Samarqand shahri Mirzo Ulug‘bek MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Turon ko‘chasi 3 tor -17a uy
Telefon raqami: 66 237-39-33
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2996
Ayollar soni: 1726 (57,61%)
Erkaklar soni: 1681 (56,11%)
Xonadon soni: 331
Oila soni: 521
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2489 (83,08%)
tojik371 (12,38%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq1 (0,03%)
rus2 (0,07%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar2 (0,07%)
koreys0 (0,00%)
eroniy121 (4,04%)
ozarbayjon5 (0,17%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain1 (0,03%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy1 (0,03%)
boshqa3 (0,10%)
 
MFY qisqacha tarixi

Mirzo Ulug‘bek  mahallasining tarixi.

Mahalla – mahalla bo‘lib yashash bizga juda qadimdan meros. Davrlar osha u yetib keldi. Uning zamirida biz ushbu kunda izlab yurgan, ayni paytda bizga zarur qadriyatlar ko‘p. Haqiqatda ham mahalla odamlarni har tomonlama tarbiyalaydi, qadimiy urf-odatlar, qadriyatlarni ajdodlarga benuqson yetkazadi.

Ajdodolarimiz shakllantirgan, o‘zning haqiqiy holatini tiklagan mahallalardan biri Samarqand shahridagi “Mirzo Ulug‘bek” nomidagi mahalladir. Mahallada 13 ta ko‘cha bo‘lib, unda ikki mingga yaqin aholi yashaydi. Samarqand shahridagi “Mirzo Ulug‘bek” nomidagi mahalla dastlab, 1956 yildan boshlab, tashkillashtirila boshlagan edi. Avvalambor, buning sababi, Xisrav qurg‘onida Talimarjon GES qurilishi tufayli Darg‘om kanalidagi tug‘onning balandligi 20 metrni tashkil etgan edi. Oqibatda, Panj oshi, Ko‘l, Temir qishloq, Lolazor mahallalarini yerlari zax tortib, suv toshib chiqishi bo‘lib, aholisining uylari qulay boshlangan edi. Ana shunda Samarqand tumaniga qarashli bo‘lgan sobiq “Guliston” nomli jamoa xo‘jaligiga qarashli hududdan aholiga uy-joy qurilishi uchun yer ajratila boshlandi. 1958 yildan boshlab, uning boshqaruv tashkilotlari shakllantirilib mahalla oqsoqoli saylandi. 1966 yilga kelib mahallaga Mirzo Ulug‘bek nomi berildi. Bu voqeaning ham bir sababi bor. O‘sha yili shahri azimimizda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti tashkil etilib, unga Mirzo Ulug‘bek nomining berilishi munosabati bilan mahallamizga kelgan o‘z davrida Samarqand shahar rahbari bo‘lib ishlagan Shakar Fayziyevning mahalla ahliga uning nomlanishini o‘zgartirish haqida qilgan murojaati bilan yuz bergan edi.

Mahallaga azaldan odamlarning ishonchi katta bo‘lgan. Shu bois umumiy maqsadlarda foydalanadigan to‘y maraka jixozlari, mehnat qurollarini ishlatish va saqlash, mahalla miqyosida o‘tkaziladigan tadbirlar ham oqsoqollar nazoratida bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bek mahallasida ham shu kungacha yetti nafar mahalla oqsoqoli faoliyat yuritgan bo‘lib, ular quyidagilar:

1.     ... Samadov 1958 – 1962 y.y;

2.     Hamroqul Shomurodov 1962 – 1975 y.y;

3.     Subxon Murodov 1975 – 1984 y.y;

4.     Rustam Maxmayev 1984 – 1985 y.y;

5.     Subxon Murodov 1986 – 2004 y.y;

6.     Abduraxmon Safarov 2004 – 2008 y.y;

7.     Muqum Tursunov 2008 – 2014 y.y;

8.     Xirojiddin Rasulov 2014 – 2015 y.y;

9.     Salomov Mirshakar – 2015 – to hozirgi kunga qadar

Mirzo Ulug‘bek mahallasida 1995 – 1996 yillarda Kamoliddin Oxun nomi bilan ataladigan jomiy masjidi bunyod etildi. Masjidga milliy ganchkorlik usulida yasalgan eshik – derazalar qurilgan.

Masjidning qurilishi haqida bir narsani iftixor bilan ayta olamizki, halqimizning azaliy odatlaridan biri bo‘lgan hashar jonimizga oro qirdi. Masjidda birinchi juma nomozi 1996 yilning 20 senyatbrida 95 yoshli Temir Eshon bobo (Muftiy Usmonxon Olimovning otalari) ishtirokida o‘qildi. Ulug‘ini ulug‘lagan xalq millat bo‘ladi degan naql bor. Darhaqiqat, mahallamizda O‘zbekiston rivojlanishiga beqiyos xizmat qilib, ibratli hayot yo‘lini bosib o‘tgan turli millat vakillarining iftixori bo‘lgan xazrati insonlar yashagan va yashamoqdalar. Zero, bunday kishilarning ba'zilarining nomlarini hurmat bilan zikr etishni burchimiz deb hisoblaymiz.

