Samarqand shahri Panjob MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: R.Uzokova ko‘chasi 18-uy
Telefon raqami: 66- 237-10-72
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2849
Ayollar soni: 1784 (62,62%)
Erkaklar soni: 1065 (37,38%)
Xonadon soni: 1037
Oila soni: 696
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1361 (47,77%)
tojik0 (0,00%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq0 (0,00%)
rus2 (0,07%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar1 (0,04%)
koreys2 (0,07%)
eroniy1482 (52,02%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa1 (0,04%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shaxar “PANJOB” mahalla

fuqarolar yig‘ini tarixi

 

 

«PANJOB» MAHALLASI (Ra'no Uzakova ko‘chasi, 18-uy; telefon: +998 66 237-10-72; + 998 91 271-07-37)

«Panjob», Yuqori-Xo‘ja sahat, Kamoliddin Begzod, Ahillik,Buston,O‘zbekiston, Madadkor va « Katta-Qo‘rg‘on » mahallalari bilan chegaradosh.

2016 yil Bog‘ishamol tumani xokimining qarori bilan 2-ta maxallalar,ya'ni “SHOYIBOFLAR” maxallasi,”PANJOB”maxallasi 1-ta markaz ”PANJOB”maxalla fuqarolar yig‘ini nomi bilan tasdiqlandi.

        Samarqand shaxar ”PANJOB”maxalla fuqarolar yig‘ini xududiga 11-ta ko‘cha Ra'no Uzakova,Ali Mamedova,Tomdi,Ali-Zoda, Firdavsiy, Deputatlar, Gagarina, Tomdi berk, Ali Mamedova yo‘lak, Ra'no Uzakova 2, Firdavsiy 2- yo‘lak ko‘chalarini o‘z ichiga oladi.Maxallada 432 xonadon, 2849 nafar aholi bulib,xozirda 6 ta kup qavatli uylar va yana qurilayotgan 2 ta kup qavatli uylar mavjud.Maxalla infrostrukturasi asosan ishlab chiqarish, savdo, maishiy,va xizmat kursatish shaxobchalari bilan qamrab olingan.Maxalamizda 1 ta Maxalla markazi va xozirda  qurib bitkazilmagan Nuroniylar choyxonasi mavjud.Asosan Eroniylar va turli xil ya'ni O‘zbek,Rus,Tatar,Tojik millat vakilari yashaydi.

MFY raisi: Xakimov Aslam Nematovich   (91) 271-07-37

 

Maxalla nomining tavsifi va tarixi:

 Mahalladagi aholi asosan dexqonchilik bilan shug‘ullangan, keyinchalik ulug‘ vatan urushi boshlarida. Rossiyadan ko‘chirib kelingan “Krasniy dvigatel” (Dexqon) zavodi bu mahalla turmush tarziga katta ta'sir etgan, hamda Shoyi to‘qish fabrikasining qo‘rilishi, aholining sanoat va to‘qimachilik soxasiga kirib borishiga sabab bo‘lgan.

 

“Panjob” so‘zining ma'nosi fors tilidan olingan bulib, beshta katta arik  utganligi tufayli “Besh Suv” degan ma'noni anglatgan.”Panjob” maxalla fuqarolar yig‘ini Samarqand shaxrining tarixiy obidalariga boy maskan bolgan.XIX asr 1924 yilda katta savdogar Xodji Abduraim Eron davlatiga savdo ishlari bilan borib kelgandan keyin masjid ,xamom va kutubxona qurdirgan.Panjob madrasada bolalar dunyoviy va diniy ilim olishgan.

O‘rta Osiyo bo‘yicha Shiya mazxabiga mansub masjid faqat O‘zbekistonda bulgan.Xozirda kuchalar bulingandan keyin masjid madrasa va xamom boshka maxallalar xududiga o‘tib ketgan. Shuni takidlab o‘tish joizki bu qadimiy inshootlar Pannjob nomi bilan aytilinib kelmoqda PANJOB MADRASASI, PANJOB MASJITI, PANJOB XAMMOMI.

