Samarqand shahri Nurobod MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Lev Tolstoy ko‘chasi 39 uy
Telefon raqami: 991155859
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2037
Ayollar soni: 1002 (49,19%)
Erkaklar soni: 1035 (50,81%)
Xonadon soni: 434
Oila soni: 671
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1891 (92,83%)
tojik42 (2,06%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq3 (0,15%)
rus14 (0,69%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman2 (0,10%)
tatar10 (0,49%)
koreys4 (0,20%)
eroniy67 (3,29%)
ozarbayjon0 (0,00%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa4 (0,20%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shahar “Nurobod” mahallasi

 

Samarqand shahar “Nurobod” mahallasi 1920 tashkil etilgan,mahalla  markazi Lev Tolstoy ko‘chasidagi,39 raqamli binoda joylashgan.

20 asrning boshida,mazkur mahallaning aksariyat aholisi o‘qituvchilar,tibbiyot xodimlari,davlat arboblaridan iborat bo‘lgan,nurga, ilimga intilganlari uchun,mahallaga “Nurobod” nomi berilgan,hozirgi kungacha mahalla nomi o‘zgarmagan.

“Nurobod” mahalla fuqarolar yig‘inida 9-ta millatga mansub bo‘lgan 2047 nafar iste'qomat qilib kelmoqda,416-ta xonadon mavjud bo‘lib,ushbu xonadonlarda-641 ta oila yashaydi.Mahalla xududidi beta  ko‘chalardan iborat.

Mahalla xududida Samarqand shahar “Suvoqova” korxonasi,1-son tibbiyot tez yordam shaxobchasi,55-son MTM,shahar endokrinologiya shifoxonasi joylashgan.Bundan tashqari “Ideal”,  “Sarbon”, “Lyuks” xususiy mehmonxonalar,xususiy dorixona,savdo do‘konlari joylashgan. 

“Nurobod” mahallasi xududidagi Bobur Mirzo ko‘chasida 1898 -1907 yillarda qurilgan qadimiy binolar qurilgan.Xalqaro “Yunesko” tashkiloti tomonidan bu binolar arxitektura yodgorliklari deb rasmiy ravishda tan olingan va madaniy meros sifatida Davlat ximoyasiga olingan.Hozirgi kunda shu binolarda 11 nafar oila yashab kelmoqda.

“Nurobod” mahallasi bilan kuydani mahallalar chegaradosh:

“Bog‘i Temur” MFY,  “Navbaxor” MFY,

“Xamid Olimjon” MFY, “Alisher Navoiy” MFY.

“Nurobod” mahallasi xududida taniqli shaxslar va davlat arboblaridan kuydagi insonlar yashagan:

Qobil Ashurov XXX – 1889 yilda tug‘ilib,1973 yilda qazo qilgan,Samarqand shashridagi bosmaxonani birinchi asoschilaridan bo‘lgan,1927 – 1940 yillarda mahallani eski choyxona binosida,har haftasavodsiz yoshlarni yig‘ib,ularga yozishni va o‘qishni o‘rgatgan,jurnallar va ro‘znomalar olib kelib,dunyo miqiyosida bo‘lib o‘tayotgan xodisalar va yangiliklar bilan fuqarolarni tanishtirgan.Xozirgi kunda Samarqand viloyati xokimligi tomonidan tasdiqlangan qaroriga asosan Qobil Ashurov yashagan Qo‘ng‘iroq ko‘chasi,Qobil Ashurov ko‘chasi deb nomlangan.

Hozirgi kunda,mahallamizda Qobil Ashurovni qarindoshlari yashab kelmoqda,yurtimiz ravnaqi uchun,har xil soxalarda mehnat qilishmoqda. 

Samarqand shahar “Nurobod” mahallasi-Samarqand shahrining markazida joylashgan,416 – ta xonadon,aholisi-2047 nafar,641 nafar oila isteqomat qiladi,erkaklar-958 nafar,ayollar-1089 nafar,voyaga yetmaganlar-892 nafarni tashkil qilishadi.Mahallada-303 nafar pensinerlar yashaydi,xalq ta'limi soxasida 68 nafar mahalla fuqarolari mehnat qilib kelmoqda,tibbiyot soxasida-37 nafar, boshqa mahalliy byudjet tashkilotlarda,ichki ishlar bo‘limlarida,prokuratura,sud organlarida – 298 nafar fuqarolarimiz faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mahalla xududida 37 nafar fan doktorlari,professorlar,dotsentlar iste'qomat qilishadi.60% yoshlar sport to‘garaklarida (futbol, gimnastika, shaxmat, aykido, kurash, tennis) qatnashishadi.