Samarqand shahri Mir Said Baraka MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Mir Said Baraka ko‘chasi, 3/5 uy
Telefon raqami: 66-233-23-38
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2003
Ayollar soni: 1070 (53,42%)
Erkaklar soni: 933 (46,58%)
Xonadon soni: 711
Oila soni: 803
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek1857 (92,71%)
tojik42 (2,10%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq3 (0,15%)
rus14 (0,70%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman2 (0,10%)
tatar10 (0,50%)
koreys4 (0,20%)
eroniy67 (3,34%)
ozarbayjon3 (0,15%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa1 (0,05%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarkand shaxar Mir Said Baraka maxallasi tarixi

       Bu maxalla xududi 1995 yilda Said maxallasidan ajralib chikkan. Turt ijtimoiy tuzulmaning biridir. Aslida bu yerda X1X asr oxiri-XX-asr boshidan axoli istikomat kilib, xalk tilida «Samarkandning rus kismi»deb yuritilgan. Xozirgi Mir Said Baraka kuchasining nomi dastlab Reshetnikov, sungra Nekrasov deb atalgan.

        Turkiston jadidlari yulboshchisi, uzbek dramaturgiyasining asoschisi, jasur publitsist-muxarrir, bilimdon olim va jamoat arbobi Maxmudxuja Bexbudiyning xovlisi Reshetnikov kuchasidagi 9 uyda joylashganligi, «Samarkand» gazetasi xamda «Oyina» jurnali taxririyatlari, «Bexbudiya» kutubxonasi xamda nashriyoti xam ushbu manzilda faoliyat kursatganligi usha nashrlarning chikishiga doir ma'lumotlarida yoxud e'lonlarda kayd etilgan.

                  Ayni shu kezlarda maxalla xududida sobik Butun Ittifok korakulchilik ilmiy tadkikot instituti tashkil etilgan. Maxalla axolisining asosiy kupchillgining kasbi-kori xam aytib utilgan korxonalar xamda institut faoliyati bilan boglikdir. Masalan, ism-shariflari xorijiy mamlakatlarda xam tanikli bulgan korakulchi olimlardan N.N.Dyachkov, Z.Sh.Shamsuddinov, M.D.Zokirov, M.Koshevoy, Uzbekistonda xizmat kursatgan zootexniklar N.Shulgin,K.Odinsova, A.Lisov, S.Asomov, Uzbekistonda xizmat kursatgan iktisodchiK.Niyozovlar shu maxallada yashab utishgan.

        Uzbekistonda xizmat kursatgan chorvador, «El-yurt xurmati» ordeni sovrindori maxallamizning sobik raisi marxum S.Kubayev raxbarlik kilgan davrda maxalla axlining uyushkokligi ortdi, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarga e'tibor kuchaydi.Axolini ijtimoiy ximoyasiga yunaltirgan mablag 2007-2011 yillarda 322,8 mln sumni tashkil kildi. Axoliga kommunal tulovlardan kilingan yordam 131,1 mln sumni tashkil kilgan. Maxallada 16 xil millat vakillari istikomat kilishadi. 803 ta oila, 2003 nafar oiladan tashkil topgan.   Maxalla xududiga kiruvchi 11 ta kuchaning asosiy kismi tarixiy shaxslar nomi bilan ataladi. Jumladan: A.Temur, M.Ulugbek, Zebunisobegim, Mir Said Baraka, Lutfiy, Abulgozi Baxodirxon kabilardir.

       Bugungi kunda   maxallamizning faxri bulgan xalk xujaligida va ilmiy izlanishlarda mexnat kilgan faxriylarimiz bilan xam faxrlanamiz.  Nuroniylarimiz A.Mardiyev, Z.A.Aliyev, B. Salimov A.M.Nasimov,A.Jabborov, A.Azimovlar shular jumlasidandir.

        Maxalla  kator  yillar  davomida   viloyat  va  respublika  mikiyosida   birinchilar    katorida  uz   tashabbuslari  bilan  kurik    tanlovlarda    katnashib,  1  darajali    diplomlar va   1 urinlar  soxibi  bulib  kelgan.  Jumladan: Ichki  Ishlar  Vazirligining   1 darajali  diplomi,  Uzbekiston  oksokollari  kengashi,  «Maxalla»  jamgarmasi   Respublika   boshkaruvining   1 darajali   diplomlari,   viloyat  va  shaxar    boskichlari   diplomlari  va  faxriy  yorliklar shular    jumlasidandir.

