Samarqand shahri Motrid MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: A.M.Motrudiy ko‘chasi 1 yulak 63 uy
Telefon raqami: 991155643
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 3489
Ayollar soni: 1721 (49,33%)
Erkaklar soni: 1768 (50,67%)
Xonadon soni: 555
Oila soni: 939
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek3350 (96,02%)
tojik19 (0,54%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq6 (0,17%)
rus18 (0,52%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman0 (0,00%)
tatar3 (0,09%)
koreys0 (0,00%)
eroniy4 (0,11%)
ozarbayjon2 (0,06%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa87 (2,49%)
 
MFY qisqacha tarixi

 

 

Samarkand shaxar

«Motrid»

maxalla  fukarolar yigini

                                

                                              

 

                                               Motrudim mening faxrim

                                               Diyorim ,zebo taxtim.

                                               Xo‘p maqtashga arziydi

                                               Baxorim, jovid baxtim.

 

                      

 

 

                        Motrid MFY raisi:                                        U.Xaydarov

 

 

 Samarkand shaxar «Motrid» Maxalla Fukarolar Yigini

                   (Abul Mansur Motrudiy kucha 65-uy tel: 66 232-05-96)

Maxalla -Gulobod,Kurgoncha,Azizon,Xumo,Oksaroy xamda Giyosiddin Jamshed maxallalari bilan chegaradosh.

Azaldan Motrid maxallasi deb nomlangan.

1996 yil «Motrid» MFYni bulgan.

Milliy tarkibi-Uzbek va tojiklardan iborat.

Xonadonlar soni-555 ta.

Oilalar soni-939 ta.

Axoli soni-3489 ta.

