Bexzod” MFY, “Ali-zoda”MFY, Mingtut MFY va “Farog‘at”  maxallalari  bilan chegaradosh.

           Maxalla ko‘chalarini soni va nomlari: Maxallada 12  ko‘chalar mavjud,. Bular: Belinskaya, Guseynova, Ali-zoda, Ulug‘bek, Azimbekova, Rajabzoda, Xumuliy, Xoji Mumin, Mingtut, M. Shayxzoda, Zebinisobegim, hamda Gagarin ko‘chalari.

          Ijtimoiy soha obektlari: Mahalla hududida  62, 71 – sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasi, 2 ta xususiy va 1 ta oilaviy bolalar bogchasi, 1ta xususiy maktab, Sanitariya epidemiyalogik nazorati osoyishtalik markazi, 8 ta savdo do‘koni, 3 ta umumiy ovqatlanish shaxobchasi, 5 ta guzallik saloni mavjud.

          MFY raislari:1868-1875 – Eminbek Tuxsabobo; 1876-1912 – Avaz Mirzoboshi; 1913-1924 – Muminov Muxsin; 1924-1929 Karimzoda Mulloxalim; 1929-1933 – Xoliqulov Hamroqul; 1933-1934 – Hasanov G‘ulomrizo; 1934-1937 – Haitov Nurali; 1937-1943 – Voniyorov Mamarahim; 1944-1954 Rajabzoda Xasan; 1955-1962 – Nazarov Rizo; 1963-1964 – Alizoda Taki; 1964-1996 – Murtazoyev Yax'yo; 1996-2000 – Musinov Asg‘ar; 2000-2001 – Qosimov Erkin; 2001-2016 – Musinov Mo‘min; 2016-2017 Yusupov Olim; 2017-2019 – Gulyamova Zamira;  2019-2022 – Gafarov Avaz; 2022 yil 14 may oyidan buyon  Abasov Zafar  MFY raisi sifatida faoliyat yuritmoqda.