Samarqand shahri Xo‘ja G‘unjoyish MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Motrit ko‘chasi
Telefon raqami: 66232-53-67
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 4210
Ayollar soni: 2076 (49,31%)
Erkaklar soni: 2134 (50,69%)
Xonadon soni: 665
Oila soni: 925
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek4121 (97,89%)
tojik8 (0,19%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq3 (0,07%)
rus21 (0,50%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar9 (0,21%)
koreys0 (0,00%)
eroniy7 (0,17%)
ozarbayjon5 (0,12%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa36 (0,86%)
 
MFY qisqacha tarixi

 

Samarkand shaxar

«Xo‘jag‘unjoyish»

maxalla   fuqarolar yigini 

                                   

                                              

                                              

 

                                              

 

                        Xo‘jag‘unjoyish MFY raisi:                   N.Muradova

 

 

 

 

 

 

 

 Samarkand shaxar «Xo‘jag‘unjoyish» Maxalla Fukarolar Yigini

                      (Al- Motrudiy kucha 1-uy tel: 66 232-53-67)

Maxalla 1958 yil tashkil topgan

Maxalla –Xumo, Matonat, Marifat , Yangiobod maxallari bilan chegaradosh.

Azaldan Xo‘jag‘unjoyish maxallasi deb nomlangan.

2016 yil «Xo‘jag‘unjoyish» MFY  bulgan.

Milliy tarkibi-Uzbek va tojik, tatarlardan iborat.

Xonadonlar soni-665 ta.

Oilalar soni-935 ta.

Axoli soni-4210 ta.

Maxalla fukarolar yigini raisi-Murodova Nodiraxon Usmanovna

 

                                             Maxallaning tarixi

                  Samarqand shaxrining shimol tomonidagi qadimiy G‘unjora mavzesida shu nomli alomaga atalgan mozorot mavjud. Faqatgina  Abu Tohirxojaning “Samariya” asarida mavze to‘g‘risida ikki og‘iz so‘z yozilgan: “Xo‘ja G‘unjora mozori, Shaxarning tashqarisida, xojaning o‘z oti bilan ataladigan qishloqda, shimol tomondadir.  Ushbu mozorning nishonasi ustida uzuncha yasalgan sog‘onasidir. Lug‘atda qizil yuzlik kimsani G‘unjora der ekanlar”.

       Demak, shaxsning nomi emas, G‘unjora laqabi keltirilgan. Qadamiy manbalarga murojat qilsak: ilk marotaba bu nom bilan Buxorolik aloma Imom Abu Ahmad Iso ibn Muso Buxoriy Azraq G‘unjor keltirilgan bo‘lib, 801 yil milodiy (185 yil xijriy) da Buxoro zaminida vafot etgan. Manbalarda ul zotni  “Katta-G‘unjor” (ya'ni, ilk G‘unjor, birinchi G‘unjor) atashgan. Aloma o‘z zamonasida mashxur muxaddisi, fiqhshunos bo‘lib, mashxur mutakalim Imom Motrudiyning  ustozlaridan bo‘lmish Imom Abul Fayz Balxiyning ustozi bo‘lgan. Juda ko‘plab mashxur muxaddislar ul zotdan xadis rivoyat qilganlar. Imom Abu Ahmad  Iso G‘unjorning o‘zlari xam buyuk alomalar  Molik ibn Onas , Sufyon Savriy kabilardan hadis rivoyat qilganlar. Bu misolar Imom G‘unjorning naqadar buyuk alomalardan  ekanliklari  bilinib turibdi. 

      Samarqandagi  Xoja G‘unjora mozoroti egasi ushbu alomaning nabira avlodi ekanligi shundoq bilinib turibdi. Laqabni va  ilmni bobokaloni Imom G‘unjordan meros olgan. O‘zi xam zamonnasining buyuk olmu avliyosi ekanligi qabrinii xozirga qadar asralib kelgan. Shu xolatda abu Abdulox Muxammad ibn Axmad Ibn muxammad ibn Sulaymon ibn Komil Buxoriy bo‘lib, “ Bobokaloni Katta G‘unjor xurmatiga u inson xam G‘unjor laqabini olganlar. Ul zot keksa xolda 1021 yil 412 yilda vafot etganlar. Samarqandning G‘unjora Mavzeyidagi aloma xam 700-900 yil yashab faoliyat ko‘rsatgan.

     Xalqning naql qilishlaricha: aytishlariga qaraganda Xo‘jag‘unjoyish MFYda mavjud bo‘lgan mazorotda kichkina kulba bo‘lgan ekan. Bu kulbada bir podshoxning kup miqdorda lashkardlarini dushman quvlagan, ular kulbaga kirib xamalari “Sig‘ib” maydagina qozondan ovqatlanishgan. shu tufayli ya'ni “G‘unjoyish”- “Sig‘dirish” degan manoni anglatadi. Shu sabali Xo‘jag‘unjoyish maxallasi ko‘p axoli “Sig‘dira” oladigan joy deb tariflab o‘tgan. Maxalla tashkil topganida xozirga qadar quyidagi raislar faoliyat yuritishgan:

 1976-1982 yillar Abdullayev Aminjon,

1982-2012 yillar Abdullayev Ashurkul

2012-2014 yillar Samiyev Karim

2015-2016 yillar Saidov Aslidin

2017-2022 yillar Pulatov Ilxomjon Rustamovich