Samarqand shahri Ma'rifat MFY

MFY geografik joylashuvi
Manzili: Allomalar ko‘cha
Telefon raqami: 66-232-5223
Geografik joylashuvi: Shaharda
"Obod mahalla" yoki "Obod qishloq"
dasturiga kiritilganligi:
Yo‘q
Og‘ir hududga kiritilganligi: Yo‘q
MFY aholisi
Jami aholi soni: 3709
Ayollar soni: 1711 (46,13%)
Erkaklar soni: 1998 (53,87%)
Xonadon soni: 657
Oila soni: 776
Aholi millat tarkibi:
o‘zbek3627 (97,79%)
tojik8 (0,22%)
qoraqalpoq0 (0,00%)
qozoq6 (0,16%)
rus6 (0,16%)
qirg‘iz0 (0,00%)
turkman1 (0,03%)
tatar3 (0,08%)
koreys2 (0,05%)
eroniy3 (0,08%)
ozarbayjon5 (0,13%)
afg‘on0 (0,00%)
ukrain0 (0,00%)
belorus0 (0,00%)
yahudiy0 (0,00%)
boshqa48 (1,29%)
 
MFY qisqacha tarixi

Samarkand shaxar  «Ma'rifat»maxalla fukarolar yigini

 

 

«Ma'rifat» maxalla ilgari «Kundisufi»  nomi bilan atalgan bulib  juda kadimiy ta'rixga      ega joy bulgan. Kadimda Makka shaxriga Xajga yulga chikkan sufilarning tuya    karvoni shu manzildan  o‘tishgan va dam olish uchun so‘filar  yam-yashil tepaliklar  yon baxrida  chodir  qurib uch kechayu –kunduz  dam olishgan ,  to‘yalariga  dam  berishgan  va yana o‘z yo‘llarini  davom  ettirishgan.  Keyinchalik  shu manzilni  so‘filar   qo‘nib  o‘tgan  joy deb “Qundiso‘fi “ qishlog‘i  deb atashgan.

1995 yil Qundiso‘fi  maxallasi barpo  etilgan.

2016 yil “Marifat” mahalla deb o‘zgartirildi.  Maxallani  tashkil  etishda Shakarov Asad ,Sharipov  Nasim, Ofoqov Fayzullo, Sharipov Eshonqul, Ergashev Mustafolar  maxallani boshqarishda  katta mexnatlari  singgan. Hozirgi kunda To‘raqulov Amon maxalla raisi  sifatida faoliyat  ko‘rsatmoqda. Chegaradoshligi; “Ma'rifat” maxalla Xo‘jag‘unjoish, Azizon, Xo‘jaqishloq va Samarkand tuman O‘zbekkent maxallasi bilan chegaradosh.

Hududda 4 ta ko‘cha  Obiraxmat, Allomalar, Qundiso‘fi va Kavsar  ko‘chalaridan  iborat. Axoli soni  3709, xonadonlar soni 657, oilalar soni 811  tani tashkil qiladi. Maxallamizga  5 xil  millat vakillari  istiqomat qiladi. O‘zbek, tojik, armyan, rus, tatarlar.

Maxallamiz xududida 11-umumta'lim maktab, 6-maktabgacha  ta'lim tashkiloti, “Motrid-mebel” korxonasi , savdo  do‘konlari , go‘zallik  salonlari, tikuvchilik sexlari ,  va boshqa tadbirkorlik subyektlari joylashgan. Maxallamizda marxum Fayzullayev Sharof  fizika fanlari  dotsenti, G‘aniyev Fayzillo  fizika  matematika  fanlari  professori  yashashgan. Maxalla farzandlarini  ilm fanga  qiziqtirishda  o‘z xissalarini  qo‘shishgan.Nuroniylar: Sharipov Istam fizika fani ukituvchisi ,Razikov  Baxri fizkultura ukituvchisi ,Ergasheva Xafiza, jalolova Ziroat pedagog bulib ishlashgan ,Jalolova Mavlyuda 14 yil  maxalla xotin-kizlari bilan ishlashgan.Maxallamizdan  Ulug Vatan urushida katnashgan Jalilov Jalol ,Utkurov Abdullo,Turakulov Xaydar ,fron  ortida xizmat kilgan   Murodov Usmon ,Axmedov Juma kabilar  yashab  utishgan.Ularning xayoti maxalla axolisiga namuna bulgan.