 

Melikov Ashraf

Alimardonov Davron

Lapteva Zoya

Urunov Mustafoqul

Qurbonov Safar

Ivanov Georgiy

Islomov Yodgor

Petrov Pyotr

Kaushli Tojiddin

Seydametov Dilyaver

Otamurodov Mamatmurod

Ochilov Axror

Xusenov Ubaydullo

Muxtorov Ashurboy

 

Ikkinchi jahon urushi yillarida mehnat fronti qatnashchilari:

 

Juraqulov Xasan

Pankov Stepen

Pankova Anna

Muxiddinov Naim

Ruziyev Ahmat

Tog‘ayeva Norbibi

Shomurodova Xosiyat

 

 

Afg‘onistondagi urush qatnashchilari:

 

Salomov Mirshakar

 

Sobirov Ismoil

 

Muxitdinov Aminjon Naimovich

“Jasorat” medali sohibi

 

O‘zbekiston rivojiga munosib hissa qo‘shganlar, halqimiz va mahallaning iftixorlari:

Murodov Subxonqul – Diplomat, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, Do‘stlik ordeni sohibi.

Maxmayev Rustam - Do‘stlik ordeni sohibi, mehnat fahriysi.

Akobirova Zulfiya – mehnat shuhrati ordeni sohibi.

Mustafaqulov Rajabboy – Mehnat shuhrati ordeni sohibi, ikki marta respublikaning oliy darajali faxriy yorliqlari bilan mukofotlangan, mehnat fahriysi.

Xolmatov Turg‘un – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, professor, texnika fanlar doktori.

Muhammadiyev Eson – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan rassom. Professor, mehnat fahriysi.

Primkulov Shodmon – professorYu tarix fanlari doktori. Polsha davlatining faxriy ordeni sohibi.

Hamroyev Anvar Xudayarovich – mehnat fahriysi.

Agzamov Kamol – mehnat faxriysi.

Eshmurodov Abruy – filologiya fanlari nomzodi, dotsent, mehnat faxriysi.

Turniyozov Ne'mat Kayumovich – professor, filologiya fanlari doktori.

Mirzo Ulug‘bek mahallasi katta yo‘l yoqasida joylashganligi va bir qator oliy, o‘rta maxsus ta'lim, umumta'lim, tarbiya maskanlari o‘z hududiga qamrab olganligi bois, bu yerda yashaydiganlarga qulay vaziyat tug‘diradi. Shu tufayli mahallamiz tadbirkorlari o‘zlarining hisobidan savdo do‘konlari, qahvaxona, navoyxona, oshxonalar ochib olishgan. Bu ishsizlikni qisqartiradi, odamlarni foydali mehnatga undaydi, obodonchilikka yo‘l ochadi.

Mahalla hamisha yaxshi tashabbuslar, yangi an'analar tug‘iladigan joy, ifodali qilib aytganda ezgulikning tiniq chashmasidir. Mahallamizda 30 dan ziyod millat va elat ahil, inoq yashab kelmoqda. Ko‘p millatli mahallamiz barchamiznikidir. Uning obro‘yini ko‘tarish, fuqarolar Do‘stligini mustahkamlash, bir-birini qo‘llab – quvvatlash borasida g‘ayrat bilan ish olib borish burchimizdir.

Qadriyatlarimiz, ma'anaviyatimizni qayta tiklash, yuksaltirish, kelajak avlodga mahallamiz tarixini asl  holicha yetkazishimiz darkor.

-         Yer yuzida bizchalik to‘y marakasi bisyor, xursandchilik kunlarini ommaviy kutib oladigan xalq topilmasa kerak. Vazifamiz, tinchlikni saqlash, ortiqcha harajat va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymasdan, uni dunyo xalqlari havas qiladigan darajada ko‘rsatmog‘imiz lozim.

-         Bugun yurtimizda, eng muhimi, jamoat manfaatlarini shahsiy manfaatidan ustun qo‘yadiganlar qat'iyatli, oriyatli, tashkilotchi, el yurt dardini tushunadigan mard insonlarning ishlash zamoni.

Va nihoyat, ushbu mahalla tarixiga oida lavhamiz, birlamchi izlanish bo‘lib, kamchilikladan holi emas, albatta. Shuni tan olgan holda, aziz o‘quvchi mahalladoshim, sizga murojaat qilmoqchimiz. Qanday taklif va mulohazalaringiz bo‘lsa, bajonidil qabul qilamiz. Siz uni bildirsangiz, haqiqiy mahalla tarixi shakl topadi.