Maxalla fukarolar yigini raisi-Xaydarov Umed Turakulovich 97.915-46-00

                                        Maxallaning tarixi

                  «Motrid» maxallasi 20-asrda tashkil topgan bulib Samarkand shaxrining Zarafshon daryosi soxilliarida , Obir-Raxmat va Siyob arigi buylarida joylashgan. Motrid maxallasi to 2012 yilgacha Samarkand tuman xisobida bulgan. 2012 yil Senat karori bilan Samarkand shaxri xisobida utkazildi.   Tarixdan ma'lumki Sugdlar meloddan oldin Zarafshon va Siyob suvlari soxilida yashaganlar.Ular yozda guzal manzarali mu'tadil tabiatli Motrudda dexkonchilik va bogdorchilik ishlari bilan shugullanib,kishda shaxarda yashaganlar. Oddiy dexkonlar kishin-yozin kishlokda yashaganlar. Jumladan; Abul Mansur Motrudiyning otalari xam kishlokning doimiy fukarosi bulib, dexkonchilik va bogdorchilik bilan shugullanganlar. Shayx Abul Mansurning Motrudiy deb atalishi bu kishlok bundan oldin xam mavjudligidan dalolat bergan. Abul Mansur Motrudiy uzi yashagan gushani obodonlashtirishga munosib xissa kushgan ekan. Ulug alloma Obi-Raxmat arigini davom ettirib,bog-roglar yaratgan. Suv kelishi bilan Azizon, Guri-Garibon, Xujamurgon,Xujagunjoyish,Nakshagon kishloklari tashkil topib, obod maskanga aylangan. Keyinchalik kishlok kengayib, borgan sari xalk uz extiyoji uchun Obi-Raxmat arigini Uzbekkentigacha davom ettirganlar. Rivoyatlarga karaganda Obi-Raxmat arigini buyuk alloma Motrudiy xassalari bilan chizik chizganda suv davom ettirilgan. Motrud buyuk ipak yulida joylashganligi uchun boshka mamalakatlarning savdogarlari bu yerda xam tushib utishgan. Kuruk mevalarni dunyoning turli mamlakatlariga eltishgan. 20-yillarda Motrud daxasida Motrud, Azizon, Gulbog,Kurgoncha Xujakishlok,Guri-garibon, Xujagunjoyish, Ravoti-bolo, Yukori yangi kishlok,Galcha kishlok,Uzbekkenti,Kundisufi kabi 10 dan ortik kishloklar bulgan. Xar bir kishlokning uz oksokoli,daxaning esa dumi- kishlok kengashi raisi bulgan.Bu davrda Rajabboy dum,Jamol dum,Shukur dum,Burxon dum Boboyev,Abduraxmondum,Abdunabi dum Xasanov,Xushmonov,Asad dum Shakarov,Raxim Raxmatov,Mustafokul Eshonkulov,(1947-50)Pirmamat Ne'matov(1951-53) Maxmudjon Ismoilov(1953-54) Ibroxim Boyzayev (1955) Xazratkul Narzikulovlar  (1956-59) Motrud axolisiga raxbarlik kilishgan.1959-yilda Motrud daxasi Bogi-baland daxasi bilan birlashtiriladi.Bunda Bogi baland daxasiga raxbarlik kilayotgan S.Turakulova rais kilib tayinlanadi. U kishi bu lavozimda 1980-yilgacha ishlaydi. 1980-yilda Bogibaland kishlok kengashi Chkalov kishlok kengashiga kushilib,Chkalov kishlok kengashi nomini olgan.Unga Muyinjon Ne'matjonov rais kilib tayinlangan. 1985-yilda Bogi baland kishlok kengashi kaytadan tiklanadi va unga Zuxro Esanova rais etib tayinlanadi. Keyinchalik Mirzomurod Saidmurodov (1993-96), Sobir Bozorov (1996-2001) 2001-yildan to 2012-yilgacha Gulsara Karimova raislik kilgan. Motruddan 19-asrning oxirlaridan temir yul utgan bulib, kuyidagi tanikli yul kuruvchi va temiryulchilar xizmat kilishgan. Ulardan: Abdulloyev Fayzullo (1935) 1959-yildan  Samarkand temir yuli bekati Lokomotiv deposida ishlagan. Avazov Aminjon (1938) Zarafshon temir yuli bekatida navbatchi,bekat boshligining urinbosari,bekat boshligi vazifasida ishlagan. Zoxidov Sobir (1937) Buxoro temir yuli bulimi turli raxbarlik lavozimida ishlagan. Faxriy temir yulchi unvoni bilan takdirlangan. Motrid maxallasidan xam ikkinchi jaxon urushi katnashchilari mavjud bulib, ulardan kuyidagilarni ta'kidlash mumkin. Shu jumladan: Aminov Olimjon 1944-50, Aminov Said  Stalingrad ,Belgorod frontlarida va Yapon urushida katnashgan. 2-chi darajali  «Vatan urushi ordeni» va bir necha medallar bilan taktirlanganlar. Kuliyev Oblokul (1912-1997) urushga 1941- yilda junatilgan. Stalingarad frontiga artilleriyachi kata serjant bulgan. Ogir jaroxatlanib 1943-yilda kaytib kelgan. Vatan urushi ordeni va birnecha medallar soxibi. Xamrokulov Ostonakul 1940-48 yillarda xarbiy xizmatda bulgan. Muxtorov Tesha 1942-yilda urushga junatilgan bulib minomiyotchi kichik kamandiri sifatida Stalingrad urushida katnashgan. 1947-yilda Vataniga kaytib kelgan. Bir necha orden va medallar bilan takdirlangan. Urush yillarida yerlarni uzlashtirish dolzarb masalaga aylangan. Yigitlar jangoxlarda bulsada,xotin kizlardan iborat traktorchilar brigadasi jasorat kursatishdi. Brigada boshligi birinchi traktorchi Mastura Azizova bu ishda tashabbuskor buldi. Uning mexnati xukumatni orden va medallari bilan takdirlandi. Uzbekiston oliy sovetiga deputatlikka saylandi. Ikkinchi jaxon urushugacha Motruddagi xotin-kizlar turli soxalarda namunali xizmat kilganlar. Xozirgi kunda nafakat Motrid maxallamizning, balki butun viloyatimizning faxri bulmish Ulug Vatan Urushi katnashchisi , Tibbiyot fanlari nomzodi, faxrli 96 yoshli  professor Aslidinov Fazliddin oilasi va  maxallamiz axlining ardogida yashab kelmokda.