 

“Panjob”MFY  raislari: “Panjob”

 

“Panjob”mahallasini 1972 yillarda Xojiyev Xasan maxallaga bulgan mexri.aholini yaxshi yashashi maqsadida o‘z xisasini qushgan.

1976-1996 yilga qadar Xasanov Nosir maxalani boshqarib maxallada oqsoqol bolgan.1996 yildan 2016 yilgacha maxallani Abdushukurov Marat, Xasanov Yoqub Nosirovich maxalada oqsoqol lavozimida faoliyat kursatib elni halqni yaxshi-yomon kunida maxallani obodanlashtirishda o‘z xizmatlarini qushganlar. 2016 yil 2-ta maxalla 1-ta Markazga ya'ni “Panjob” MFY ga aylangandan keyin xalqni istagi va xoxishi bilan maxalla Rasiligiga Bagirov Alirizo saylandi. Bagirov Alirizo 2016 yildan 2022 yil iyun oyigacha maxallani obodanlashtirishda,aholini turmush tarzini yaxshilashda o‘z xisalarini qushdilar.Xozirda Bagirov Alirizo maxalla nuroniylar kengashi azosi lavozimida faoliyat kursatib kelmokdalar.

“SHOYIBOFLAR” maxallasida ko‘p yilar maxalla raisi va oqsoqoli lavozimida faoliyat kursatgan Xakimov Nemat Xakimovichni ruxlarini shod qilib o‘g‘ilari Xakimov Aslam Nematovich 2022 yil may oyida “Panjob”MFY raisi lavozimiga saylandilar.

 

Maxalla ziyolilari va faxriylari:

Maxalla o‘tmishiga bir nazar soladigan bolsak juda ko‘p mexnat faxriylari shu jumladan Xoji Qurbon bobo,Muxtor bobo o‘g‘ilari Abdumutalib bobo o‘lug‘ vatan o‘rush qatnashchisi,Abbosov Xuseyn bobo,Ibragimov Rizo 1924 yil IIB boshlig‘i,Ibragimov G‘ulom raykom kotibi,Ibragimov Xasan o‘lug‘ vatan o‘rush qatnashchisi, Kamolova Mayram onalar vatanimiz uchun jonini fido qilgan insonlar bulib o‘tgan.

  1924 yil Ibragimova Tufa onamiz o‘rush orqasida xamshira vazifasini

bajargan. Xozirda maxallamizni faxriy nuroniylardan.

 

Mahalla xududidagi obyektlar xaqida ma'lumot

Xozirda mahallada  o‘zbekiston ayro geodeziya tashkiloti, Shoyi tuqish fabrikasi,yoqilg‘i quyish shaxbochasi,xusuiy shifoxona, restoran-oshxonalar, avto tex xizmat shaxobchalari,mebel ishlab chiqarish shaxobchasi, pishiriqlar pishirish,nonvoyxonalar.sartaroshxona va ya0dan ziyod savdo do‘konlari mavjud.  

Mahallaning markazi Ra'no Uzakova kuchasida  joylashgan. Mahalla markazida katta ma'naviyat va ma'rifat xonasi,  10 metrli ayvon, 3 ta boshqaruv xonasi 1-ta oshxona bor, 2018 yildan Markazda A.Bagirov faoliyati vaqtida va uzgarishlar amalga oshirilib mahalla binosi yanada obodonlashtirildi.Xozirda maxalada A.Xakimov tashabusi  bilan maxalani kayta tamirlash ishlari olib borilmoqda

         Mahallaning yoshlari sportga jalb qilingan, sport gimnastikasi, shaxmat, shashka, futbol va asosan kurash bilan shug‘ullanib turli nufuzli musoboqalarda qatnashib, g‘alabalarga erishmoqda.