Samarqand shahri Sevali Ota MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Oybek ko‘chasi 63- uy
Telefon raqami: 66-234-62-68
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 2225
Ayollar soni: 1121 (50,38%)
Erkaklar soni: 1104 (49,62%)
Xonadon soni: 453
Oila soni: 652
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2088 (93,84%)
tojik12 (0,54%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq6 (0,27%)
rus21 (0,94%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar4 (0,18%)
koreys0 (0,00%)
eroniy6 (0,27%)
ozarbayjon6 (0,27%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa82 (3,69%)
 
MFY qisqacha tarixi

«Sevali Ota» (Oybek ko‘chasi, 63-uy, telefon 66 234-31-68)  maxallasining qisqacha tarixi.

 

 

MFY nomi: “Sevali ota” maxalla fuqorolar yig‘ini

Axolisi: 2242 nafar.                                                                 

Milliy tarkibi:  13 millatdan iborat.

Tashkil topgan yili: 1970 yillar tashkil topgan.

Maxalla nomining tafsifi  va tarixi:

Sobiq sho‘ro davrining ( 1950-1960) yillariga qadar «Sevali Ota»  maxallasi mavzesi bog‘dan iborat bo‘lgan va Navbog‘ nomi bilan atalgan. 1960 yillardan so‘ng bu joylarga imorat qurish uchun fuqarolarga  4-6 sotixgacha yer berilgan. Yangi qurilayotgan imoratlarining g‘arb tomonida «Sevali Ota » nomi bilan atalgan qabriston bo‘lib, Abu Toxirxo‘ja  Samarqandiyning  «Samariya» kitobida yozilishicha  “Xisht ko‘prik oldida, Navbog‘ tomoniga boriladigan yo‘l chetida, jar ichida bir azizning fayz asarli o‘rni bor, turklar uni  «Soylik ota » deydilar. «Sevalik Ota» deb ataguvchilar ham bor. Ularga Tangrining rahmati va roziligi bo‘lsin”-deyilgan. Mana shu Navbog‘ atalmish mavzeida 1970 yillarga kelib yetarlicha uy joylar qurilgandan so‘ng «Lunacharskiy» nomi bilan maxalla tashkil etilgan, maxalladagi eng katta ko‘cha Lunacharskiy nomida bo‘lib, shuning uchun xam maxallani boshlang‘ich nomi «Lunacharskiy» deb atalgan. 1973 yillardan boshlab «Sevali Ota» qabristoni maxalla mavzeida joylashgani uchun, «Sevali» maxallasi deb atala boshlagan va jamoatchtlik asosida boshqarilgan.  1993 yilgacha «Sevali Ota » maxallasini Samarqand shaxar Loxutiy ko‘chasi 38-xonadanda istiqomat qiluvchi fuqaro Allaxverdyan Arkadiy Sarkisovich boshqargan. Chunki o‘sha davrda maxallada yashovchilarning ko‘pchiligini qirim tatarlar, armanlar, ruslar va mahalliy aholi tashkil etgan. Allaxverdyan A.S  (joyi jannatdan bo‘lsin)  qo‘li gul usta, ko‘ngli ochiq inson bo‘lgan. O‘sha paytda maxallada  40 (qirqqa) yaqin millat va elatlar yashagan.

20 noyabr 1993 yilda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining ikkinchi yilida  “Fuqarolarni o‘z-uzini boshqarish organlari”ga saylovlari munosabati bilan ochiq saylov asosida «Sevali Ota» maxallasi fuqarolar yig‘inida xozirgi Amir Kulol (sobiq Lunacharskiy) ko‘chasining 25-xonadonida istiqomat qiluvchi Samarqand Davlat Tibbiyot instituti «Fizika va kompyuter texnikasi» kafedrasi mudiri, dotsent (fizika matematika fanlari nomzodi) Sodiqov Naim Ochilovich maxalla raisi etib saylangan.

Maxalla raislari: 1993 yilgacha Allaxverdyan Arkadiy Sarkisovich boshqargan. Sodiqov Naim Ochilovich , mahallani 1993-1998 yillarda boshqargan. 1998-2013 gacha To‘ychiyev Muxtor, 2013-2016 yillar Xolmatov Komil Muxitdinovich, 2016-2017 Kubayev Asliddin, 2017-2018 Abduazizova Shoxida Abdujalilovna, 2018-2022 yil Xolmatov Komil Muxitdinovich boshqargan. Sadiqov Naim Ochilovich fuqarolar yig‘ini raisligini bajargan vaqtida, maxalla markazini qurilishiga muvaffaq bo‘lgan (1994yil),( maxalla markazini qurilishida faol ishtirok etgan mahalla faollari quyidagilar: sobiq Temir yo‘l tuman hokimi muovini K.M.Xolmatov ,viloyat yer tuzilish muhandisi  Sh.Axmedov.   Shu paytgacha mahalla markazi bo‘lmagan, mahallani boshqargan raislar fuqarolarni o‘z uylarida qabul qiilishgan. 1995  yilga kelib, mahallada mavjud bo‘lgan 12-ta ko‘chadan, 10-ta ko‘cha va 1-ta tor ko‘cha nomini Samarqand viloyati xokimi P.M.Abduraxmonov rahnamoligida yangilashga muvaffaq bo‘lingan.

Chegaradoshligi: M.Shayxzoda, Tutzor, Turon, Baxtli Xauot, Bog‘iston,Laxutiy MFYlar chegaradosh ,

Maxalla ko‘chalarining soni :Angren, Laxuti,Sevali ota,Amir Kulol, Oybek, Baku, Muxitdinova, Akbarshox, So‘fi Olloyor, Rabg‘uziy,  Rudakiy.

Ijtimoiy Soxa obektlari: Maxalla xudida 1 ta do‘kon 1 ta ovqatlanish shoxabchasi 1 ta mashina yuvish shaxobchasi 1 ta qabriston joylashgan.

Maxalla raislari: Sodiqov Naim Ochilovich maxalla raisi etib saylanib, mahallani 1993-1998 yillarda boshqargan. 1993 yilgacha Allaxverdyan Arkadiy Sarkisovich boshqargan.1998-2013 gacha To‘ychiyev Muxtor boshqargan 2013-2016 yillar Xolmatov Komil Muxitdinovich boshqagan 2016-2017 Kubayev Asliddin, 2017-2018 Abduazizova Shoxida Abdujalilovna,2018-2022 yil Xolmatov Komil Muxitdinovich boshqargan.