      Maxalla   tarixida   birinchilardan   bulib,   shaxsan    Shavkat  Miromonovich  Mirziyoevning   topshirigiga    binoan  maxallaga  «Damas» rusumli   avtomashina   ajratilgan. Maxallaning   ish  tajribasi   Senatda  kurib    chikilib,   ma'kullanib,  amalda  joriy  etilgan. Maxallamiz   «Eng  obod  maskan»,  «Eng   namunali  maxalla»  degan   e'tiroflarga   sazovor    bulgan.  Maxallaning  tom   ma'noda  ma'naviyya   uchogiga   aylangan  maskandir.

      Maxallamiz   16  xil  millat va   elat   vakillaridan  tashkil  topgan  bulib, tinch totuv  axil dustona  munosabatda  yashab  kelishmokda. Mana shunday  bayram  tadbirlarini birgalikda  tashkil  kilib birgalikda  nishonlab  kelamiz. Eng  yoshi  ulug  fukarolarimizdan kareya  millatidan  mansub Ten  Mariya  106 yoshda, boshkird  kizi  Dusmetova Maryam  opa 100 yoshda,  Arman kizi Abramova Mariya 92  yoshda,  Uygur kizi Yusupova  Salomatxon 91 yoshda  bu kabi  misollarni  kuplab  keltirish  mumkin.

Oilalarning  tinch-totuvligi  borasida xam aytadigan  kuplab  misollarimiz bor. Texnika  fanlari  doktori professor Nasimov Abdullo akaning  oilasi  2019  yilda  «Ibratli oila» kurik tanloviga ishtirok  etib, shaxar boskichida 1 urin,  viloyat  boskichida  eng ziyoli va ijodkor  oila  nominatsiyasi golibi  buldi.

Undan  tashkari 2022  yilda urta  ta'lim  muassasa  bitiruvchi farzandlarimizning  asosiy kismi oliy ta'lim muassasalariga ukishga  kirdilar. 5 nafar kizlarimiz  byudjetga ukishga  kirishdi  maxallamiz yigit kizlarimiz kupchiligi chet  davlatlarda  taxsil  olmokdalar. Maxallamiz  fukarolari xar yili  Xaj va Umra ziyoratlariga borib, emin-erkin farzlarini ado etib  kelmokdalar. Bu   yil  muborak  «Xaj» safariga borib  kelgan fukaromiz  Kubayeva Saida  opani muboradbod etamiz va ziyoratlaringiz kabul bulsin.  Bizning  maxalla axli nafakat uz  maxallasi  axolisi  bilan,  balki kushni  maxallalar  axolisi  bilan  xam dustona  munosabatda yakin kushnichilik kilib  yashab  kelishmokda. Xattoki  kushni  davlatlar  axolisi  bilan xam yul ochilgandan buyon bordi keldi  alokalar  tiklanmokda. Kuchalarimizga  video kuzatuv  moslamalar urnatildi, gaz kuvurlari yangilanmokda barcha kuchalarda tungi yoritgichlar  urnatildi, kup kavvatli zamonaviy binolar kad kutarmokda va axolining turmush darajasi  yuksalmokda Bir suz bilan aytadigan bulsak axolii  bu uzgarishlardan juda xam mamnun.

       Xozirgi kunda xam maxallamiz ulkan rejalar tuzib, maxallamizning urni  va nufuzini oshirish yulida axolining turmush darajasini yuksaltirish, bunda chikarilayotgan konun va karorlardan, yaratilayotgan imkoniyatlardan  tugri foydalanish, maxallada tinchlik osoyishtalikni ta'minlash, xukukbuzarliklarni, oilaviy ajrimlarni oldini olish, millatlararo totuvlikni ta'minlash, bir suz aytganda yurt tinchligi, el farovonligi yulida axoli bilan birgalikda mexnat kilish xakida uylayapmiz.