                   Motrud azaldan ilm ma'rifat markazi xisoblangan. Buyuk alloma Imom Motrudiyning 15 ga yakin ilmiy asarlar yaratishi Motrudlik olimlarning tarixi uzokdan boshlanishidan dalolatdir.Bugungi kunda Motrudni chinakkamiga olimlar beshigi desa buladi. Bu guzal vatanimizning bir gushasidan bir akademik, 15 ta fan doktori,50 dan ortik fan nomzodlari yetishib chikishi bundan guvoxlik beradi. Kuyida Motrudlik olimlar xakida ma'lumotlar keltiramiz. Davronov Melik Davronovich 1940-yilda tugilgan. Soglikni saklash a'lochisi SamMI professor.Nizomov Ne'mat 1940-yilda tugilgan. Sam DU professor. 2014- yilda  xalkaro BMT tomonidan ta'sis etilgan faxrli «Yil Odami» unvoniga sazovor bulgan. 200 dan ortik ilmiy makolalar va ixtirolar mualifi. Axmedjonova Kimyo 1928-yilda tugilgan. Filologiya fanlari nomzodi.Dotsent. Abdulloyev Shavkat1939-yilda tugilgan. Iktisod fanlari nomzodi. Dotsent. 30 dan ortik makolalar mualifi.Zoxidov Xomit 1934- yilda tugilgan. Kishlok xujaligi fanlari nomzodi. Dotsent. 60dan ortik ilmiy tadkikotlar mualifi.

                        20-asrdagi Motrudliklar tarixiga nazar soladigan bulsak, bu yerda kuplab raxbar kadrlar  yetishib chikganiga guvox bulamiz. Ular tuman,shaxar,viloyat xamda respublikamiz mikyosida turli raxbarlik lavozimida ishlab elning ishonch e'tiborini kozonishgan. Biz kuyida ularning ayrimlari xakida ma'lumot beramiz. Xakimova Raxima Xakimovna (1951-2011) kator yillar davomida Samarkand tuman xokimligi lavozimida ishlab kelgan. Marxum birinchi prezidentimiz Islom Abduganiyevich Karimov tomonidan mexnat kaxramoni unvoni bilan takdirlangan. Raxima Xakimova mexnat faoliyati davomida uzlari yashagan Motrid maxallasining obodonlashtirish ishlariga xam xissa kushgan. Jumladan maxallada yangi maktab binosi ,maxalla markazida zamonaviy klub, kishlok vrachlik punkti yangi binosini kurib ishga tushirishga uz xissalarini kushib kelgan. Bundan tashkari tashki va ichki kuchalar asfalt bilan koplandi. Markaziy suv kuvuri shaxar tarmogidan keltirildi. Aeroport markaziy gaz tarmogidan maxallada yukori bosimli gaz kuvuri olib kelindi.

          Sharipov Mamatkarim 1905- 1976 yillarda yashagan. Pasdargom,Poyarik,Okdaryo tumanlarida savxoz direktorii lavozimida ishlagan. Bir necha bor maxalliy kengash deputatligiga saylangan. Unga 1957- yilda «Mexnat kaxramoni» unvoni berilgan.  

               Xayotda xar bir kasbni boshlovchilari xamda uni davom ettiruvchilari buladi. Shulardan  Srojovlar sulolasi misol bula oladi. Xalk maorif a'lochisi , Samarkand doirachilik san'ati maktabining asoschisi professor Xoji  Asliddin aka xamda ularning turmush urtoglari Pulotova Dilbar opa  6 ti farzandni tarbiyalab voyaga yetkazishdi. Turmushni barcha kiyinchiliklariga karamay farzandlarining barchasini uzi orzu kilgan yuldan olib bordi.Maxallada yashab unga vijdonan raxnamolik kilgan oksokollarning nomini xech kim unutmaydi. Aminov Sait,Srojov Asliddin,Soleev Sobir,Xaydarov Erkin,Amonov Sole,Salomov Mustafoyev Mamat,Rozikov Uktam,Sharipov Parda,Umarov Mamarajab,Axrorov Fazliddin,Xalimjonov Abduraxmon, Olimjonlar maxallaga gamxurlik kildilar. 2016 yildan to xozirgi vaktgacha Xaydarov Umedjon maxalla fukarolar yigini raisi bulib ishlab kelmokda.Maxallaning asosiy 5 ta kuchasiga yangi-Motrid,Abul Mansur Motrudiy,Bogi Motrudiy,Bogi Bexisht xamda Kumsoy nomlari berildi. Maxallamiz kurinishi uzgardi, yullarga  asfaltlar yotkizildi. 59- umum ta'lim maktabi kapital ta'mirlandi,boshlangich sinf ukuvchilari uchun yangi kushimcha bino xamda sport zali barpo etildi.Maktab xovlisida xomiy Ismatov Fozil tomonidan mini futbol maydonchasi kurildi.  Maxalladagi ikkita - Abul Mansur Motrudiy, Kumzor kabristonlari obodonlashtirildi. Xomiy Karoyev Muyinjon tomonidan Kumzor kabristoni kirish joyida kata darvoza urnitildi.Yullari asfaltlandi.Xujralar kurildi.