Samarqand shahri Oqsaroy MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Daxbed 11
Telefon raqami: 66-232-26-54
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 3140
Ayollar soni: 1227 (39,08%)
Erkaklar soni: 1913 (60,92%)
Xonadon soni: 744
Oila soni: 870
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek2999 (95,51%)
tojik18 (0,57%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq4 (0,13%)
rus12 (0,38%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar6 (0,19%)
koreys0 (0,00%)
eroniy7 (0,22%)
ozarbayjon3 (0,10%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa91 (2,90%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarqand shaxar “Oqsaroy” maxalla fuqarolar yig‘ini

 

MFY nomi :  “Oqsaroy” maxalla fuqarolar yig‘ini

Axolisi : 3256 nafar

Milliy tarkibi : Maxallamiz ko‘p millatli bo‘lganligi sababli o‘zbek,tojik,rus,tatar, krim tatar,  armyan,  ukrain,  ozarbayjon, koreys  va boshqa millatlardan iborat.

Tashkil topgan yil :1998 yilda   tashkil topgan.

Maxalla nomining tavsifi va tarixi : “Oqsaroy”  MFY  dastlab  tashkil  etilganda  “Daxbed”  nomi  bilan  atalgan.  2004   yilda  Samarqand shahar  hokimi qarori bilan  “Oqsaroy” nomiga   o‘zgartirilgan.

Oqsaroy  -  Soxibkiron Amir Temur  qarorgohlaridan  biri bo‘lgan.  Amir Temur  Samarqand  shahrini   poytaxt  deb  e'lon qilgach, ushbu  mahalla  hududida  dam  olish  va hordiq  chiqarish  maskanlari  mavjud  bo‘lgan. Shu  sababli  mahalla  nomi Amir Temurning   “Oqsaroy” qarorgohiga  qiyoslab  olingan.

Maxalla ziyolilari va faollari : mexnat faxriylari F.Yarkulova, N.Rabbimov, X.Tursunmurotova, L.Murodova, A.Xudayarov  yashab kelmoqda,  xamda professor B.Yuldashev  va  mexnat faxriysi  J.Turakulovlar  yashab o‘tgan.

Chegaradoshligi : “G‘iyosiddin Jamshed”,”Afrosiyob”,”Istiqbol”, “Yoshlar”, “Xumo” va “Motrid”  maxalla fuqarolar yig‘inlari bilan chegaradosh.

Maxalla ko‘chalarining soni va nomlari : maxallada 2  ta katta asosiy ko‘cha Dahbed va Rudakiy ko‘chalari  mavjud. 8 ta yondosh ko‘chalar  Saodat, Arifboyeva, Rudakiy 6 6erk, Rudakiy 5 berk, Rudakiy 5 berk(g‘isht zavod), Daxbed 1 yo‘lak, Daxbed 2 yo‘lak, Daxbed 24 ko‘chalar  va 4 ta kichik berk  Daxbed 1 berk, Daxbed 2 berk, Arifboyeva 1 berk va Daxbed 21  ko‘chalari mavjud. Maxallamiz 6  ta ko‘p qavatlik uylardan tashkil topgan.

Ijtimoiy soha obe'ktlari : maxallamiz drayveri savdo va maishiy xizmat ko‘rsatishga  moslashgan. Hududda 39-40 MTT, 1-o‘rta  maktab, SamDU akademik litseyi, Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi, SamDU  sport faoliyati va sana'ti  fakulteti, Sportning yengil atletika va o‘yin turlari bo‘yicha sport maktabi (IBO‘SM), Agrobank  kabi davlat  tashkilotlari va  120  dan ziyod savdo dukoni, 4 ta mexmonxona, 3 ta  oilaviy mexmonxona, 1 ta xususiy bogcha, 5 ta go‘zallik salonlari 4 ta tikuvchilik atilelari, 5 ta dorixona, 3 ta  xususiy klinikalar  va  10  ta ovqatlanish maskanlari faoliyat olib bormoqda.

MFY raislari :

1.                     Kubayev  Baxtiyor Suyarovich : 1998-2001 yillar;

2.                     Xasanov Nuriddin XXX: 2001-2003 yillar;

3.                     Giyasov Shavkat  Shamsiyevich : 2003-2005  yillar;

4.                     Rabbimov  Narzullo XXX : 2005-2007  yillar;

5.                     Xursandov  Shokir Sharipovich : 2009-2012 yillar;

6.                     Saidov  Mansur  Siddikovich : 2012  -2014  yillar;

7.                     Egamov  Baxodir Samatovich : 2014-2017 yillar:

8.                     Xursandov  Shokir Sharipovich : 2017 yil

9.                     Yarkulova  Fazila  XXX:  2017 -2022 yillar

10.                 2022  yil   may  oyidan  buyon    MFY  raisi  sifatida  Egamov  Baxodir  Samatovich  faoliyat  olib bormoqda.